Germaniya tarixiy ta'limotlari reja: Kirish Asosiy qism
Yangi tarixiy maktab va “ijtimoiy yo’nalishlari”
Download 69.93 Kb.
|
GERMANIYA TARIXIY TA\'LIMOTLARI1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gustav Shmoller
Yangi tarixiy maktab va “ijtimoiy yo’nalishlari”
XIX-asrning ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan avvalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an'analarni davom ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o`ziga xosligini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o`rinlardan birini egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari, Gustav Shmoller (1838-1917) bo`lsa, Lun Brentano (1844-1931), Verner Zombart (1863-1941), Maks Veber (1864-1921) o`zlarining ijtimoiy yo`nalishlari bilan "Yangi tarixiy maktab" ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar edilar. Berlin universiteti professori Gustav Shmoller o`zining "Xalq xo`jaligi to`g`risidagi umumiy ma'lumot asoslari" (1900-1904) nomli asosiy iqtisodiy asarida tarixiy maktabning asosiy vakillari V.Rosher va B.Gil'debrandning asosiy qoidalari va usullarini yanada rivojlantirdi. Bu iqtisodiy amaliyotdan uch xil faoliyat turini: xususiy xo`jalik, davlat xo`jaligi va diniy xo`jalikni alohida ajratib ko`rsatadi. Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida jamiyat, ijtimoiy manfaat va uchinchisida xayr-ehson asosiy deb belgilanadi. Umuman, G.Shmollerning qarashlariga davlatning belgilovchilik, yetakchilik rolini ko`rsatish xosdir. G.Shmoller marksizmga qarshi kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy iqtisoddan chiqarib tashlab, uni xalq xo`jaligi tarixi faniga aylantirishga urindi. U faktlarni va statistika manbalarini o`rganish, xalq xo`jaligidagi xodisalarni bayon etib berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb hisoblaydi. G.Shmoller umuman xalq xo`jaligi o`zgarishsiz qolaveradi. degan fikrga asoslanib, uning ayrim bo`g`inlarida juz'iy o`zgarishlar bo`lishi haqidagina gapirish mumkin, deb hisoblaydi. Tadqiqotlarning qat'iyan rad etilayotgan abstrakt usuliga qarama-qarshi qo`yilgan empirizm (nazariy mashg`ulotlardan ko`ra amaliy faoliyatga ko`proq moyillik) olim va uning izdoshlariga xos xususiyat edi. G.Shmoller iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi omil deb hisoblab, har bir xalqning hayot tarzi odob qoidalarida, xo`jalik huquqida o`zining asosiy ifodasini topadi, deb ta'kidlaydi. Yangi tarixiy maktab iqtisodchilari xo`jalik turmushida burjua-pomeshchik davlati hal qiluvchi rol o`ynaydi deb bilar edilar. Ular Germaniyada kuchli milliy davlat tashkil etilishi tarafdori edilar. Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan hisoblanib, "Yangi tarixiy maktab" ning liberal qanotiga boshchilik qildi. O`zining "Klassik siyosiy iqtisod" (1888y.), "Tarixda ahloq-odob va xalq xo`jaligi"(1894y.) nomli asosiy asarlari bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga katta xissa qo`shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda ahloq va huquq omillari belgilovchi rol o`ynaydi deb hisoblab ishlab chiqarish va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e'tibor bermaydi. U ayriboshlash konsepsiyasining tarafdori bo`lib realizitsiya va ayriboshlash sharoitlarining o`zgarishi xo`jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida belgilovchi ahamiyatga ega bo`ladi deb hisoblaydi. Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo’lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo’shib kelmoqda. Download 69.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling