Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya


XVI–XVII asr birinchi yarmida Germaniya


Download 91.78 Kb.
bet2/17
Sana17.06.2023
Hajmi91.78 Kb.
#1521404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти

XVI–XVII asr birinchi yarmida Germaniya. Dehqonlar urushi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, mamlakatda bir qator o‘zgarishlarga olib keldi. Janubiy Germaniyada feodallarning dehqon xo‘jaliklarini tortib olish hollari to‘xtadi. Qo‘zg‘olonning qaytarilish xavfi ostida bir qator yig‘imlar va qaramlik turlari bekor qilindi. Ritsarlarning yuzlab qasrlari va monastirlar yo‘q qilingani ham dehqonlarning ahvolini biroz yaxshiladi. Ammo umuman Dehqonlar urushidan keyingi ahvol, Germaniyaning xalqaro siyosiy va iqtisodiy mavqeining o‘zgarishi mamlakat xo‘jalik
taraqqiyoti sur’atlarining susayishiga olib keldi. Buning ustiga XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab Buyuk geografik kashfiyotlarning ta’siri sezila boshladi. Shimoliy Italiya va Germaniya shaharlari orqali o‘tgan savdo yo‘li ilgarigi mavqeini yo‘qotdi. Shimoliy german shaharlarining Ganza ittifoqi ham xalqaro savdoning Atlantik okeani qirg‘oqlariga ko‘chganligidan tanazzulga yuz tuta boshladi. Niderlandiyadagi inqilob tufayli ispan hukmronligidan ozod bo‘lgan golland savdogarlari nemislarni Boltiq bo‘yi savdosidan ham siqib chiqara boshladi. Bu paytga kelib Gollandiya tashqi savdo bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqib olgan edi.
XVI asr boshlarida Germaniyada vujudga kelgan manufaktura ishlab chiqarishi va erkin bozor munosabatlari rivoj topmay qoldi. Ilgari jadal rivojlangan Saksoniya, Gars va Tyuringiyadagi tog‘-kon sanoati og‘ir tushkunlikka uchradi. Nemis shaharlarining
og‘ir ahvoli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ichki bozorni qisqartirdi. Endi qishloq xo‘jaligining faqat chet ellarga chiqariladigan mahsulotlarigina xaridorgir bo‘lib qoldi. Bular asosan don va chorvachilik mahsulotlari edi.
XVI asr ikkinchi yarmidan Germaniyada boshlangan iqtisodiy inqirozning sababi faqat savdo yo‘llarining Atlantik okeani qirg‘oqlariga ko‘chishi va uning oqibatida bozorlarning yo‘qotilishi, nemis savdosining turg‘unligi emasdi, Dehqonlar urushi
bostirilgandan so‘ng nemis sanoati boshqa mamlakatlar sanoati bilan raqobatga bardosh bera olmaganligida ham edi. edi. XV asr oxirida Germaniya sharqidagi Leypsig yarmarkasi katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. Kichikroq shaharlar – Ulьm, Konstans,
Revesbur va Augsburglar to‘qimachilik markazlari hisoblanar, o‘z mahsulotlarini faqat mahalliy bozor emas, balki Italiya va Ispaniya bozorlariga ham olib chiqar edi. Dunay bo‘yida joylashgan nemis shaharlari orqali Janubi-Sharqiy Yevropa bilan savdo olib
borilardi. Ishlab chiqarish va savdoning o‘sishi, katta boyliklarning to‘planishi XV asr oxirlaridanoq german shaharlarida bozor munosabatlarining shakllanishiga olib keldi, tarqoq manufaktura rivojlandi. Ayni paytda ko‘p kuch va mablag‘ talab qilinadigan
sohalarda (masalan, tipografiya) markazlashgan manufaktura ham rivojlandi. Ayniqsa tog‘-kon sanoati, xususan qimmatbaho metallar qazib olish tez taraqqiy etdi.
XVI asr birinchi o‘n yilligida Germaniya tog‘-kon sanoatida kamida yuz ming kishi band edi. Germaniyada Yevropaning qolgan Manufakturaning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun uning shahar doirasidan chiqib, qishloqqa ham yoyilishi lozim edi. Ammo
Germaniya sharoitida bu deyarli mumkin bo‘lmadi. Germaniya tog‘-kon sanoatidagi inqiroz ham asosan Dehqonlar urushining mag‘lubiyati bilan bog‘liq edi. Knyazь hokimiyatining kuchayishi, bu sohadagi tadbirkorlik faolligini to‘xtatib qo‘ydi.

Download 91.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling