Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya
Prussiya va Avstriya urtasida Germaniya ittifoqida yetakchilik uchun kurash
Download 91.78 Kb.
|
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти
Prussiya va Avstriya urtasida Germaniya ittifoqida yetakchilik uchun kurash. Nemis davlatlarining boshliqlarida Germaniyani birlashtirishning uch xil rejasi mavjud edi. Birinchisi, «kichik german ittifoki» deb atalgan, nemis yerlarining Prussiya yetakchiligida Avstriyasiz birlashuvi, ikkinchisi, «buyuk german ittifoki» deb atalgan va Avstriya yetakchiligida barcha nemis davlatlarining birlashuvi va nixoyat, uchinchisi, Avstriya, Prussiya va
Qolgan nemis davlatlari ittifoqining mustaqil mavjudligi. Milliy karama-karshiliklar va milliy-ozodlik xarakatlari girdobida kolgan Avstriya-Germaniya ittifoki monarxlari ichida yetakchilik rolini yukotib bordi. Uz xududida kattik tartib urnatgan Prussiya esa aksincha, nemis davlatlari orasida uz ta’sirini oshirib bordi. Avstriyaning ichki va tashki qiyinchiliklaridan foydalangan Prussiya 1849 yili mayda uz tashabbusi bilan Berlinda Germaniya ittifokini kayta tashkil kilish masalasi buyicha Avstriya, Bavariya, Saksoniya va Gannover vakillari ishtirokida kengash chakirdi. Prussiya tomonidan taklif kilingan loyixaga kura unga xarbiy ishlar va tashki alokalar olib borish xukuki beriladi, kolgan funksiyalar esa nemis davlatlari monarxlarining yigilishi tomonidan olib boriladi. Avstriya va Bavariya vakillari ushbu loyix,aga keskin sarshi chikdilar va norozilik ramzi sifatida Berlinni tark etdilar. Prussiya Saksoniya va Gannover ni yukoridagi loyixa shartlari asosida «uch qirol uniyasini» imzolashga rozi kildi. Frankfurt yigilishida ushbu uniya dasturp umummilliy dastur sifatida qabul kilindi va unga yaka 28 ta nemis davlatlari qushildilar. 1850 yil martda parlamentga saylov utkazildi va deputatlar ish boshladilar. Ammo Prussiya tomonidan tashkil qilingan siyosiy tizimni Avstriya buzib tashlashga erishdi. 1850 yili mayda Mayn buyidagi Frankfurt shahrida nemis davlatlarining vakillari endi Avstriya yetakchiligida yig‘ildilar va eski seymni tiklashga karor kildilar. Frankfurt kengashi bundan buyon seymda Avstriya va Prussiya navbatma-navbat raislik kiladi deb qaror qildi. Bu kelishuvchanlik ruhidagi karor Prussiyani kanoatlantirmadi va Fridrix-Vilьgelьm safarbarlik e’lon kildi. Birok Rossiya utkazgan bosim natijasida 1850 yil noyabrda Prussiya tashki ishlar vaziri baron Manteyfelь Prussiyaning tulik taslim bulishini anglatuvchi Olьmyus kelishuvini imzoladi. Unga kura Prussiya uz kushinini tarkatib yuborish, uniyadan voz kechish va eski seymni tan olish majburiyatini oldi. Ikki yildan keyin Shlezvig-Golьshteyn muammosi ham hal kilindi. Angliya, Rossiya, Fransiya va Shvesiya tomonidan imzolangan London protokoliga kura bu yerda taxtga vorislik huquqini Daniya shahzodasi Xristian Gluksburgskiy oldi. Prussiya qullab-kuvvatlagan gersog Avgustenburgskiy 2,5 mln taler pul evaziga uz da’vosidan voz kechdi. Ammo Prussiya masalani oxirigacha hal kilingan deb xisoblamadi. Prussiyaning Germaniyada yetakchilik qilish uchun harakati amalga oshmay koldi. Olьmyus kelishuvi uzok vakt pruss yunkerlari uchun xurlik va haqorat ramzi bulib koldi, faol tashki siyosat yuritish istagini sundirdi. Buning ustiga, 1856 yilgi Parij kongressida barcha karorlar kabul kilingandan keyin baron Manteyfelning kongress yigilishiga taklif kilinishi Prussiyaning ikkinchi darajali davlat ekanligiga yana bir ishora buldi. Download 91.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling