Germaniya. Bu davlat nomini eshitganda barchaning koʻz oldida qatʼiy tartib-intizom, sifat va gurkiragan iqtisodiyot gavdalanadi
II BOB. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI HUDUDIY RIVOJLANISHINING O’ZIGA
Download 67.64 Kb.
|
Germaniya
II BOB. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI HUDUDIY RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI TARMOQLAR TUZULMASI VA ULARNING HUDUDIY RIVOJLANISHI Germaniya dunyoda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan biridir. Germaniya iqtisodiyoti yaxshi rivojlanganligi infratuzilmasi va malakaliy ishchi kuchi ega ekanligi bilan xarkterlanadi. Hozirgi mamlakat sanoat ishlab chiqarishi va yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha faqat AQSH, Yaponiya va Xitoydan keyinda turadi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. GFR xo’jalik xususiyatiga ko’ra postindustrial davlat hisoblanadi. Germaniya sanoati Yevropa va jahon bozorida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida muhim ro’l o'ynaydi. Fantalab tarmoqlarning hissasi ortib bormoqda. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jixozlarini, avtomabil, organik kimyo mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha Germaniya dunyodagi oldingi o’rinlardan birini egallaydi. GFR ning barcha yirik sanoat kompaniyalari transmilliy koorparatsiyalardan iboratdir.(“Daimler-Benz”, “Wolswagen”, “Siemens”, “Hoechst”, “Bayer”). GFR da elektr-energiyaning asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. IES lar Rur va Saar havzalarida, port shaharlarida-ko’mir, neftni qayta ishlash markazlarida-mazutda ishlaydi, boshqa IES lar esa aralash yoqilg’ida ishlaydi. Keyingi vaqtda mahalliy ko’mirga nisbatan Avstraliyadan arzon bahoda olib kelinayotgan ko’mirning ahamiyati oshib bormoqda.AESlarda elektr quvvatining 30 foizi ishlab chiqariladi. GES lar asosan mamalkatning janubida joylashgan. [8] Hozirgi Germaniya xo'jaligining tarmoq va hududiy tarkibi rivojlanishida GFR va GDR davlatlarining qirq yillik bo'linishi salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mamlakat birlashuvidan keyin Sharqiyyеrlarda xo'jalikni rivojlantirish muammolari sezilarli kuchaydi, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish pasayishi ro'y berdi. Shuningdek ijtimoiy muammolar vujudga keldi. (shu jumladan ishsizlik). GFRda xo'jalikni rivojlantirish darajasiga ko'ra hududiy nomutanosibliklar kuchaydi.Shunday qilib 1994 yilda Germaniya aholisi 20 foiz aholisi yashovchi sharqiyyеrlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bor yo'g'i 4 foizni tashkil etdi.[11] GFR —xo’jaligi yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga koʻra dunyoda uchinchi oʻrinda, jahon savdosida ikkinchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xoʻjaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi. Download 67.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling