Германия на современном этапе (1990 – е, 2000 – е, 2010 – е гг.)


Download 29.03 Kb.
bet1/10
Sana10.11.2023
Hajmi29.03 Kb.
#1763699
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
makroiqtisodiyot Germaniya (1)

Mavzu:Erxard Germaniya modeli


Bajardi: Kuchkarova Umitgul
Kenjayev Shaxzod
Haytimbetova Shahlo

Reja: 1. Erxard hayoti va uning modeli 2. Germaniya va uning shaharlari 3. Germaniya iqtisodiyoti 4. Germaniya sanoati va Qishloq xo'jaligi 5. Infratuzilma tarmoqlari va energiya 6. O‘zbekiston-Germaniya

Erxard Lyudvig Vilgelm Erxard (nemischa: Ludwig Wilhelm Erhard1897-yil 4-fevralFyurt, Oʻrta Frankoniya, BavariyaGermaniya imperiyasi — 1977-yil 5-may, BonnGermaniya) — gʻarbiy nemis iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi, Germaniyada urushdan keyingi iqtisodiy islohotlarning bosh qahramoni. 1963–1966-yillarda Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri. 1966-yil martdan 1967-yil maygacha Xristian-demokratik ittifoq raisi.

Erxard modeli Erxard rejasi — nemis iqtisodchisi, GFRning davlat va siyosiy arbobi Lyudvig Erxard tomonidan olgʻa surilgan ijtimoiy bozor xoʻjaligi konsepsiyasi va neoliberalizm gʻoyalariga asoslangan iqtisodiy islohotlar dasturi. Erxard rejasi Gʻarbiy Germaniyaning "nemis moʼjizasi"ga erishish imkonini bergan iqtisodiy islohotlar majmui boʻlib, unda 2-jahon urushida vayronaga aylangan mamlakatni, izdan chiqqan iqtisodiyotni qayta tiklash omillari belgilab berilgan. Bu reja 1948-yildan boshlab GFR kansleri K.Adenauer va L.Erxard hamkorligida mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qabul qilingan va amalga oshirilgan. Erxard rejasiga koʻra, 1948-yil 21-iyunda mamlakatda asosiy muammo boʻlgan yuqori inflyatsiyani jilovlash uchun oʻta keskin pul islohoti amalga oshirildi, eski reyxsmarka (RM) oʻrniga yangi doychmarka (DM) joriy qilindi. Bunda kishi boshiga 40 DM 1/1 nisbatda, qolgan mablagʻlar esa yangi valyutaga 1/10 nisbatda almashtirildi. 

Shuningdek, tijorat banklardagi jamgʻarmalarning katta qismi muzlatib qoʻyildi (1948-yilda 30% va 1949-yilda 70%). Ayni paytda GFR hukumati ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlash maqsadida amaldagi soliq stavkalarini keskin pasaytirdi, Nemis yerlari banki (GFR Davlat banki) esa majburiy zaxiralar meʼyorini pasaytirdi. Mazkur choralar iqtisodiyotni keng miqyosda arzon kreditlar bilan taʼminlab berdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQShning Gʻarbiy Yevropani qayta tiklashga qaratilgan Marshall rejasi doirasida GFRga ajratilgan 2,422 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi yordam ham Erxard rejasi ning muvaffaqiyatini taʼminladi. Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modelida totalitar markazdan boshqariladigan iqtisodiyotdan keskin farqlanadigan usullar qoʻllanildi. Natijada qisqa muddatda GFR da iqtisodiy yuksalish jarayonlari boshlandi.


Download 29.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling