Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti
Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Germaniya YaIM qiymati bo’yicha dunyoda 5-o’rinni, Yevropada esa 1-o’rinni egallaydi. YaIM miqdori 2017-yilda 4.199 trln AQSH dollarini, 2016-yilda 4.099 trln. AQSH dollarini tashkil etgan. YaIMning o’rtacha yillik o’sishi esa 2.5%ga teng bo’lgan(2017). Aholi jon boshiga 50800 AQSH dollaridan to’g’ri kelgan. YaIM tar- kibining 0.7%ini qishloq xo’jaligi, 30,7 %ini sanoat, 68,6 %ini esa xizmatlar sohasi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsulotlariga kartoshka, bug’doy, shakar, karam, mevalar, sut mahsulotlari va chorva mahsulotlari kiradi. Sanoat so- hasining asosiy tarmoqlariga esa mashinasozlik, elektr jihozlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish, kemasozlik, tekstil, farmasevtika va kimyoviy dorilar ishlab chiqarish, temir va po’lat ishlab chiqarish kiradi. Po’lat va 9 temir ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi o’rinda turadi va texnik jihatdan. [ ( 4-rasm) Ishchi kuchi soni 45.9 mln ga teng. Ularning 1.4%i qishloq xo’jaligi sohasida, 24,2%i sanoat sohasida, 74,3%i xizmatlar sohasida faoliyat olib boradi. Ishsizlik ko’rsatkichi 3.8 %. Shunisi ajablanarliki, Germaniya Federatsiyasidagi ishsizlik ko’rsatkichi hattoki moliyaviy inqiroz vaqtida ham nisbatan past ko’rsatkichlarni qayd etgan. Aholining “kambag’allik chizig’i”dan pastda joylashgan qismi 16.7%ni tashkil etadi. Budjet tarkibiga keladigan bo’lsak, 2017-yilgi holatga ko’ra, daromadlar 1.665 trln AQSH dollarni, xarajatlar esa 1.619 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko’rsat- gichlardan ko’rishimiz mumkinki, budjet tarkibidagi daromadlar miqdori xarajatlar miqdorini bemalol qoplay olgan va yil yakunida profitsit holatda chiqqan. Germaniyaning budjet holati(foizlarda). (5-rsm) Soliq to’lovlari YaIMning 45%ini tashkil etadi. Germaniyada korporativ soliq 25%ni, qo’shilgan qiymat solig’i 19%ni(ba’zi mahsulotlar uchun 7%li soliq mavjud) tashkil etadi. Yana bir qiziq tomoni shundaki, Germaniyada oylik ish haqining 8%i 10 miqdorida cherkov solig’i ham undiriladi. Aks holda, cherkov soliq to’lamagan odam uchun cho’qinish, nikohdan o’tish va dafn marosimini o’tkazishga ruxsat ber- maydi. Bu davlatdagi inflatsiya ko’rsatgichi 2017-yilgi holarga ko’ra 1,7 %ni tashkil etgan. Bu оesa bizning yurtimizdagi inflatsiyadan 8 – 9 barobar kam degani. Davlat eksporti 1.434 trln AQSH dollarini, importi esa 1.322 trln AQSH dollarini tashkil etdi(2017). Eksport tarkibinineft va gaz, oziq-ovqat, transport jihozlari, re- zina va plastik mahsulotlar; import tarkibini esa mashinalar, ma’lumotlar bian ish- lovchi texnikalar, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, elektr jihozlari tashkil etadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling