Germaniya. Bu davlat nomini eshitganda barchaning koʻz oldida qatʼiy tartib-intizom, sifat va gurkiragan iqtisodiyot gavdalanadi


Download 67.64 Kb.
bet7/14
Sana25.04.2023
Hajmi67.64 Kb.
#1396081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Germaniya

Havo transporti.
Kimyo sanoati.Shimoliy Reyn-Vestfaliyayеri Germaniya kimyo sanoatining bosh rayoni hisoblanadi. (jami kimyo sanoati mahsulotining 40 foizi to'g'ri keladi). Mamlakatda kimyo sanoatining Leverkuzen (Vauyer konserni), Kyoln, Dormagen, Frankfurt-Mayn (Hoechst konserni), Lyudvigsxafen (BASF) kabi yirik markazlari shakllangan.Sharqiyyеrlarda esa (Germaniya birlashuvidan keyin) kimyo sanoati chuqur iqtisodiy krizis holatiga tushib qoldi. Asosan buyеrda kimyoviy o’g’itlar, dori-darmonlar, plastmassa buyumlari va suniy kauchuk ishlab chiqaradi. [18]
Kimyo sanoati.
Yengil sanoat.Asosan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Yengil sanoat Germaniyada oxirgi yillarda o‘sish surati pasaygan bo‘lsada yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroz tufayli ishlab turgan korxonalarga xom-ashyoyеtkazib berish pasaydi. Natijada bu korxonalarda, ya’ni qadimgi to‘qimachilik markazlari va Rur atrofidagi rayonlarda (“Bergeshis Land”, Krefeld, Myunsterland) va janubda (shimoliy sharqiy Bavariya, Augsburg) ishlab chiqarish ko‘rsatkichi pasaydi.[18]
Yengil sanoatning asosiy markazlari mamlakatning g‘arbida joylashgan shaharlar hisoblanadi. Rur sanoat rayoni, Germaniyaning janubi va sharqi, Berlin.
Yengil sanoat korxonalrining faoliyat ko’rsatish jarayoni
Oziq-ovqat sanoati.Turli ichimliklar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari sut va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish ham mavjud.
Oziq-ovqat sanoati Germaniyada asosiy tarmoqlaridan biri hisblanadi. Oziq-ovqat sanoati, Germaniyaning yirik besh tarmoqlari avtomobilsozlik, elektrenergetika, mashinasozlik, kimyo sanoati qatoridan o‘rin olgan. 2012 yil oziq-ovqat sanoati aylanmasi 150 mlrdyеvroni tashkil etgan. Mamlakatda 5900 ta korxona va unda 544000 kishi ishlab turibdi. Oziq ovqat sanoati korxonalari uchun kichik va o‘rta biznes korxonalari xarakterlidir. Bu korxonalarda ya’ni 75 foizida 100 kishidan iborat ishchilar faoliyat olib boradi. Oziq ovqat sanoatida go‘shtni qayta ishlash, sutni qayta ishlash, qandolat va non va non mahsulotlari va alkogol ichimliklari ishlab chiqarish tarmoqlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari sabzovot mahsulotlarini qayta ishlash, mineral suv va salqin ichimliklar ishlab chiqarish tarmoqlari asosiy o‘rindadir.
2012 yil oziq ovqat sanoati aylanmasining o‘sish ko‘rsatkichi 1.2 foizni tashkil etdi. Bu eksport hisobiga amalga oshirildi. Mahsulotinng katta qismi 84 foizi umumyevropa bozorlariga, 16 foizi Yevropa ittifoqidan tashqariga, asosan Rossiya, AQSh, Shveysariyaga eksport qilinadi.[17]
Germaniya oziq ovqat maxsulotlari xorijda besh jihatiga asosan muvofiqiyatga erishgan- yuqori sifati, mahsulotning xavsizligi, qulay narxdaligi, ishonchliligi va ta’m sifati. “Made in Germany” oziq ovqat sifat ko‘rsatkichi, qaysiki butun dunyoga mashxurdir. 
Oziq ovqat tarmoqlari, vino ishlab chiqrarish, pivo ishlab chiqarish va boshqalar asoan mamlakat qishloq xo‘jaligidayеtkazib beriladigan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Germaniyada to‘rt mingdan ziyod pivoning turli sortlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan pivoning uchdan bir qismi eksport qilinadi. Vino ishlab chiqarish Reynda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mozelya va reyn uzumlaridan tayyorlangan vinolar xorijiy mamlakatlarda mashxurdir. Mozelyani shu sababli “vino yo‘li” deb atashadi.[18]

Download 67.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling