Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana15.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1776345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Berlin shahri
(1-rasm) 
Germani-
yaning dunyo 
xaritasidagi 
geografik 
o’rni 
(2-rasm.) 
Germani-
yaning 
ijtimoiyiqtisodiy 
va 
siyosiy 
rivojlanishida un-
ing iqtisodiy va 
siyosiy geografik 
holatining o‘ziga 
xos xususiyatlari 
muhim 
ahamiyatga 
ega 
bo'ldi. 
Yevro-
paning 
markazida, iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan davlatlarga yaqin, transyevropa 



bosh yo'lining kenglik va uzunlikdagi kesishgan yerida joylashganligi Germaniyaga 
katta foyda keltirmoqda. Muhim afzalliklardan yana biri -Germaniyaning dengiz ya-
qniida joylashgan biri - Germaniyaning dengiz yaqniida joylashgan va qo'shni mam-
lakatlarning yirik port shaharlari (Rotterdam, Antverpen va b.) ga yaqinligi bilan 
bog'langandir. GFR - parlament Respublikasi. Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko'ra, 16 
yerdan tashkil topgan federatsiya, bular quyidagilardan iborat: Baden-Vyurtemberg, 
Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg,Gessen, Meklenburg (oldingi 
Pomeraniya), Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, 
Saksoniya, Saksoniya-Apgalt, Tyuringiya va Shlezvig-Golshteyn.
Germaniya iqlim jihatidan mo’tadil iqlimga ega. Tabiatiga keladigan bo’lsak, Ger-
maniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland togʻ tizmalari 
oralarida yassitogʻliklar, qirlar, koʻllar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. 
Shimoldan janubga tomon Germaniya 5 landshaft zonasiga boʻlinadi: Shimoliy Ger-
maniya pasttekisligi, oʻrtacha balandlikdagi togʻ ostonasi, Janubi-gʻarbiy Ger-
maniya burma poydevorli oʻrta togʻligi, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitog’ligi va 
Bavariya Alp togʻlari. Shimoldagi pasttekisliklarda koʻllar, qirli, qum va tuproqli 
platolar, yaylovlar va torfli botqoqlar koʻp. Oʻrta togʻ ostonasidan shimoliy tomon-
dagi yerlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil 
hisoblanadi. 
Janubda Sharqiy Alp togʻlari qad koʻtargan (eng baland nuqtasi SugShpitse togʻi, 
2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oraligʻidagi past-baland qirgʻoqlarda 
„Golshteyn Shveytsariyasi“ joylashgan. Germaniya yer ostida tosh-koʻmir, qoʻngʻir 
koʻmir, tuzlar juda koʻp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi 
moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz 
iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Yanvarning oʻrtacha harorati 
pasttekislikda 1,5 °C dan togʻlarda — 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib 
ketadi. Iyulning oʻrtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C 
gacha. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. Baland togʻlarda yoz salqin, yogʻin 1000-
2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik koʻllari: 
Voden, Myurits. Tuprogʻi asosan podzol, chimli podzol va qoʻngʻir oʻrmon 
tuproqlaridan iborat. Gars togʻlarining sharqiy va shimoliy togʻ oldi joylarida unum-
dor qoramtir tuproq uchraydi. Togʻlarda qoraqayin, dub, oq va qora qaragʻay oʻsadi. 
Bugʻu, elik, serna (togʻ echkisi), ohu va boshqalar yashaydi. Milliy bogʻlari —Ba-
variyaoʻrmoni,Berxtesgaden.
Aholisi. Aholisining 90 % dan koʻprogʻi nemislar; qisman daniyaliklar va gollandlar 
yashaydi. Shahar aholisi 85 % dan ortiq. Aholisi 1 mln. dan ortiq bo'lgan shaharlar 
ko'p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen). Hozir mamlakatda (Niderlandiya bilan 



birga) Reyn megapolisi rivojlanmoqda. Unda jami 30 mln. kishi yashaydi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling