Germaniya oliygohlarida o’qish bakalavriat O’rta ma’lumot to’g’risidagi shahodatnoma yetarlimi?
Download 34.53 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akademik litsey diplomi / Diploma of Academic Lyceum
- Nemis tilini bilish qay darajada yuqori bo’lishi kerak
- Oliygoh va ta’lim dasturini tanlash
- Texnik universitetlar (Technische Universitäten – TU)
- Ijodiy oliygohlar (Musik- und Kunsthochschulen)
- Maxus oliygohlar
- Ta’lim dasturini tanlash
- O’qishga qabul qilish tartibi/oliygoh bilan aloqa o’rnatish
- O’qishni moliyalashtirish
GERMANIYA OLIYGOHLARIDA O’QISH - Bakalavriat O’rta ma’lumot to’g’risidagi shahodatnoma yetarlimi? Germaniya oliygohlariga O’zbekistonda olingan o’rta ma’lumot shahodatnomasi bilan afsus hujjat topshira olmaysiz. Xo’sh nima qilish kerak? Sizda ikki yo’l bor: O’zbekistonda biron bir oliygohga (davlat yoki akkreditatsiyadan o’tgan) o’qishga kirish. Bunda tanlagan mutaxassisligingiz Germaniyada siz o’qimoqchi bo’lgan yo’nalishga mos kelishi kerak yoki Germaniyda tayyorlov kollejiga (Studienkolleg) o’qishga kirish. Akademik litsey diplomi / Diploma of Academic Lyceum Akademik litsey bitiruvchilari Germaniya oliygohida o’qish uchun Germaniyada bir yillik tayyorlov kollejida (Studienkolleg) yoki O’zbekiston oliygohida bir yil o’qigan bo’lishlari talab etiladi. Kasb-hunar kollej bitiruvchilari nemis oliygohiga qabul qilinishlari uchun O’zbekiston oliygohida 2 yil yoki 1 yil O’zbekiston oliygohi + 1 yil Germaniyada tayyorlov kollejida (Studienkolleg) tahsil olishlari zarur. Ma’lumot uchun: Ijodiy mutaxassisliklarga o’ta iqtidorli abiturientlar ayrim hollarda to’gri’dan to’g’ri qabul qilinadi. Biroq bunday talabgorlar o’z ijodiyoti namunalarini taqdim etishi yoki oliygohning o’zida layoqat testini topshirishi mumkin. Nima bo’lganda ham o’qishga qabul qilish to’g’risidagi yakuniy qarorni nemis oliygohi qabul qiladi, shuning uchun siz halqaro bo’limdan (Akademisches Auslandsamt) oldindan maslahat olishingiz kerak bo’ladi. Kirish imtihonlari topshirilmaydi. Biroq ayrim mutaxassisliklar uchun cheklangan kvotalar mavjud (Numerus Clausus). Bu ayniqsa tibbiyot va yuridik mutaxassisliklariga tegishli. Ayrim hollarda suhbatdan o’tish kerak bo’ladi. Bugungi kunda ko’pchilik oliygohlar xorijiy abiturientlarni baholash uchun maxsus TestAS testidan foydalanishadi. Xorijiy abiturientlar uchun mo’ljallangan test (TestAS) yordamida siz o’z bilimingizni nemis oliygohi talablariga mosligini tekshirib olishingiz mumkin. Balkim ushbu test sizga mos bo’lgan ta’lim dasturini tanlashda yordam berar. Test orqali, siz Germaniyda muvaffaqiyatli o’qish uchun, o’z imkoniyatlaringizni xolis baholashingiz mumkin. Bundan tashqari TestASda olingan yuqori natijalar, nemis oliygohiga kirish imkoniyatlarini oshiradi. Batafsil ma’lumot uchun www.testas.de sahifasiga murojaat qiling. Bundan tashqari oliygohlar tomonidan taklif etilayotgan xorijiy abiturientlar uchun tayyorlov kurslari (Studienvorbereitende Propädeutikа) ham yordam berishi mumkin. Bu kurslarda mutaxassislik fanlari va til bo’yicha tayyorgarlik olib boriladi. Siz tanlagan oliygohda bunday kurs bor-yo’qligini bilish uchun, oldindan oliygohning o’zidan so’rab olishingizni maslahat qilamiz. Nemis tilini bilish qay darajada yuqori bo’lishi kerak? Nemis oliygohiga kirish uchun til bo’yicha TestDaF, DSD II sertifikatlaridan birini taqdim etish yoki oliygohning o’zida nemis tilidan DSH imtihonini topshirish kerak bo’ladi. TestDAF dunyo bo’yicha bir yilda 4 marta, maxsus test markazlarida ot’kaziladi, jumladan O’bekistonda ham Toshkentdagi Goethe institutida topshirish mumkin. Imtihonga oid batafsil ma’lumotni www.testdaf.de saytidan olishingiz mumkin.
Butun Germaniyada DSH imtihonini o’tkazish bo’yicha yagona tartib joriy qilingan bo’lib, oliygohlar imtihonni mustaqil tarzda tashkil etadilar, shuning uchun imtihon savollari har oliygohda har hil bo’lishi mumkin. Maslahatimiz, o’zingiz tanlagan oliygohdan imtihon vazifasining namunasini so’rab oling. DSH natijalari odatda barcha oliygohlar tomonidan tan olinadi. Germaniya oliygohlarida bakalavriat va magistratura dasturlarini ingliz tilida ham o’qish mumkin. Buning uchun standart sertifikatlar: TOEFL, IELTS kerak bo’ladi.
Germaniyada ikki hil oliygohlar bor: universitetlar va amaliy tadqiqotlar universitetlari (Fachhochschulen, FH) Universitetlar (Universitäten, Unis) Universitetlarda ta’lim uchun fan sohasining ko’plab yo‘nalishlari taklif etiladi, bu yerda turli akademik darajalar olish mumkin (BA, MA, PhD). Texnik universitetlar (Technische Universitäten – TU) Klassik universitetlardan farqli o’laroq, bularda tabiiy-ilmiy va injenerlik fanlarga urg’u beriladi. Amaliy tadqiqotlar universitetlari (Fachhochschulen, FH) Bu oliygohlar chuqur amaliyotga asoslangan ta’limni taklif qilishadi. Talabalar aniq bir kasb faoliyatiga tayyorlanadi, shuning uchun o’qish odatda ishlab chiqarish amaliyotini o’z ichiga oladi. Bu oliygohlarda dissertatsiyani (PhD) himoya qilish imkoniyati yo’q. Ijodiy oliygohlar (Musik- und Kunsthochschulen) Ijodiy oliygohlarda bo’lajak rassomlar, dizaynerlar, modelyerlar, qo’shiqchilar, musiqachi-asbobchilar va bo’shqalar o’qitiladi. Maxsus oliygohlar rejissyorlar, operatorlar, ssenariy mualliflari, kino va oynai jahon sohasining boshqa mutaxassislarini tayyorlaydilar. Bunday oliygohlar abiturientlarni tanlashda o’zining maxsus mezonlariga ega – ijodiy qobiliyat darajasini aniqlash maqsadida, odatda, layoqat suhbatini o’tkazishadi. Bu yerda faqat amaliy fanlarni o’rganish mumkin.
Ularga tor sohaga ixtisoslashgan oliygohlar kiradi – masalan, pedagogika, tibbiyot, veterinariya, sport va kinematografiya sohalari. Xususiy oliygohlar Xususiy oliygohlar pullik bo’lib, ko’p hollarda juda katta mablag’ to’lanadi. Bu oliygohlar o’z obro’si bilan faxrlanishi mumkin. Ta’lim dasturini tanlash Sizni qiziqtirgan fan sohasi qaysi oliygohda o’qitilishini bilish uchun, bir nechta internet-resurslari yordamiga murojaat qilish mumkin. Bu resurslar sizga mos bo’lgan dasturni bir nechta mezonlar asosida tanlashga yordam beradi: fan, ta’lim tili, beriladigan akademik daraja va hattoki geografik joylashuv. Germaniyada yirik, dunyoga mashhur universitetlar bilan bir qatorda ko’plab kichik oliygohlar ham mavjud. Yakuniy qarorga kelish, o’z imkoniyat va istaklaringizga ko’proq mos keluvchi oliygohni tanlash uchun, biz sizga quyidagi nufuzli va mufassal manbalardan foydalanishni tavsiya etamiz: ■ www.hochschulkompass.de ■ www.higher-education-compass.de ■ www.study-in.de ■ www.studienwahl.de ■ www.daad.de ■ www.das-ranking.de на немецком языке ■ www.university-ranking.de на английском языке
Nemis oliygohiga o’qishga kirishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, qaysi hujjatlar qaysi muddatlarda topshirilishini bilish uchun, tanlangan oliygohning halqaro bo’limiga (Akademisches Auslandsamt yoki Internationаl Office) bog’lanishni tavsiya etamiz. Hujjatlar topshirilishi mumkin:
bevosita oliygohning o’ziga Hujjatlar halqaro bo’lim yoki talabalar kotibiyatiga taqdim etiladi. Uni-Assist orqali Bu tuzilma o’z ichida 100 dan ortiq oliygohni birlashtirib, ular topshirig’iga binoan, xorijiy abiturientlarning hujjatlarini minimal talablarga javob berishini tekshiradi. Afzalligi: siz Uni-Assistga bor yo’gi bir komplekt hujjat topshirasiz va bir vaqtning o’zida bir nechta oliygohni tanlashingiz mumkin, bu sizga vaqt va mablag’ni tejashga yordam beradi. Siz uchun ustuvorlik darajasi birinchi bo’lgan oliygoh uchun hujjatlarni tekshirib berishning narxi 70 yevro, har bir keyingi oliygoh uchun 30 yevroni tashkil qiladi. Batafsil ma’lumot uchun www.uni-assist.de manziliga murojaat qiling. O’qishni moliyalashtirish O’qishni boshlashdan oldin, siz, Germaniyada yashash uchun yetarli mablag’laringiz borligini ko’rsatishingiz kerak. Sizga moliyalashtirishni tasdiqlaydigan hujjat kerak. Aksariyat hollarda, bu vizaga ariza berayotganda ko'rsatiladi. Odatda yiliga taxminan 8 700 yevro talab etiladi. Moliyalashtirishning boshqa turlarini ham qo’llash mumkin: • Germaniyada doimiy yashash joyiga ega bo'lgan kishi Immigratsiya xizmati oldida siz uchun kafil bo’ladi va sizning xarajatlaringizni to'lashni kafolatlaydi. • Depozitni bloklangan bank hisob raqamiga o'tkazish (Sperrkonto).
Buni quyidagicha tushunish kerak: bank hisob raqamiga o’tkazilgan mablag’, hisob raqamining egasi Germaniyaga kirgunga qadar bloklangan bo’ladi. Bloklangan bank hisobini ochish qiyin emas. Bloklangan hisob, masalan, "Deutsche Bank" yoki "Fintiba"da ochilishi mumkin. Bank hisobini ochish uchun bir haftacha vaqt ketadi. Shuning uchun, iltimos, db.student@db.com yoki www.fintiba.com bilan bog'laning. O’qish davrida ishlash Agar siz chet ellik talaba sifatida ishlashni istasangiz, siz bir necha qoidalarga amal qilishingiz kerak. Qo‘shimcha ish sizning byudjetingizni biroz yaxshilashi mumkin, ammo bu mablag'lar sizning hayotingizni moliyalashtirish uchun yetarli emas. Sizga yiliga 120 to'liq yoki 240 yarim kunlik ish hajmida ishlashga ruxsat beriladi. Omad tilaymiz! Manzil:
100047 Toshkent Telefon: 71 120 84 78 e-mail: ku-102@tasc.diplo.de internet: www.tschkent.diplo.de, www.funding-guide.de +998-71-120 84 78 telefon raqami orqali maslahatlarni dushanba va chorshanba kunlari soat 10.00 dan 12.00 gacha olish mumkin. Haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 14.00 dan 16.00 gacha ta’lim masalalari bo‘yicha (oldindan kelishilgan holda) individual maslahatlar berilishi mumkin. Maslahatga yozilish ku-102@tasc.diplo.de electron manzili orqali amalga oshiriladi. Muhim internet sahifalar: www.funding-guide.de www.study-in.de www.daad.de www.studienwahl.de www.research-in-germany.org www.phdgermany.de www.studienkollegs.de www.uni-assist.de www.onset.de www.testas.de Download 34.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling