Germaniya tarixiy ta'limotlari reja: Kirish Asosiy qism


Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gil’debrand)


Download 38.12 Kb.
bet3/7
Sana23.11.2023
Hajmi38.12 Kb.
#1796440
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GERMANIYA TARIXIY TA\'LIMOTLARI

Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gil’debrand)
F.List tarixiy maktab o`tmishdoshi (salafi) bo`ldi. Shu maktabning o`zi XIX asrning 40-yillarida vujudga keldi. Uning namoyandalari siyosiy iqtisodning yagona nazariyasi bo`lishi ehtimolining o`zini rad etdilar. Ular barcha kapitalistik mamlakatlar uchun umumiy bo`lgan obyektiv iqtisodiy qonunlarni pisand qilmadilar. Tarixiy maktab abstrakt usulini rad qilib, uni oshkora empirizm (amaliy hayotga moyillik) bilan almashtirdilar. Iqtisodiy subyektivizm bu maktabning o`ziga xos xususiyatidir.
Tarixiy maktab usulining mana shu hamma xususiyatlari shu bilan izohlanadiki, bu maktab namoyandalari hatto vulgar - madhiyabozlik nusxasidagi siyosiy iqtisodning ham nazariy asoslarini tugatish uchun jon-jahdlari bilan kurashdilar.
Maktab nazariyotchilariga F.List ta'limoti kuchli ta'sir o`tkazdi. Biz buni quyidagi holatlarda sezishimiz mumkin:
1. Tarixiy maktab vakillari siyosiy iqtisodni xo`jalik rivojlanishining umumiy qonunlarini o`rganadigan fan deb emas, balki davlatning yetakchilik rolini e'tirof etgan milliy xo`jalik haqidagi fan deb hisobladilar;
2. Ular klassik maktabga va unga ergashuvchilarga tanqidiy yondashdilar, abstraksiya usuliga qarshi chiqdilar;
3. Ular mamlakat iqtisodiy rivojlanishini bosqichma-bosqich olib borish konsepsiyasiga asoslandilar.
Gettingem va Leypsig dorilfununlarining professori Vilgelm Georg Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843 yilda u "Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari" kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlarning obyektivligini rad qilish bu ta'limotning o`zagidir. V.Rosher ijtimoiy iqtisodiyotning umumiy qonuniyati yo`q, balki faqat iqtisodiy omillar taraqqiyotininggina qonunlari bor, deb da'vo qilgan edi. Siyosiy iqtisod millat oldida burch tuyg`usiga ega bo`lgan ma'naviy fandir. V.Rosher siyosiy iqtisod predmetini ta'riflashda Listning sistemasini to`la-to`kis qabul qilib olib, jamiyat asta-sekin rivojlanadi deb hisobladi va sinfiy kurash mavjudligini inkor etdi. Rosher urushning madhiyachisi edi, u urushni tabiiy holat deb hisobladi va Germaniyani mustamlakalar va ta'sir doiralarini bosib olishga chaqirdi.

Download 38.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling