Mavzu: arpa donini yetishtirish texnologiyasi reja: Kirish Asosiy qism


Download 1.58 Mb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1412626
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu arpa donini yetishtirish texnologiyasi reja Kirish Asosi

Arpa yetishtirish texnologiyasi

Yetishtirish usullari. Kuzgi arpa uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin paxta, kartoshka, makkajo‘xori, shuningdek dukkakli don ekinlari va bedadan keyinekilgan arpa yoqori hosil beradi. Kuzgi Bug‘doy ham arpa uchun yaxshi o‘tmishdosh o‘lishi mumkin. Arpaning bir xususiyati mavjudki u tuproqda erimay qolgan mineral o‘g‘itlarni o‘zlashtirib, tuproqni begona o‘t qoldiqlaridan tozalaydi. Arpaning o‘zi ko‘pgina ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi.


Ekish muddati. Kuzda janubiy tumanlarda oqtyabr oyining boshlarida, shimoliy tumanlarda sentabr oyining oxirida eqiladi. Kuzgi arpa ham qattiq sovuqlar tushishidan 45-60 kun oldin ekilishi kerak. Kuzgi bug‘doy kabi yaxshi to‘plab qolishi kerak, bo‘lmasa sovuqdan maysalar nobud bo‘ladi. Kuzgi arpa sovuqqa nisbatan chidamsizdir, shuning uchun uni albatta kuzlda nam yerga ekib yaxshi to‘planishiga erishish bosh massha bo‘lib qoladi, yaxshi to‘plamagan maysalar qishki sovuqlardan nobud bo‘ladi. Sug‘oriladigan maydonlarda avval yerni sug‘orib nam yetarli bo‘lgandagina arpa urug‘lari eqiladi.
Ekish usullari. Boshoqli don ekinlari kabi arpa tor qatorlab 13-15 sm kenglikda, qatorlab, uzunasiga va ko‘ndalangiga qilib eqiladi. Qator orasi 7,5-8,0 sm, tup orasi 3-4 sm tor qatorlab ekilganda, qator orasi 13- 15 sm bo‘lsa, tup orasi 1,5-2 sm bo‘lishi kerak Ekish bilan birgalikda 70 sm kenglikda jo‘yak olinadi. Sug‘orilmasa hosildorlik juda pastbo‘ladi.
Ekish chuqurligi. Urug‘larning yirikligi, tuproqning mexanik tarkibi hamda namligiga qarab belgilanadi. Ikki qatorli arpa urug‘lari olti qatorli arpalarga qaraganda biroz yirikroq bo‘ladi, shuning uchun ular 1-2 sm chuqurroq tashlanadi, ya’ni 5-6 sm chuqurlikda eqiladi. Og‘ir tuproqlarda esa urug‘lar yozaroq, nami yetarli bo‘lmasa chuqurroq tashlanadi. Urug‘lar tuproqqa 4-5 sm chuqurlikda tashlanishi kerak.
Ekish me’yori. 1000 dona urug‘ining vazniga hamda ekish muddatlariga, lalmi va sug‘oriladigan yerlarga ekilishiga qarab belgilanadi. Sug‘oriladigan maydonlarda ekish me’yori 3-3,5 mln. dona yoki 150-160 kg hisobidan urug‘ tashla­nadi. Eqiladigan urug‘ning unuvchanligi past bo‘lsa u holda ekish me’yori 15-18 foiz oshiriladi. Eqiladigan arpa urug‘lari 1 klass urug‘lar bo‘lib unuvchanligi 95 foiz, tozaligi 99 foiz; 2klass urug‘da unuvchanligi 90 foiz, tozaligi 97 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Ekish SZ-3,6, SZP3,6 rusumli don seyalkalari bilan olib boriladi.
Ekinni parvarish qilish. Kuzda arpa eqiladigan maydonlar ekishdan oldin sug‘orilib, o‘ta namligida urug‘larni undirib olish zarur. Yerni shudgorlash yoki chizellashdan ol­din sug‘oriladi, bo‘lmasa, dalada katta katta kesaklar ko‘chadi, ularni sug‘ormasdan maydalab bo‘lmaydi. Bostirib sug‘orilgan maydonlar 22-25 sm chuqurlikda haydaladi yoki chizellanib, borona yorgiziladi va mola bosiladi. Yer yaxshilab tekislanganda, ekishga kirishiladi. Ekishdan oldin organik o‘g‘itlar beriladi, go‘ng bilan birga 40-45 kg fosforli o‘g‘it shudgor bilan aralash holda solinadi. Arpaga ekish bilan birgalikda 25-30 kg azotli o‘g‘it berish mumkin.
Ekish muddati juda erta va tuproqda nam yetarli bo‘lsa o‘g‘it berish shart emas, aks holda maisa juda tez o‘sib ketib sovuqda nobud bo‘lishi mumkin. Bahorda tuproqda nam bo‘lishiga qaramasdan albatta sug‘orish va oziqlantirish zarur.
Erta bahorda, mart oyining boshlarida borona qilinib har gektar yerga 40-50 kg azot va 20-25 kg fosfor beriladi. Aprel oyining boshlarida yana shu miqdordagi azotli va fosforli o‘g‘it sochma yoki oqizib beriladi. Bundan tashqari ikki marta suv bilan go‘ng sharbati berilsa, hosildorlik gektaridan 4,5-5,0 tonna bo‘lishi mumkin. Yaxshi oziqdantirilmagan va sug‘orilmagan maydonlardan olingan hosil 2-2,2 tonnadan oshmaydi. Somoni ham shunga muvofiq bo‘ladi.Donlari pishib yetila boshlaganda o‘rish uchun dalalar kuzgi bug‘doyni o‘rganda qanday tayyorlangan bo‘lsa shu usulda tayyorlanadi. Arpapoya chetlari haydab tashlanadi, yeng‘inning xavfi olinadi. Urug‘chilik xo‘jaliklari bo‘lsa albatta begona navlar va o‘simliklar terib olinadi, dalada bir xil navga mansub o‘simliklar qoldiriladi. Kombayn telej­ka hamda xirmon joylari tayyorlanadi, kuzgi arpa bug‘doy va javdarga qaragaida 12-15 kun oldin pishib yetiladi. O‘rishni kechiktirmaslik kerak, chunki arpaning boshoqlari mo‘rt bo‘lib, tez sinib ketadi, ayniqsa qatorli arpalarda. Ikki qatorli arpalarda nobudgarchilik kamroq bo‘ladi. Don saqlanadigan xirmonlarda pana joylar ham bo‘lishi kera, may oyining oxirlarida dalada yomg‘irlar bo‘ladi, shuning uchun urug‘larni yomg‘irdan saqlab qoladigan maxsus joylar bo‘lishi zarur. Keys kombaynlari bir kunda 40-50 gektar don maydonlarini o‘rib yanchib berish imkoniga ega. Arpa boshoqli don ekinlari ichida birinchi bo‘lib o‘riladi, shuning uchun uni o‘rishda ayrim qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Arpa maydonlarini juda erta bo‘shatishni xohlaganlar uni avval o‘roqlap bilan o‘rib yetqizib keyin yanchib olishi mumkin. Bu usulda yig‘ishtirilganda albatta 8-10 kun oldin pishadi.
Ma’lumki, barcha qishloq xo’jalik ekinlari shu jumladan kuzda ekilgan arpadan ham yuqori va sifatli hosil yetishtirishda har bir gektar hisobiga ma’lum qalinlikdagi o’simlikni o’stirish eng muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Chunki ma’lum bir sharoitda ekinlarning qalinligiga birinchi navbatda urug’larning unuvchanligi, ekish me’yori, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarni ekishga tayyorlash va ekish, ekilayotgan nav xususiyatiga va boshqa bir qator omillarga bog’liq bo’ladi (Xodjaqulov, 1980; Qurbonov, 1981). Urug’larning dala unuvchanligi ko’pchilik hollarda laboratoriya unuvchanligidan kam bo’ladi. Urug’larning dala unuvchanligi urug’larning sifatiga, agrotexnikaga, tuproq-iqlim sharoitiga, urug’lar, maysalarning kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishiga hamda boshqa omillarga bog’liq bo’ladi (Kuznesova, 2006). Urug’larning dala unuvchanligining pasayish sabablari turlicha talqin etiladi, chunonchi o’tmishdosh ekinlarni noto’g’ri tanlash (Sokol, 1986), urug’ ekish chuqurligini noto’g’ri belgilash (Yankovskiy, 2006), urug’lik sifatini pastligi (Kurbanov, 1988; Halilov, 1988), tuproqdagi namlikning yetishmasligi va boshqa omillardir.
Mavjud adabiyotlarda urug’larning dala unuvchanligiga ekish me’yorining ta’sir ko’rsatishi bo’yicha qarama-qarshi fikrlar uchraydi. Tajribalarimizda ekish me’yorlari urug’larning dala unuvchanligiga sezilarli ta’sir qildi. Urug’larning dala unuvchanligi ekish me’yorlariga va navlarga muvofiq Mavlono, Temur navlari bo’yicha 76,2 dan 83 %gacha va 75,4 dan 83,6 %gacha o’zgarib turdi.



O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi, ular hayotining faollik darajasini ko’rsatuvchi eng muhim jarayon hisoblanadi va o’simlik turiga, naviga yetishtirish sharoiti va agrotexnikasiga bog’liq bo’ladi. Shunday ekan kuzgi arpaning o’sishi va rivojlanishi ham u yetishtirilayotgan hududning tuproq-iqlim sharoitiga hamda qo’llanilayotgan agrotexnologik tadbirlarga uzviy bog’liqdir. Kuzgi arpaning o’sishi va rivojlanishi uchun tabiiy sharoit muhim ahamiyatga ega bo’lishiga qaramasdan agrotexnologik usullar (ekish me’yori, muddati) o’simliklarning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bunday ta’sirni biz kuzgi arpani unib chiqishidan boshlab, o’simlikning o’sish davrining oxirigacha kuzatishimiz mumkin.


Shuning uchun ham kuzgi arpaning o’sishi va rivojlanishi, don hosili va sifatiga, tuproqdagi namlikning miqdori, ekish me’yorlari va chuqurligining ta’sirini o’rganishga alohida e’tibor qaratdik. Arpa navlari ildiz tizimining shakllanishi. Ma’lumki, ildiz tizimining asosiy vazifasi o’simlikning o’sishi va rivojlanish davrlarida uning kerakli miqdordagi suv, oziq moddalar bilan ta’minlashdan iboratdir. Chunki barcha madaniy o’simliklarni, shuningdek arpa hosilining shakllanishiga ildiz tizimining rivojlanishi va uning faolligi juda sezilarli ta’sir ko’rsatishi bir qator ilmiy tadqiqotlarda aniqlangan. Arpa ildiz tizimining rivojlanish darajasi uning tuproqqa chuqur kirib borishi, ildiz massasi kabi ko’rsatkichlari, navi, ekish muddatlari, me’yorlari, oziqlanish rejimiga bog’liq.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda Surxondaryo viloyatining o’tloqi-bo’z tuproqlari sharoitida arpa navlarini oktyabr oyining ikkinchi o’n kunligida gektariga 4,5 mln unuvchan urug’ hisobidan 5 sm chuqurlikka ekis ularning qulay o’sishini, mahsuldor tuplanishini, hosildorligi yuqori bo’lishi bilan birga soha rentabelligi ortishini ta’minlaydi.
Ekish me’yorlarini gektariga 2,5 mln dan 5,5 mln unuvchan urug’gacha oshirish o’suv davrini 3-4 kunga qisqartiradi. Ekish me’yorining oshishi bilan hosilning pishib yetilishi tezlashadi. Arpaning Temur navi Mavlono naviga nisbatan 4-5 kun erta pishib yetiladi. Arpaning ildiz tizimi tuproqning chuqur qatlamida ko’proq massa to’playdi va pastki qatlamlarga ko’proq joylashadi.
Ekish me’yorlarining oshib borishi bilan o’simliklar barg yuzasi, quruq modda to’planishi, fotosintetik potensiali, fotosintez sof mahsuldorligi ortib boradi. Arpaning eng katta fotosintetik potensiali boshoqlash fazasida kuzatiladi. Bahorgi tuplanishdan gullash fazasigacha fotosintetik potensial oshib boradi.
Arpaning Mavlono va Temur navlari maqbul me’yorda (gektariga 4,5 mln unuvchan urug’) ekilganda yuqori don hosilini shaklantiradi. Ekish me’yorini yanada oshirish (5,5 mln) don hosili oshishida ishonarli farq kuzatilmaydi. Arpaning Mavlono va Temur navlarida ekish me’yorlarining oshib borishi bilan boshoqning uzunligi, boshoqdagi boshoqchalar, boshoq va boshoqchalardagi don soni, bir boshoqdagi don massasi kamayib boradi. Ekish me’yorlarini 2,5 mln dan 5,5 mln unuvchan urug’gacha oshib borishi bilan o’simlik mahsuldor tuplanishi ham kamayib boradi. Arpaning Mavlono va Temur navlarida ekish me’yorlarining oshib borishi bilan 1000 ta don massasi, don naturasi va don tarkibidagi oqsil miqdori kamayib boradi. Bir gektardan olinadigan eng yuqori oqsil hosili maqbul ekish me’yori gektariga 4,5 mln unuvchan urug’ ekilganda olinadi. Arpaning Mavlono va Temur navlarini maqbul me’yorda (4,5 mln unuvchan urug’) ekilganda yetishtirilgan 1 s donning tannarxi nisbatan past navlarga muvofiq holda 23196,7; 24594,5 so’m, rentabellik darajasi esa yuqori navlarga mos ravishda 60,5; 51,4 %ga teng bo’ldi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling