Germaniya tarixiy ta'limotlari reja: Kirish Asosiy qism


F.Listning iqtisodiy qarashlari


Download 38.12 Kb.
bet2/7
Sana23.11.2023
Hajmi38.12 Kb.
#1796440
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GERMANIYA TARIXIY TA\'LIMOTLARI

F.Listning iqtisodiy qarashlari
Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug’ildi. Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir vaqtning o’zida Tyubingen universitetida huquq mutaxasisligi bo’yicha taxsil oldi va tamomladi. List 28 yoshida liberal yo’nalishdagi taniqli pubtistits, radikal burjua-demokratik islohatlarning qat’iy tarafdori sifatida tanildi. U 1847 yil Bryussel' shahrida bo`lib o`tgan iqtisodchilar kongressida o`zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy yetukligi va kuchli notiklik qobiliyati bilan ko`pchilikning e'tiborini o`ziga qaratdi. List 1819 yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta'minlash maqsadida "Savdo-sanoat ittifoqi"ni tuzdi.
F.List 30 yoshida Vurtemberg parlamenti a'zosi bo`lib, o`zining keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo`ldi. Natijada u 1825 yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug`ullandi, keyinchalik nemis gazetalarining muharriri bo`ldi hamda sanoat sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat qiluvchi Germaniya va AQSHda sanoat rivojlanishi xususiyatlarini chuqur o`rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dasturni tayyorladi.
1832 yildan F.List Yevropaga qaytib AQSHning Leypsigdagi elchisi bo`lib ishladi. Shuningdek u Leypsig-Drezden temir yo`lini qurish maqsadida Germaniyada birinchi bo`lib hissadorlik uyushmasini tashkil etdi. F.List o`zining uchinchi va oxirgi emigratsiyasidan so`ng Parijda uch yil yashadi. U o`zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o`rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo`lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o`zining "Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi" (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o`rtaga qo`ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to`g`risidagi ta'limot unga asos bo`lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, ahloqni, ma'naviyatni va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo`shdi.
F.Listning ta'limotiga ko`ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, "millatning ruhi" (toj-taxtning meros bo`lib qolishi, huquq, sud, armiya, politsiya va shu kabilar) yaratadi.
F.List ta'limotida xo`jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to`g`risidagi g`oyalar katta o`rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bosqichga: badaviylik, cho`ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bosqichlariga bo`ladi.
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik namoyandasi bo`lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo`lib faoliyat ko`rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo`lgan qiymat va daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e'tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga va ayniqsa tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy sistemasini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo`jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko`rmasdan, barchasiga umumiy "tabiiy" qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majbur kiritilmoqda, deydi.

Download 38.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling