Germaniya federativ respublikasi


Download 111 Kb.
bet3/6
Sana21.06.2023
Hajmi111 Kb.
#1641787
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI

Italiya Respublikasi.

Italiya Yevropaning janubidagi davlat.Maydoni 301,2ming km2.Territoriyasi tarkibiga ko’ra 3 qismdan: materik,yarim orol va orollardan (Sisiliya,Sardiniya va bir qancha mayda orollardan) iborat.Quruqlik orqali 4ta davlat bilan chegaradosh.Dengiz chegarasi quruqlik chegarasiga nisbatan 4 barobar uzun.Mamlakat hayotida dengizning roli yuqori, mamlakatning eng ichkarisidagi rayonlari ham sohildan bor-yo’g’i 200-300km narida joylashgan.Mamlakatning O’rta dengiz havzasining markazida ekanligi unga Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Evropaning boshqa mamlakatlari bilan aloqalarini rivojlanishiga qadimdan imkoniyat berib kelgan, hozirda ham muhim rol o’ynaydi.


Shimoliy Italiyaning geografik o’rni Janubiy Italiyaga nisbatan ancha qulay.Chunki u iqtisodiy aloqalarni quruqlikda ham, dengizda ham, havoda ham olib borishi mumkin.Italiyadan transkontinental havo yo’llari o’tadi.
Aholisi 57,2mln (2003y.), 59mln kishi (2006y.).Aholisining soni jihatidan Horijiy Evropada Germaniyadan keyin 4-o’rinda turadi.Aholisining 98%i italьyanlar.Italiya uchun aholining doimiy emigrasiyasi harakterli (har yili o’n minglab kishilar ketib turadi).Bunga asosiy sabab dehqonlar turmushining og’irligi, ishsizlik, kam ish haqi, inflyasiya.2-jahon urushiga qadar immigrasiya o’chog’i okean orti bo’lsa, urushdan keyin Fransiya va Germaniya bo’lib qoldi.Italiyada tug’ilish koeffisenti 9%0, o’lim 10%0.1ayolga 1,2 bola to’g’ri keladi.15yoshgacha bo’lganlar salmog’i 14%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar salmog’i 19%.O’rtacha umr 77-83 yosh.YAMD 24530 dollar (2001y.).
Italiya Evropadagi aholisi eng zich mamlakatlardan biri (1km2ga 193 kishi).Urbanizasiya jarayoni jadal o’smoqda, hozirda urbanizasiya darajasi 68% ni tashkil etadi.Shahar aholisining asosiy qismi Shimoliy Italiyada yashaydi.
Yirik shaharlari: Milan-1,3, Rim-2,6, Neapol-1,0, Turin, Palermo, Genuya (1995y).
Italiya dunyodagi 1-respublika bo’lib, 20 oblastdan tashkil topgan.Italiya-parlamentar respublika.Davlat boshlig’i prezident bo’lib, uning vakolat muddati 7yil.Qonun chiqaruvchilik hokimiyati deputatlar palatasi bilan senatdan iborat.
Italiya ekonomikasiga AQSH, Germaniya va Shveysariya kapitalining ta’siri kuchli.
Xo’jalikning joylashuvidagi xarakterli xususiyat Shimoliy Italiya bilan Janubiy Italiya o’rtasida keskin territorial farqning mavjudligidir.Shimoliy Italiya iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan.Janubiy Italiya-mamlakat hududining 40%i, aholisining 35%ini egallasada, uning faqat 18%igina sanoatda banddir.Bu erda aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi IYAM mamlakat Shimoliga nisbatan 2 marta kam.Aholi juda siyrak.Davlat Janub iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan regional siyosat olib bormoqda.
Italiya 1957 yildan EIHga va 1949 yildan NATOga a’zo.Siyosiy partiyalari:
1.Xristian demokratik partiyasi (XDP) (1943y).
2.Italiya Respublikachilar partiyasi (IRP) 1832yil tashkil topgan.
3.Italiya sosial-demokratik partiyasi (ISDP) 1947 yil tashkil topgan.
4.Italiya liberallar partiyasi 1845 yil tashkil topgan.
5.Italiya kommunistik partiyasi 1921 yil tashkil topgan.
Italiya foydali qazilmalarning asosiy turlari-ko’mir, neft, temir rudasi bilan yomon ta’minlangan.Tabiiy gaz, boksit, qo’rg’oshin, oltingugurt, simob, rux, marmar zapaslari bor.Italiya Yevropa mamlakatlari ichida gidro va geotermal energiya resurslarining ko’pligi jihatidan ajralib turadi.
Mamlakat energetikasi chet el neft, koks, ko’mir, tabiiy gaziga tayanadi.Elektr energiyasi ishlab chiqarishda IESlar 1-o’rinni egallasada, Alp tog’ etaklarida GESlarning salmog’i katta.Markaziy Italiyada geotermik elektr stansiyalari bor.
Mamlakat ishlab chiqarish va eksportida mashinasozlik muhim rolь o’ynaydi.Transport mashinasozligi ayniqsa, avtomobillar (“Fiat”), motorollyorlar, velosipedlar, kemalar ishlab chiqarish yuksak darajada rivojlangan.Mashinasozlik zavodlarining ¾ qismi Shimoliy Italiyada joylashgan.
Qora metallurgiya sanoati asosan chet el xom-ashyosiga asoslanganligi tufayli eng yirik kombinatlar port shaharlarda (Toranto, Genuya, Neapol) joylashgan.Jahonda 10-o’rinda (27mln.).
Eng yirik mashinasozlik zavodlari Milan va Turinda joylashgan.
Neftni qayta ishlash va neftь-ximiya sanoati markazlari asosan port shaharlarda va SHimoliy Italiyada joylashgan.
1986 yil Italiya: 1830 ming avtomobilь, jumladan 1650000 engil avtomobilь ishlab chiqargan.1995 yil 1241000 ishlab chiqargan, dunyoda 8-o’rinda.2,3 mln.t. neft va 14 mlrd. m3 gaz qazib oldi.
Qishloq xo’jaligi.Tabiiy sharoiti mo’’tadil mintaqaning barcha ekinlarini va subtropik ekinlarni yetishtirish uchun qulay.Padan pastekisligi (Shimoliy Italiya) unumdor tuproqlarga ega.Janubiy Italiyada esa yerlar toshloq, kam unum, qurg’oqchil.
Italiya qishloq xo’jaligi Fransiya qishloq xo’jaligidan intensivligi va rivojlanish jihatidan undan keyin turadi.Italiya zaytun va uzumning yalpi xosili jihatidan dunyoda 1-o’rinda, sitrus mevalarining yalpi hosili jihatidan Evropada (Ispaniyadan keyin) 2-o’rinda turadi.
Asosiy texnika ekinlari-qand lavlagi va nasha.Chorvachilik sust rivojlangan.Tog’li rayonlarda qo’y, echki, xachir boqiladi.
Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk va yo’lovchi tashishda avtomobilь transporti asosiy rolь o’ynaydi, avtoparki 22,8 mln. avtomashinadan iborat.
Temir yo’llarning umumiy uzunligi 30,4 ming km bo’lib, temir yo’l transporti 2-o’rinda turadi.Temir yo’llarning elektrlashtirilganlik darajasi jihatidan Italiya dunyoda oldingi o’rinda turadi.
Dengiz transporti mamlakatning tashqi savdoga etakchi rolь o’ynaydi.Tashqi savdoga tegishli barcha yuklarning 9/10 qismi dengizda tashiladi.
Shimoliy Italiyadagi eng muhim region Milan, Turin, Genuya uchburchagidir.Bulardan tashqari Venesiya va Rim mavjud.Janubiy Italiyaning eng muhim sanoat va madaniyat markazi-Neapol.
Asosiy importi: neft, ko’mir, kokos, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari.
Eksporti: mashinalar (avtomobillar), motosikllar, qurol-yarog’, kimyo mahsulotlari, xolodilniklar, kir yuvish va idora (yozuv) mashinalari, poyabzal, sabzavot, mevalar, sitrus mevalari, vino.
Tashqi savdo aloqalari: “Umumiy bozor” mamlakatlari, Shveysariya va AQSHga ko’p to’g’ri keladi.
Xalqaro turizm rivojlangan, yiliga 30 mln. turist kelib ketadi.1989 yil Italiya turizm bo’yicha 4-o’rinni egalladi.Shu yili 26 mln.turist kelib ketdi.
Pul birligi-italyan lirasi.

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling