Geosiyosat asoslari
Geosiyosatning asosiy funktsiyalari
Download 91.5 Kb.
|
«Geosiyosiyat asoslari» ning asosiy manbalari
Geosiyosatning asosiy funktsiyalari:
gnoseologik funktsiya; prognoz qilish funktsiyasi; boshqaruv funktsiyasi; mafkuraviy funktsiya. Togri, qayd qilingan funktsiyalar boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlarga ham xos bolishi mumkin. Biroq mazkur funktsiyalar geosiyosat fanida oziga xos afzalliklarga ega. Geosiyosat asoslarining kategoriyalari, qonunlari, metodlari va funktsiyalari. Koplab tadqiqotchilar geosiyosatga davlatning geostrategik qudratiga tasir otkazuvchi geografik, tarixiy, siyosiy, madaniy va boshqa omillarni organuvchi fan sifatida qarashadi. Rus geosiyosatchisi V.Dergachev geopolitika va siyosiy geografiyani ozaro taqqoslar ekan siyosiy geografiya atrof-muhim, makondagi imkoniyatlar, xususiyatlarni siyosiy jarayonlar rivojiga tasirini organuvchi fan sifatida olib qaraydi. K.Gadjiev fikricha geopolitika jahon hamjamiyatining hozirgi holati, evolyutsiyasi, faoliyati, kundaltk turmush tarzi tamoyillari va qonuniyatlari, global va strategik yonalishlari, obekti va tarkibini organuvchi fan hisoblanadi. E.Pozdnyakov fikricha geopolitikaning asosiy etiborini davlat ozining siyosiy, harbiy, iqtisodiy manfaatlarini hal etishda, shunga qaratilgan siyosatida geografik omillarga tayanib ish yuritishiga qaratishi lozim. Yu.Tixonravov fikricha geopolitikani siyosatni geografik muhit tomonidan yaratilgan - joylashgan atrof-makon, iqlim, landshaft, foydali qazilmalar, ekologiya, demografiya, va sh.k siyosiy bolmagan tizim ozaro tasiri qonuniyatlarini organuvchi fan sohasi sifatida olib qaraydi. Bazilari esa geosiyosatning jamiyatdagi, malum bir mintaqa yoki davlatlardagi harbiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy omillarni tadqiq etuvchi fan ekanligini isbotlashga urinishadi. Yuqorida qayd etib otilganidek SSSR da 80-yillarning oxirlarigacha geopolitikaga reaktsion, gayriilmiy, imperalistik davlatlarning mustamlakchilik siyosatini oqlaydigan, ularning turli geografik makonlar ustidan hukmronligini tamin etishga xizmat qiladigan fan sifatida qaralgan. Sovet hukumatining ushbu fanga bunday munosabatda bolish sabablari nimada: birinchidan, geopolitikaning asosiy goyalari, nazariyalari, qoidalari marksizm-leninizm goyalariga, jamiyat rivojiga sinfiylik nuqtai-nazaridan qarash kabi nazariyalarga mutlaqo zid edi; ikkinchidan, fashistlar agreessiyasi natijasida million-million insonlar qirilib ketgan. «Buyuk Germaniya», «fashistlar uchun hududiy kenglik» kabi goyalarni davo qilgan fashizm mafkurasini oqlagan nemis geosiyosati badnom etilgan etilgan edi; uchnchidan, Sovet davlatining ichki va tashqi zoravonlik siyosati mohiyati fosh bolib qolish ehtimolining yuqoriligi; tortinchidan, Sovet davlati tashqi siyosat olib borishda har bir mintaqadagi iqtisodiy, geografik, demografik omillardan kelib chiqib emas, balki ideologik omillardan kelib chiqib yondashgan edi. Ushbu xolatlar ayniqsa «sovuq urush» davrida geopolitikaga, uning obektiga xolisona murojat etish imkonini bermadi. Natijada qator xatolarga yol qoyildi. Shulardan oxirgisi Afgonistonning ichki ishlariga aralashish boldi. Lekin Sovet davlatining amaliyotida, maxsus ilmiy tekshirish institutlarda geosiyosat bilan bogliq jarayonlar kozatildi. Sovet davlati hukm surgan butun davrda geopolitika uning ajralmas atributi bolib qoldi. I.Stalin tarixga XX asrning eng yirik geosiyosatchisi bolib kirdi. Shuningdek sovet davlatining keyingi davrlardagi tashqi siyosatida quyidagi hatti-harakatlar geosiyosiy nuqtai nazardan turib amalga oshirilgan: birinchidan, 2-jahon urushidan keyin SSSR chegaralarida ittifoqdosh, mute davlatlarning vujudga keltirilishi; ikkinchidan, tashqi siyosatda sovet siyosatini kuch ishlatish yoli orqali amalga oshrishni tamin etuvchi «Brejnev doktrinasi» ning vujudga kelishi; uchinchidan, Varshava shartnomasi ishtirokchilaridan tozilgan ittifoqchi qoshinoarning 1968 yilda CHexoslovakiyaga akslinqilobni bostirish shiori ostida kiritilishi. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling