Geosiyosat tushunchasi va uning asosiy aspektlari


geosiyosat= siyosat+tarix+geografiya


Download 0.81 Mb.
bet2/3
Sana28.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1136141
1   2   3
Bog'liq
2 5366201018012935701

geosiyosat= siyosat+tarix+geografiya.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek SSSR da 80-yillarning oxirlarigacha geoyosatga reaksion, g‘ayriilmiy, imperalistik davlatlarning mustamlakchilik siyosatini oqlaydigan, ularning turli geografik makonlar ustidan hukmronligini ta’min etishga xizmat qiladigan uslub va vositalarni tahlil qiladigan fan sifatida qaralgan. Sovet hukumatining ushbu fanga bunday munosabatda bo‘lish sabablari nimada: birinchidan, geoyosatning asosiy g‘oyalari, nazariyalari, qoidalari amaldagi hukmron marksizm-leninizm g‘oyalariga, jamiyat rivojiga sinfiylik nuqtai-nazaridan qarash kabi nazariyalarga mutlaqo zid edi; ikkinchidan, fashistlar agreyessiyasi natijasida jahonda million-million insonlar qirilib ketdi. «Buyuk Germaniya», “oliy irq”, «fashistlar uchun hududiy kenglik» kabi g‘oyalarni da’vo qilgan fashizm mafkurasini oqlagan nemis geosiyosati badnom etilgan etilgan edi; uchinchidan, Sovet davlatining ichki va tashqi zo‘ravonlik siyosati mohiyati fosh bo‘lib qolish ehtimolining yuqoriligi; to‘rtinchidan, Sovet davlati tashqi siyosat olib borishda har bir mintaqadagi tub iqtisodiy, geografik, demografik omillardan, manfaatlardan kelib chiqib emas, balki mafkuraviy omillardan kelib chiqib yondashgan edi.
Ushbu xolatlar ayniqsa «sovuq urush» davrida geoyosatga, uning obektiga xolisona murojat etish imkonini bermadi. Lekin bu degani sobiq ittifoq mutaxassislari bu fanga, uning qator imkoniyatlariga, amaliy ahamiyatiga umuman e’tibor berishmadi degani emas. Sovet davlatining amaliyotida, maxsus ilmiy tekshirish institutlarda geosiyosat bilan bog‘liq jarayonlar bilan bog‘liq keng ko‘lamli kuzatishlar, tadqiqotlar olib borildi. Sovet davlati hukm surgan butun davrda geoyosiy jarayonlar tahlili uning ajralmas atributi bo‘lib keldi. I.Stalin tarixga XX asrning eng yirik geosiyosatchilaridan biri bo‘lib kirdi.
Sovet davlatining turli davrlardagi tashqi siyosatida quyidagi hatti-harakatlar geosiyosiy nuqtai nazardan turib amalga oshirilgan: Birinchidan, birinchi jahon urushidan bir qator sabablar bois sovet davlati tashqi iqtisodiy qamal holatiga tushgan edi. 1921 yilda sovet davlati o‘zining janubiy qo‘shnilari Afg‘oniston, Mongoliya, Eron va Turikya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ydi. Angliyaning Bosforda mustahkamlanishiga imkon bermadi. Estoniya, Litva, Latviya, Finlyandiya bilan savdo bitimlari imzolandi. 1922 yilda Germaniya bilan tuzilgan Rapallo bitimi deyarli iqtisodiy qamalni bekor qildi. Ikkinchidan, Komintern manfatlari yo‘lida Mongoliyaga, Xitoyga va respublikachilar Ispaniyasiga katta miqdorda iqtisodiy, harbiy-texnik yordam ko‘rsatildi. Uchinchidan, 2-jahon urushidan keyin SSSR chegaralarida qizil armiya tomondian ozod etilgan hududlarda ittifoqdosh, mute davlatlarning vujudga keltirildi. Ular xalqaro maydonda sovet manfaatlarini himoya etishga mahkum etilgan. To‘rtinchidan, tashqi siyosatda sovet siyosatini kuch ishlatish yo‘li orqali amalga oshrishni tamin etuvchi doktrina vujudga keltirildi. 1956 yilda Budapesht voqealari, 1961 yilda Karib inqirozi, “Berlin devori” vujudga keltirilishi, 1968 yilgi “Praga bahori” voqealari buning isboti bo‘la oladi.
Geosiyosiy omillarni mazmun-mohiyatiga ko‘ra doimiy va o‘zgaruvchan omillarga bo‘linadi. Doimiy geografik omillarga davlat yoki mintaqaning hududiy joylashuvi, chegarasining shakli va ko‘lami (nisbatan), iqlimi, relefi, flora va faunasi va shu kabilar kiradi. O‘zgaruvchan geografik omillar esa mintaqa yoki davlatning aholisi, foydali qazilmalari, siyosiy madaniyati va ijtimoiy tuzilishlarini nazarda tutadi. Umuman borliqdagi asosiy geosiyosiy omillar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
  • hududiy omil;
  • siyosiy omil- davlatning siyosiy tuzilishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, davlatdagi ijtimoiy qatlamlar, davlatning chegaralari va shu kabilar;
  • geografik omil- borliqda joylashuv holati, tabiiy resurslari, fauna, flora dunyosi va shu kabilar;
  • iqtisodiy omil-aholining turmush darajasi, ishlab chiqaruvchi kuchlar qudrati, mavdo-sotiq, bozorning rivojlanganlik darajasi, va shu kabilar;
  • transport-kommunikativ imkoniyat- strategik o‘rni, temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, daryo-suv tarnsporti va shu kabilar;
  • tabiiy iqlim sharoiti;
  • madaniy omil -milliy an’analar, madaniy qadriyatlar, fan va ta’lim taraqqiyoti darajasi va shu kabilar;
  • demografik omil- aholi tarkibi, joylashuvi, aholi o‘sish darajasi va shu kabilar;
  • harbiy omil-qurolli kuchlarining qudrati va harbiy tayyorgarligi, harbiy mutaxassislarni tayyorlash darajasi va shu kabilar;
  • ekologik omil aholining davlatlar va mintaqalar tabiiy resurslarining chegaralanganligiga munosabati, xom-ashyo zahiralarining kamayishi va shu kabilar;

Ko‘rinib turibdiki geosiyosat o‘rganish mavzusiga ko‘ra, o‘z qamrovi jihatidan ko‘pqirrali va juda kengdir. Zamonaviy geosiyosat mundarijasi jahon siyosati, hokimiyat muammosi va jamiyatdagi ustuvor mafkuralar omillari bilan bilvosita va bevosita bog‘liq. Bu jihatdan geosiyosatga - geosiyosat jamiyatdagi boshqaruv muammolarini tadqiq etadigan fan deb ta’rif berish mumkin. Bundan tashqari, geosiyosat fan sifatida yuqorida qayd etib o‘tilgan omillarni tadqiq etuvchi bir qator mustaqil fan va fan sohalarining xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Bular – geografiya, siyosatshunoslik, tarix, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, mafkuralar tarixi, sotsiologiya, harbiy bilimlar nazariyasi va amaliyoti, demografiya va h. Ko‘rinib turibdiki, geosiyosat shunchaki bir fan emas, balki ko‘plab fanlarga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, o‘z maqsad-vazifalarini amalga oshuvini ta’min etuvchi uslub-vositalarni tahlil etadigan tarmoqlararo fan tizimidir. Qayd qilingan mulohazalar asosida geosiyosatga quyidagi ta’rifni berish mumkin:
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling