Umuman geosiyoatga nisbatan berilgan tariflarni shartli ravishda uchta asosiy qismga ajratish mumkin. Bular:
- yonalish: geografiya va siyosat ortasidagi munosabatlarga katta etibor beriladi. Bu yonalishdagilar geografiyaga birlamchi omil sifatida qarab, uning siyosatga koproq tasir etishini uqtirishadi;
- yonalish: muayyan mintaqa yoki jahonda hokimiyat uchun siyosiy kuch markazlarining ozaro kurashlariga kengroq etibor beriladi. Bu yonalishdagilar asosan davlatlararo raqobatga urgu berib, fanning umumbashariy xususiyatlaridan bahs etadi;
- yonalish: xalqaro maydonda hokimiyat uchun kurashni geografik asosda tadqiq qilgan va qilayotgan geosiyosatshunos tadqiqotchilar fikrlaii. Bu yonalishdagilar geosiyosiy kontseptsiyalarni davlatlar tashqi siyosatining korinishi sifatida qabul qilishadi. Shu orinda aytish mumkinki, ikkinchi yonalishdagi tadqiqotchilar fikrlari uchun ushbu yonalishga oid olimlarning fikrlari genetik asos bolishi mumkin.
Qayd qilingan umumiy qarashlardan korinib turibdiki, geosiyosat uslubiy va oz obekti jihatidan siyosiy geografiyadan farq qilsa-da, uning amaliyoti jamiyatdagi geografik omillar va siyosat bilan bevosita boglangan. Aniqrogi, geosiyosat oz amaliyotida quyidagi ikki korinishdagi geografik holatlami, yani doimiy va o zgaruvchan geografik omillarni hisobga oladi.
Doimiy geografik omillarga davlat yoki mintaqaning hududiy joylashuvi, chegarasining shakli va kolami (nisbatan), iqlimi, relbefi, flora va faunasi va shu kabilar kiradi. Ozgaruvchan geografik omillar esa mintaqa yoki davlatning aholisi, foydali qazilmalari, siyosiy madaniyati va ijtimoiy tozilishlarini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |