Mavzu: arpa donini yetishtirish texnologiyasi reja: Kirish Asosiy qism


Download 1.58 Mb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1412626
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu arpa donini yetishtirish texnologiyasi reja Kirish Asosi


Mavzu: ARPA DONINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Reja:
Kirish
Asosiy qism

  1. Arpa biologiyasi

  2. Arpaning navlar tavsifi

  3. Arpa yetishtirish texnologiyasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar





KIRISH
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin hukumat tomonidan qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i bo’lgan g’allachilikni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Ayniqsa, sug’oriladigan yerlarda boshoqli don ekinlarining hosildorligini oshirish, sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanish, yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo’yicha soha mutaxassislari oldiga katta vazifalar qo’yildi. Arpa don muammosini hal qilishda va mustahkam oziqa bazasini yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Arpaning somoni, to’poni oziqa sifatida foydalaniladi va uning oziqaviy qimmati javdar hamda bug’doynikidan ustun. Arpaning somonida hazmlanadigan oqsil miqdori javdarnikidan 3,5 barobar ko’p, oziqa birligining miqdori javdar, suli hamda bug’doynikidan yuqori. Donida 13 % suv, 15 % protein, 14,4 % oqsil, 4 % yog’, 3,3 % kletchatka, 2,6 % kul va 62,1 % AEM mavjud. 1 kg arpa donida 1,28 oziqa birligi, 81-100 g hazmlanadigan oqsil, 1 kg somonida 0,36 oziqa birligi hamda 10 g hazmlanadigan oqsil saqlanadi.
Arpa donida almashtirilmaydigan aminokislotalarning hammasi, shu jumladan 2,5-2,9% lizin mavjud (G’.Q.Qurbonov, 1981). Shu bilan birgalikda arpa doni va somonida temir, fosfor, kalsiy, kaliy, magniy, kremniy tuzlari, oz miqdorda yod va boshqa mikroelementlar bor. Arpa to’ponini mollarga berishda ularni bug’lab yoki qaynatib olish kerak, sababi qiltiqlari tishli bo’ladi va ular mollarni og’iz bo’shlig’ini jarohatlashi mumkin. Respublikamizning don balansida arpa muhim o’rinni egallaydi. Uning donidan arpa yormasi, perlovka tayyorlanadi, non pishirish sanoatida arpa uni javdar va bug’doy uniga qo’shiladi, shuningdek uning donidan medisina, spirt sanoati, to’qimachilik, charmdo’zlik, qandolat sanoatida foydalaniladi (I.A.Minkevich, 1988).




  1. Download 1.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling