Geosiyosat va ma’naviy tahdidlar
Download 23.81 Kb.
|
Jabborova Nargiza. Geosiyosat va ma'naviy tahdidlar
“ Geosiyosat va ma’naviy tahdidlar” fanidan oraliq nazorat ishi 3-bilet
Sotsial muammolar, ularning global ahamiyat kasb etishi va uning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etishi. Geosiyosat va ma’naviy jarayonlar istiqboli “Geosiyosat va ma’naviy tahdidlar” fani talabalarga nimani o’rgatadi? Javoblar Sotsial muammolar avvalo, o’zining jamiyat hayoti bilan bog’liqligi bilan ajralib turadi. Jamiyat esa oilalardan, oilalar alohida shaxslardan tashkil topadi. Shaxs - ijtimoiy va shaharlararo munosabatlarning maxsuli, ongli faoliyatining sub'еkti bo`lmish individdir. Shaxsga tallukli bo`lgan eng muxim tasniv xam uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bеvosita aloqadorlik,ijtimoiy faoliyatga nisbatan xam ob'еkt, xam sub'еkt bo`lishlikdir.«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng kup kullaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya urganadigan barcha fеnomеnlar aynan shu tushuncha atrofida kayd etiladi. Inson ruxiy olami qonuniyatlari bilan kizikkan xar kanday olim yoki tadkikotchi xam shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bulgan aloqasi masalasini chеtlab utolmagan Sotsial yoki ijtimoiy muxit - bu insonning aniq maksadlar va rеjalar asosida faoliyat kursatadigan dunyosidiryu Mazmunan xar bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va kabul kilingan, tan olingan ijtimoiy xulk normalari doirasidagi xarakatlarida namoyon buladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bulmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxе va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub moxiyatini anglash uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, Ayu Navoiy, Ibn Sino, Bеruniy kabi yuzlab Shark allomalari xam bu uzaro boglikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga uzlarining eng durdona asarlarini bagishlaganlar. Barcha karashlarga umimiy bulgan narsa shu bulganki, odamni, uning moxiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan urni va mavkеini bilish zarur.G. Lеybnits (1646-1716) Lokka e'tiroz bildirib, xayotda umuman toza. sof doskaning uzi bulmaydi, xattoki, eng yaxshi silliklangan marmar yuzasida xam sеzilarli tеshiklar, dungliklar yoki tugma asoratlar buladiki, ular layokatlardеk, inson takdrida ma'lum rol uynaydi. Bu ikala yirik yunalish urtasidagi tortishuvlarga chеk kuyish maksadida F. Galton kator ekspеrimеntal tadkikotlar utkazib, xar bir individga xos diffеrеntsial xususiyatlar mavjudligini «egizaklar mеtodi» yordamida asoslashgaxarakat kildi. Shaxs - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning maxsuli, ongli faoliyatning sub'еkti bulmish individdir. Shaxsga tallukli bulgan eng muxim tasnif xam uning Jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bеvosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan xam ob'еkt, xam sub'еkt bulishlikdir.Shaxsga talluqli bo’lgan fazilatlardan eng muximi shuki, u shu tashki, ijtimoiy ta'sirlarni uz ongi va idroki bilan kabul qilib (ob'еktni), sungra shu ta'sirlarning sub'еkti sifatida faolyait kursatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanok «mеning xayotim». «Bizning dunyo» dеgan ijtimoiy muxitga tushadi. Bu muxit o'sha biz bilgan va xar kuni xis kiladigan siyosat, xukuk, axlok olamidir. Bu muxit -kеlishuvlar, tortishuvlar, xamkorliklar, an'analar, udumlar, turli xil tillar olami bulib, undagi kuplab koidalarga kupchilik mutlok kushiladi, ba'zilar kisman kushiladi. Bu shunday koidalar va normalar olamiki, ularga buysunmaslik jamiyat tamonidan koralanadi, ta'qiqlanadi. Shulardan kеlib chikadigan xulosa shuki, shaxs jamiyat nisbatan barcha tartib - koidalarga kabul kiluvchi sub'еkt bulsa, jamiyat ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal kurinishidir. Misol uchun, Toshmat ham yaqinda oliygohni bitirgan, bitirganda ham hamma fanni a’lo darajada o’qimagan bo’lsa ham, nisbiy olib qaralganda boshqalardan ko’ra yaxshiroq harakat qilgani uchun ustozlari tomonidan a’loga loyiq ko’rilgan. O’qishni bitirgan Toshmatning miyasida mingta hayol. Butun oilasi, tanish bilishlari Toshmatning “kata odam” bo’lishidan umidvor, axir unga oz muncha harakat ketmagan, nechta ho’kizlar-u, qo’ylarning bahridan kechilgan. Toshmat ishga kirishga harakatga tushib ketdi. Birinchi e’lonlar taxtasida o’z mutaxassisligi bo’yicha ish qidirishga tushdi, Aholini ish bilan ta’minlashga yordamlashish bo’limidan uning mutaxassisligi bo’yicha bir nechta variantlar bor ekan. Birma bir tanishib chiqib bildiki, bu ro’yxat naqadar uzun bo’lmasin, undagi sharoitlar va oylik u kutganchalik millionlar emas, balki talaba sifatida ham o’zining xarajatlarini arang qoplashga yetadigan shtat bo’yicha maoshlar. Bularni ko’rib hafsalasi pir bo’lib turgan paytda, miyasiga kelgan fikrdan yaraq etib ko’zlari porlab ketdi. Harakatni boshlash kerak. U yashaydigan hududda talaba bo’lishga bo’lgan talab juda baland va bunda bugungi kundagi urf bo’lgan ‘REPETITORLIK’ka talab kuchli. U yoq bu yoqdan ma’lumotlarni to’pladi, Tumanidagi yaxshi, bilimli yoshlarni amallab bo’lsa ham topdi. Endigi ish bu ishlarni qonuniy rasmiylashtirish. Ishga kirishdi. Bu paytda bir pasda o’qishni bitirganiga 3-4 oy o’tib qish yaqinlashib qolgan. Tezda ishga kirishdi va kerakli hujjatlar ro’yxatini qo’liga oldi. Bu ham oson emas ekan, harakat qilib ko’rishga ahd qildi va talab bo’yicha avval Viloyat o’rta maxsus kasb hunar ta’limi boshqarmasidagi litsenziyalash bo’limiga bordi. Litsenziyaning talablari kuchli ekan. Bir boshdan boshladi. Ijaraga joy oldi, ijara ham palon pul ekan, ha mayli ishi yurishib ketsa hech nima emas. Yagona darchaga borib, davlat ro’yxatidan o’tkazdi. U yerdagilar yaxshi, 2kunda ishini bitirib berishdi. Keying qadam Sanitariya epidomologiya markazi xulosasi ekan, u ham bir pasda bita qoldi. Lekin Yong’in xavfsizligi bo’yicha tuman Yong’in xavfsizligi bo’limi rahbarini topish osonlikcha bo’lmadi u ham 1 haftalarda bitib qoldi. Keyingi qadam esa hafsalasini pir qildi, chet tili o’qituvchilari Davlat test markazidan Chet tilini bilish daraja sertifikatini olmasa iloji yo’q ekan. Aksiga olib, bu sertifikat imtihoni ham yilda 4-5 bor bo’lar ekan. Bu sertifikatni olguncha 1,5 oydan ko’proq vaqt ketdi. Bu orada soliqlar-u, ijarachilar eshigini taqqillatib kelishni boshladi. Yiqqan terganini ularga berib yopiq turdi. Hujjatlarni tahlab, nomi uzun boshqarmadagi litsenziya berish bilan shug’ullanuvchi mas’ul xodim oldiga bordi.. Hujjatlarni to ko’zdan kechirgunicha 1hafta vaqt ketib qoldi. Bu orada bahorning oxirlariga ham kelib qolindi. Toshmat vaqti ko’p ketayotganidan va bundan foyda bo’lmayotganidan qayg’urib, ko’p ko’p qatnay boshladi. U xodim hujjatlarga ko’z yugirtirgach, hammasi joyidaligini lekin viloyat hokimligi hamma hujjatlarni juda sinchikovlik bilan ko’rib chiqayotganligi va bu ozgina vaqt olayotganligini yana ozgina sabr qilishini hamda qo’lidagi mavjud hujjatlar tugasa ariza qabul qilib olishini aytib jo’natib yubordi. 10 kun o’tdi, 20 kun o’tdi xat xabar yo’q, qo’ngiroqlarga javob ham yo’q. vloyat markaziga har kuni borib kelishga esa doim ham vaqt va mablag’ yetkizish qiyinlashdi. 2-3 oy vaqt o’tdi. Endi u odamni topishning umuman iloji yo’q edi. Har kuni majlis, paxta bahona umuman ishxonasiga kelmay qo’ydi. Toshmatning hafsalasi pir bo’ldi. Oradan 8-9 oy vaqt o’tyapti hamki, bitta litsenziya olib bo’lmayapti. Bu orada paxta mavsumi tugadi va u odam paydo bo’ldi. Va nihoyat ARIZA qabul qilib olindi. Endi ish bitib qolar deb yana kun sanashlar boshlandi. 20 kunlar o’tib u ekspertlar joyning holatini ko’rib ketishdi.endi bitdi deb o’yladi. Lekin chuchvarani xom sanabdi, yana kutish kerak ekan. Bu orada yangi yilga ham o’tildi. Ekspertga “portalga yozaman ustingdan” deb aytaman deb brogan Toshmat, eshik oldida 5-6 ta o’ziga o’xshagan yillab shu “BALO LITSENZIYA” ortidan yugurayotgan odamlarga duch keldi. Ayrimlari allaqachon kerakli joyga “yozgan”, lekin foydasi bo’lmaganini aytishdi. Hafsalasi pir bo’lgan Toshmat chet elga o’qishga hujjat topshirdi, bir pasda 15 kunda javobi chiqa qoldi. Baholari va suhbatda dunyoqarashini ko’rgan professor hali kelayotgan talabaga o’zining loyihasdidan joy ajrata qoldi. Yana bir Toshmat bu tizimdan, yugur yugur, hujjatbozlikdan bezib ketib qo’ya qoldi … bu ham jamiyatda mavjud bo’lgan sotsial muammolarga kichik bir misol bo’la oladi. Globallashuv — bu hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Yana, globallashuv millat va elatlar, mamlakatlarning madaniy, ma’naviy, iqtisodiy jihatidan uyg‘unlashuviga olib keladigan jarayondir. Bugungi dunyoning taraqqiyoti ichki va tashqi omillar ostida yuzaga kelmoqda. Ichki va tashqi omillar asosan axborot vositasi bilan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari – radio, televidenie, gazeta, jurnal va internet orqali axborot ayirboshlash rivojlanib bormoqda. Olimlarning fikricha inson 85 foiz axborotni ko‘rish orqali, qolgan 15 foizini eshitish orqali olar ekan. Demak, bu o‘rinda televidenie va internetning roli har qachongidan ortadi. Misol uchun, 2002 yilgi Sidney Olimpiadasi musobaqalarining ochilish marosimini dunyo aholisidan 3 milliard 600 million kishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilgan. Rossiyalik olim Yu.Kashlev to‘plagan mana bu ma’lumotlarga e’tibor beraylik: Insoniyat XXI asrga 2,2 million radiopriemnik, 1 milliard 200 million televizorga ega sifatida kirib kelgan. Bundan 30-40 yil oldin buni tasavvur qilib ham bo‘lmas edi. Internet nomli magnatning paydo bo‘lishi 1995 yilga kelib undan foydalanuvchilar soni dunyoda 900 ming kishini tashkil etishi, 1999 yilga kelib esa 171 million kishi undan foydalanishni o‘zlashtira olishi, 2002 yilga kelib internet abonentlari soni 500 millionga yetishi bu tizimning naqadar tez rivojlanayotganini ko‘rsatadi. 2015 yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 3 milliard kishi internetdan foydalana boshlagan. Boshqacha aytganda, dunyoda biror shaxs, jamiyat, davlat yoki voqea, hodisa haqida sanoqli daqiqalarda xabar topish imkoni paydo bo‘ldi. Bir paytlar qo‘shni davlat ahvoli haqida ma’lumot olish uchun oylab kutilar edi. Jahonda ro‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatini yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha. Bugungi dunyo yaxlitlikni tashkil etsa-da, undagi mintaqa va davlatlar, millat va xalqlar tarixiy shart-sharoit, jo‘g‘rofiy joylashuvi, geostrategik holatiga ko‘ra turli mavqega ega. Hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davr. Shunday ekan, ularning o‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta’sir usullari bo‘lishi shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida ko‘plab davlatlar mavjud bo‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, din va diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular o‘zaro farqlanadigan, ba’zan bir-biriga zid bo‘lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar o‘zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta’sir o‘tkazish, ularni bo‘ysuntirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o‘z manfaatlarini ta’minlashga intilishdir. Bunday ta’sir o‘tkazishning tinch yo‘li ko‘zlangan maqsadga olib kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham, ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga harakat qilinadi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlansa, aksariyat ilg‘or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson va jamiyat kamolotiga xizmat qiladigan umuminsoniy g‘oyalar ustuvordir. Shu bilan birga, inson ongida yangicha dunyoqarash va tafakkur tarzi shakllanayotgan hozirgi davrda muayyan kuchlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan intilishi kuchayib bormoqda. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va terrorizm, irqchilik va ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Globallashuv jarayonida yuzaga kelgan muammolardan yana biri – bu, milliy-ma’naviy o‘ziga xoslikni saqlab qolgan holda kirib kelayotgan begona madaniyatning jamiyat taraqqiyoti talablariga mos keluvchi ijobiy tomonlarini qabul qilishdagi ma’naviy saviyani ko‘tarish, barcha tashqi ta’sirga hushyorlik immunitetini hosil qilishdir. Shu o‘rinda aytish joizki, yuz berayotgan va yuz berishi mumkin bo‘lgan ayrim salbiy holatlar uchun globallashuv hodisasining o‘zi aybdor ham, javobgar ham emas. Aksincha, bu ko‘proq sub’ektiv omillar faoliyati bilan bog‘liq hodisa. Shu sababli ham ko‘r-ko‘rona yot madaniyatni targ‘ib qilish harakatlarini chegaralash zarur, ya’ni madaniy va ma’naviy globallashuv sohasida tollerantlikka ortiqcha izn berib bo‘lmaydi. Umuman olganda, barcha tadqiqotchi olimlar global o‘zgarishlar faqat iqtisodiy omillar bilangina chegaralanmasdan, madaniy o‘ziga xosliklarga ta’sirini albatta o‘tkazishini ta’kidlaydilar, biroq ushbu ta’sir doirasi to‘g‘risida har xil munosabat bildiradilar. Ba’zilari yangi texnologiyalarning keng tarqalishini qo‘llab-quvvatlaydilar, bu bilan globallashuv jarayoni barcha salbiy oqibatlarning oldini olishga qodir deb hisoblaydilar. Farb tsivilizatsiyasining yutuqlaridan hayratlangan boshqalar esa globallashuv faqatgina ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi degan fikrda. Ushbu toifadagi tadqiqotchi va olimlar bu o‘rindagi madaniy o‘ziga xoslikni qoloqlik, kambag‘allik, taraqqiyotdan voz kechish kabi tushunchalarning sinonimi sifatida baholaydilar. Uchinchi bir guruhdagilar esa global o‘zgarishlarda katta tahdid mujassam ekanligini ta’kidlaydilar.Mamlakatimizdagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy islohotlar globallashuv jarayoni kengayib va chuqurlashib borayotgan bir sharoitda amalga oshirilmoqda. Bu jarayon bilan bog‘liq bir qator vazifalar mavjud bo‘lib, ulardan biri – globallashuv natijalaridan davlatimiz manfaatlari yo‘lida foydalanib, ularni jamiyatimizning barqaror taraqqiyotiga xizmat qildirishga erishish hamda O‘zbekiston globallashuv jarayonida kuzatuvchi bo‘lib emas, uning faol ishtirokchisi va unga ta’sir eta oluvchi sub’ekt sifatida qatnashishini ta’minlashdan iborat. Geosiyosat-siyosiy fan yo`nalishlaridan biri bo`lib, xalqaro munosabatlarda muhim o`rin egallaydi. Ammo bugungi kunga qadar geosiyosatni ilmiy yo`nalish sifatida asoslash va e`tirof etish masalasi oxirigacha hal bo`lgani yo`q. Bu borada 7 turli ziddiyatli fikrlar ham mavjud. Ammo bugungi qaltis, tez o`zgaruvchan zamonda geosiyosatning tub mohiyatini tadqiq etish, geosiyosiy jarayonlarni anglash nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ta`kidlash lozimki, klassik geosiyosatchilar geosiyosatni nafaqat nazariy, balki amaliy majmua sifatida ham talqin etgan va uni o`z davlatlari tashqi siyosatini talqin etishga qo`llagan. Shu tufayli amaliy geosiyosat paydo bo`lgan va u ko`pgina hollarda etakchi davlatlar tashqi siyosatining nazariy asosi sifatida xizmat qilgan. Garchi bunday gieosiyosat XX asrda yaqqol namoyon bo`lgan bo`lsada, G`arb davlatlari aynan X.Makkinder yaratgan nazariyaga, uning izdoshi – S.Xantington va Z.Bzejinskiylarning ta`limotiga tayangan holda dunyoga hukmronlik qilish siyosatini ilgari suradi. Bunday siyosat oqibatida XXI asrda ham er yuzida ko`plab urush o`choqlari paydo bo`layotgani G`arb va Sharq o`rtasidagi ziddiyatlar borgan sari keskinlashayotganini kuzatish mumkin. Xalqaro va turli mintaqalar doirasida yuz berayotgan mojaro va ziddiyatlar hamda muayyan davlatlarning bosqinchilik siyosati geosiyosatga asoslanayotganligi, uning mazmun-mohiyati, asosiy yo`nalishlari va tamoyillarini ilmiy jihatdan jiddiy o`rganishni taqozo etadi. Geosiyosiy jarayonlarning mazmun mohiyatini aniqlashda bir qator nazariyalar, ta`limotlar, yo`nalishlar paydo bo`lgan. Geosiyosiy ta`limotlarni shakllanishida shved olimi Rudol`f Chellen, nemis olimlari Fridrix Rattsel, Fridrix Nauman, Alfred Mexen, Xelfard Makkinderlarning mehnatlari beqiyos1 . Ularning fikricha, davlatning geosiyosiy mavqei “tirik tana” yoki “tirik jonzot” kabi rivojlanib boradi. Shuningdek, geosiyosiy makon “Hayotiy doira” bilan quvvatlanadi. Bunda evropaning geosiyosiy mavqei dunyo maydonida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Klassik geosiyosiy ta`limot vakillarining qarashlarida evrotsentrizm g`oyasi ustuvor, ular ijtimoiy makon va zamon masalalarini o`z davlatlari manfaatlari doirasida aks ettirishga harakat qilganlar. Chunki har bir davlatga tegishli bo`lgan chegara hududlarining kengayishi va torayib borishiga olib keluvchi geosiyosiy omillar davrida ham ustuvor ahamiyat kasb etgan. Geosiyosat-siyosiy fan yo`nalishlaridan biri bo`lib, xalqaro munosabatlarda muhim o`rin egallaydi. Ammo bugungi kunga qadar geosiyosatni ilmiy yo`nalish sifatida asoslash va e`tirof etish masalasi oxirigacha hal bo`lgani yo`q. Bu borada 7 turli ziddiyatli fikrlar ham mavjud. Ammo bugungi qaltis, tez o`zgaruvchan zamonda geosiyosatning tub mohiyatini tadqiq etish, geosiyosiy jarayonlarni anglash nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ta`kidlash lozimki, klassik geosiyosatchilar geosiyosatni nafaqat nazariy, balki amaliy majmua sifatida ham talqin etgan va uni o`z davlatlari tashqi siyosatini talqin etishga qo`llagan. Shu tufayli amaliy geosiyosat paydo bo`lgan va u ko`pgina hollarda etakchi davlatlar tashqi siyosatining nazariy asosi sifatida xizmat qilgan. Garchi bunday gieosiyosat XX asrda yaqqol namoyon bo`lgan bo`lsada, G`arb davlatlari aynan X.Makkinder yaratgan nazariyaga, uning izdoshi – S.Xantington va Z.Bzejinskiylarning ta`limotiga tayangan holda dunyoga hukmronlik qilish siyosatini ilgari suradi. Bunday siyosat oqibatida XXI asrda ham er yuzida ko`plab urush o`choqlari paydo bo`layotgani G`arb va Sharq o`rtasidagi ziddiyatlar borgan sari keskinlashayotganini kuzatish mumkin. Xalqaro va turli mintaqalar doirasida yuz berayotgan mojaro va ziddiyatlar hamda muayyan davlatlarning bosqinchilik siyosati geosiyosatga asoslanayotganligi, uning mazmun-mohiyati, asosiy yo`nalishlari va tamoyillarini ilmiy jihatdan jiddiy o`rganishni taqozo etadi. Geosiyosiy jarayonlarning mazmun mohiyatini aniqlashda bir qator nazariyalar, ta`limotlar, yo`nalishlar paydo bo`lgan. Geosiyosiy ta`limotlarni shakllanishida shved olimi Rudol`f Chellen, nemis olimlari Fridrix Rattsel, Fridrix Nauman, Alfred Mexen, Xelfard Makkinderlarning mehnatlari beqiyos1 . Ularning fikricha, davlatning geosiyosiy mavqei “tirik tana” yoki “tirik jonzot” kabi rivojlanib boradi. Shuningdek, geosiyosiy makon “Hayotiy doira” bilan quvvatlanadi. Bunda evropaning geosiyosiy mavqei dunyo maydonida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Klassik geosiyosiy ta`limot vakillarining qarashlarida evrotsentrizm g`oyasi ustuvor, ular ijtimoiy makon va zamon masalalarini o`z davlatlari manfaatlari doirasida aks ettirishga harakat qilganlar. Chunki har bir davlatga tegishli bo`lgan chegara hududlarining kengayishi va torayib borishiga olib keluvchi geosiyosiy omillar davrida ham ustuvor ahamiyat kasb etgan. Download 23.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling