Geosiyosat asoslari
"Geosiyosat" (" Geosiyosat asoslari)
Download 91.5 Kb.
|
«Geosiyosiyat asoslari» ning asosiy manbalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- "politicos"
- Fridrix Rattselni
- Rudolbf CHellen
- «Zeitschrift feur Geopolitik»
"Geosiyosat" (" Geosiyosat asoslari) sozi garchi yunon tilidagi "geo" (er) va "politicos" (davlatni boshqarish sanati) jumlalaridan olingan bolsada, ozbek siyosiy lugatiga nemis tilidagi "geopolitik" sozidan kirib kelgan desak togri bolar. Qolaversa, bahs etayotganimiz geosiyosat nazariyasi ham avvalo nemis geosiyosiy maktabida tugal shakllanganligi barchaga malum.
Geosiyosat asoslari davlatga turgun, statik xoldagi hodisa sifatida emas, balki dinamik - ozgaruvchan hodisa sifatida qaraydi. «Geosiyosat» sozini asarlarida ishlatmasada, geosiyosat fanining «otasi» deb nemis olimi Fridrix Rattselni aytish mumkin. Olim siyosiy geografiyadan bahs etadi va ozining 1897 yilda chop etilgan asosiy ishini ham «Siyosiy geografiya» («Politische Geographie») deb nomlagan. Garchi F.Rattselb siyosiy geografiya haqida subektiv fikrlarini ortaga tashlasada, uning mulohazalari bevosita geosiyosiy ahamiyatga molik edi. Jumladan, olim davlatda geografik omillarning ustuvorligini va ularning ozgarmasligi borasidagi fikrlarni yoqlamaydi. Uningcha, davlat doimo joshqinlikda hayot kechiruvchi «tirik organizmdir».F.Rattsel fikricha, geosiyosat siyosiy geografiyadan farqli tarzda, davlatning joylashishi, uning iqlimi va shakllari bilan birlamchi darajada qiziqmaydi. Ilmiy doirada birinchi bolib "geosiyosat" atamasini shved olimi Rudolbf CHellen (18641922) ozining «Davlat hayotning bir shakli sifatida» («Der Staat als Lebensform», 1916) nomli asarida qollagan. Olim geosiyosatga quyidagicha tarif beradi, yani «geosiyosat - bu borliqdagi davlatlarni geografik organizm, yoki makondagi fenomen sifatida organuvchi fandir». Shuningdek, geosiyosat "... makonni fundamental asosda tadqiq qilish bolib, tadqiqot Er va undagi foydali qazilmalar bilan bogliq. Bu esa oz navbatida imperiyalarning tashkil topishini, mamlakatlarning yozaga kelishini va davlatlar hududlarini organish demakdir". Geosiyosatga oziga xos tarif oz vaqtida «Zeitschrift feur Geopolitik» nomli nemischa jurnalda berilgan: Geosiyosat er va siyosiy jarayonlar ortasidagi munosabatlarni organuvchi fandir. U geografik fundamentga ega. Shuningdek, geosiyosat borliqdagi siyosiy organizmlar va ularning tozilishini organuvchi fan - siyosiy geografiyaga asoslanadi. Geosiyosatning maqsadi siyosiy harakatlarni kerakli vositalar bilan taminlash va umuman siyosiy hayotga yonalishni korsatadi. Bu jihatdan geosiyosatni amaliy siyosatni boshqarish haqidagi fan deyish mumkin. Geosiyosat - davlatning geografik aqlidir. Rus geosiyosatchisi N.Nartov fikricha geopolitika oraliq fan bolib maxsus oziga xos tadqiqot maydoniga emas. Siyosatga, siyosiy hodisalarga koproq etiborini qaratsada, ularni geografik omillar, aspektlar asosida umumlashtiradi. Geosiyosat fan sifatida jamiyat bilan bevosita boglangandir. U real hayotdagi voqea-hodisalar va jarayonlarning ozaro aloqadorligini va ularning bir-biriga bogliqligini ifodalovchi qonuniyatlarni oziga qamrab olgan. Biroq, geosiyosat borliqdagi jarayonlarni ozida aks ettiribgina qolmay, ularga bogliqli tarzda jamiyatda muayyan funktsiyalarni ham bajaradi. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling