Mavzu: arpa donini yetishtirish texnologiyasi reja: Kirish Asosiy qism
Download 1.58 Mb.
|
Mavzu arpa donini yetishtirish texnologiyasi reja Kirish Asosi
Arpaning navlar tavsifi
Hozir arpaning ko‘p qatorli xillaridan Pallidum {boshog‘i sariq), Nigrum (boshogi qora), Parallelum (boshog‘i zich, sariq), Rugamidatum (boshog‘i zich, sariq tepasi tor), Coeleste (qiltirig‘i tishli, doni yalang‘och), Trifurcatum (qiltpriq o‘rnida pufaksimon o‘simtalari bor, doni yalang‘och); ikki qatorli arpa xillaridan Nutans (boshog‘i sariq), Nigrican (boshog‘i qora), Medicum (qiltirig‘i kam tishli, boshog‘i sariq), Persicum (qiltirig‘i kam tishli, boshog‘i qora), Nudum (boshog‘i sariq, doni yalang‘och) va boshqalari ko‘p tarqalgan. Arpaning 83 navi bo‘lib, 7 tasi chet eldan keltirilgan. O‘zbekistonda unumli arpa (Nutans), Qarshi Arpa (Pallidum), Toshkallak arpa (Parallelum), Nutans 27 (Nutans), Persikum 64 (Persicum) va boshqa navlari o‘stiriladi. Arpa O‘zbekistonda kuzlda va bahorda eqiladi. U tuproqning trasi bo‘lgandaeq unib chiqa boshlaydi. Dastlabki o‘sish va boshoqlanish davrida arpa ozuqa moddalariga talabchan bo‘ladi. Arpa sug‘oriladigan yerlarga gektariga 160-180 kg dan, lalmikor yerlarga esa 70-110 kg dan sepiladi. Unumdor sog‘ tuproqli yerlarda yaxshi, botqoq va sho‘rxoq yerlarda yemon o‘sadi. Iqlim, tuproq va joy sharoitiga qarab gektaridan 8-50 s hosil beradi. O‘zbekistonda kuzgi arpa unib chiqqanidan keyuin 180-250 kunda, bahorda ekilganida 80-110 kunda pishadi. Turlari. Hordeum L – avlod bitta madaniy turini (Hordeum sativum L) va boshqa bir qator yevvoyi turlarini tashkil qiladi. Arpa o‘simligi boshoqda boshoqchalarning joylashishiga qarab uchta kenja turga bo‘linadi. 1.Hordeum vulgare L. Bu ko‘p qatorli yoki oldingi arpa bo‘lib, boshoqning har bug‘inida uchtadan boshoqcha joylashadi, har bir guldan tula shakllangan don paydo bo‘ladi. Boshoqda boshoqchalarning joylashishi va zichligiga qarab, ular uz navbatida ikkiga bo‘linadi (4-rasm). To‘g‘ri olti qatorli arpa, bunda boshoq kesib ko‘rilganda, uning oltita burchagi bo‘ladi, noto‘gri olti qatorli arpani boshog‘i kesib ko‘rilganda, burchaklari cho‘zinchoq bo‘lib to‘rt burchakli bo‘ladi. 2. Hordeum distichon L ikki qatorli arpalar. Bu arpa turlarida boshoq ustunchasidagi 3 dona boshoqchadan faqat o‘rtadagisi gullab, urug‘ hosil qiladi. Ikki chetki gullari changlamaydi va urug‘ hosil qilmaydi. Respublikada ikki qatorli arpa navlari juda ko‘p eqiladi, ularning doni yirik va tekis bo‘ladi. 3.Hordeum intermedium – oralik arpa. Bu turda arpa boshoqlari boshoqcha ustunlarida I tadan 3 tagacha don bo‘lishi mumkin. Ba’zi arpa boshoqlari 2, ba’zi boshoq ustunchasida 3, ba’zan 1 ta don hosil bo‘ladi, shuning uchun ularni noto‘g‘ri ko‘p qatorli arpa deyiladi. Oldingi turlarda aniq 2-6 qator urug‘lar bo‘ladi. Usish xususiyatlari. Kuzgi arpa kuzgi bug‘doy va javdarga qaraganda havo haroratining sovuq bo‘lishiga ham issiq bo‘lishiga ham kam chidamlidir. Kuzgi arpa urug‘lari 1-2°C haroratda una boshlaydi, urug‘lar unib chiqishi uchun qulay harorat 8-10°C hisoblanadi. 16-18°C darajada urug‘ juda tez unib chiqadi. Maysalar harorat – 12°C dan past, bo‘lganda zararlanadi. Erta ko‘klamgi noqulay sharoit kuzgi bug‘doyga qaraganda kuzgi arpaga ta’sir etadi. Bahorda kunlar isishi bilan arpa tez o‘sa boshlaydi. Uning o‘suv davri kuzgi bug‘doyga qaraganda, 1,5-2 hafta qisqaroq bo‘ladi. Arpa yorug‘likka talabchan, uzun kun o‘simlik gullash paytida havoning yorug‘, quyoshli bo‘lishini talab qiladi, namga talabchan, ammo shu bilan birga qurg‘oqchilikka ham chidamli hisoblanadi. Bu o‘simlik sug‘oriladigan va lalmi sharoitda o‘sadi, faqat hosildorligida farq bor. Kuzgi arpa tuproqqa talabchan, bunga sabab qisqa o‘suv davrida tuproqdan zarur ozuqa moddalarni olishi uchun, unumdor tuproqda o‘sishi kerak Kuzgi arpa tuproq strukturasini yaxshilaydi. O‘zidan keyin yerni tozalab ketadi.O‘zbekistonda arpa maydon jihatidan kam joyni eg‘allaydi. Ammo respublikada 216 miig gektar maydonga muntazam arpa eqiladi. Oziq-ovqat sanoati va chorvachilikning bu ekinning doniga talabi katta. Chorva mollari uchun hamisha eng yaxshi ozuqa hisoblanishi bilan birga pivo sanoatida ham arpa asosiy xom ashyodir. Pivoni faqatgina arpadan tayyorlashadi. Boshqa don ekinlari bu xususiyatga ega emas. Bizning issiq iqlimli quyoshli o‘lkamizda ekilgan arpalarning oqsil miqdori yoqori. Shuning uchun arpa bilan boqilgan chorva mollari, qo‘ylar, otlar tez semiradi. Navlari. Lalmikor. – O‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlamshasi) ning selekinon navi. Yojno Kazaxstanskiy 43 x Nutans 799 navlarini chatishtirib olingan, duragaydan yakkalab tanlash yo‘li bilan yaratilgan. 1995 yildan beri Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining lalmikor yerlarida kuzgi ekish muddatida Davlat reestriga kiritilgan. Duvarak (biologik kuzgi). Nutans turiga mansub. Boshog‘i ikki qatorli, ochsariqrangda, o‘rtacha uzunlikda. Qiltig‘i uzun, boshog‘i parallel, dag‘al, doni yirik ellips shaklda, ochsariq, 1000 ta donining vazni 59,5-61,8 g. 1995-1999 sinov yillari o‘rtacha hosildorliq G‘allaorol va Qamashi nav sinash shaxobchalarida 23,4-22,8 s. ni tashkil etdi. O‘rtapishar, vegetasiya davri 180-200 kun, qurg‘oqchilikka chidamli, qishga chidamliligi yaxshi. Yetib qolish va tukilishga bardoshliligi 5,0 ball, ozuqabopligi yaxshi. Nav qishl0q xo‘jalik kasalliklari va zararkunandalariga chidamli. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling