Germaniya qishloq xo’jaligi
Download 11.31 Kb.
|
germaniya
Germaniya qishloq xo’jaligiGermaniyada qishloq xojaligiga yaroqli 36 mln. ga еr bor. U mo'l-ko'l yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari еtkazib bеradi. Qishloq xo'jalikning asosiy mahsulotlari: bug'doy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, shuningdеk uzum, mеva, sabzavot va sh.k. Chorvachilikda mol go'shti, cho'chqa go'shti, tovuq go'shti va sut еtishtiriladi.Germania hududining g'ariyb uchdan bir qismi (10,7 mln.ga) o'rmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30-40 mln. kub mеtr yog'och tayyorlanadi, bu hajm ichki ehtiyojning uchdan ikki qismini qoplaydi. Germaniya yog'och eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dеngizlarida, Grеnlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi.Mamlakatdagi qishloq xo‘jalik yerlarining 40 foizi o‘tloqzor hamda yaylovlarni tashkil qilsa, qolgan qismida javdar, suli, arpa, kartoshka, ozuqa ekinlari yetishtiriladi. Chorvachilik tarmog‘i uchun asosiy ekin arpa hisoblanib, shuningdek, undan milliy ichimlik pivo (yiliga 145 ming l) ishlab chiqarishda foydalaniladi.Germaniya Federativ Respublikasi oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vazirligi sohani isloh qilish, moliyalashtirish va kreditlash, mahsulotlar bozorini tartibga solish bilan birga, ekologik sof mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda bioenergetika bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga ko‘maklashadi, iste’molchilar huquqlarini himoya qiladi. GFR qishloq xo‘jalik korxonalari uch xil huquqiy shaklda – xususiy qishloq xo‘jalik korxonalari, mulkdorlar bog‘dorchiligi, fuqarolik huquqiga ega huquqiy shaxslardan tarkib topgan. XX asrning oxirlariga kelib Germaniyada ekologik sof qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishga e’tibor kuchaytirildi. Bunday mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar daromadi 44673 yevroni, har bir korxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltiriladigan mablag‘ va subsidiyalar 25633 yevroni tashkil qildi.Namlik yetarli miqdorda bo‘lgan dengiz bo‘yi, Alp va Alpoldi tog‘li hududlaridagi yaylovlarga ega hududlarda sut-go‘sht mahsulotlari yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Qish fasli ancha sovuq bo‘lgani sababli, mollar yopiq molxonalarda parvarishlanadi. Alp o‘tloqzorlarida GFRdagi jami sigirlarning 35 foizi boqiladi. Broyler parrandalar, tuxum, mol go‘shti, cho‘chqachilik mahsulotlari ishlab chiqarish asosan tabiiy omillarga uncha bog‘liq bo‘lmagan yirik chorvachilik xo‘jaliklarida jamlangan. Chorvachilikning muhim yordamchi tarmog‘i o‘simlikshunoslik hisoblanadi. Bavariya va Dunay tekisligi bug‘doy yetishtirishga moslashgan. Moyli ekinlardan rapsga alohida e’tibor qaratilib, u kungaboqarga nisbatan 10 baravar ortiq maydonda yetishtiriladi. Qishloqlardagi fermerlar mamlakatning eng boy kishilari sanaladi. Ular zamonaviy texnikalar yordamida har qarich yerdan unumli foydalanib, mo‘l hosil yetishtiradilar. Bir so‘z bilan aytganda, bu davlatda har bir fermer mehnatsevarligi bilan ajralib turadi. O‘z tomorqasi va yashaydigan hovlisini havas qiladigan darajada go‘zal va ko‘rkam qilishga intiladi.Download 11.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling