Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya


Urushning to‘rtinchi (franko-shved) davri (1636 –1648)


Download 91.78 Kb.
bet6/17
Sana17.06.2023
Hajmi91.78 Kb.
#1521404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти

Urushning to‘rtinchi (franko-shved) davri (1636 –1648). Barcha qo‘shimcha imkoniyatlar tugaganini sezgan Fransiya urushga o‘zi kirishga qaror qildi. U Shvesiya bilan ittifoqni tiklab, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha faol diplomatik harakatlarni boshlab yubordi.
Birlashgan Provinsiyalar respublikasi Ispaniyaga qarshi o‘zining xaloskorlik urushini davom ettirdi va qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Mantuya, Savoyya, Venesiya va Transilьvaniya knyazligi franko-shved ittifoqini quvvatladi. Polьsha neytral, ammo Fransiyaga do‘stona pozitsiyani egalladi. Rossiya imtiyozli shartlar bilan Shvesiyani arpa, selitra (porox tayyorlash uchun), kanop poyasi va kema quriladigan yog‘och bilan ta’minlab turdi. Urushning oxirgi davrida tomonlarning kuchlari, ham moliya,
ham odam resurslari tugab borayotgani sezila boshladi. 40-yillarga kelib fransuzlar va shvedlarning ustunligi ko‘rinib qoldi.
Ammo Shvesiya bilan Daniya raqobati natijasida ular o‘rtasida boshlangan urush (1643–1645) ittifoqchilarning sharoitini og‘irlashtirdi. Vafot etgan Rishelьyo o‘rniga kelgan Julio Mazarini (1602 –1661) Shvesiya bilan Daniya o‘rtasidagi mojaroni hal
etish uchun ancha kuch sarfladi. Ayni paytda, 1646 yili ittifoqchilar qo‘shinlari Janubiy Chexiyadagi Yankove yaqinidagi jangda imperator va Bavariya qo‘shinlarini tor-mor qilib, Praga va Venaga xavf sola boshladi. Imperator Ferdinand III (1637–1657) urushning boy berilganligini tushundi. 1644 yili Myunsterda kongress boshlanib unda imperator bilan Fransiya o‘rtasida muzokaralar olib borildi.
1645 yil Vestfaliyaning yana bir shahri – Osnabryukda Germaniya – Shvesiya muzokaralari boshlandi. Ayni paytda borgan sari maqsadsiz bo‘lib borayotgan urush davom ettirildi.
Vestfalьь tinchlik sulhi. Chexiyada boshlangan urush butun Markaziy Yevropani qamrab olib o‘ttiz yil davom etdi. 1648 yil Vestfaliyaning Myunster va Osnabryuk shaharlarida imzolangan tinchlik shartnomasi faqat o‘n uch yillik urushga siyosiy yakun yasamasdan, Reformatsiya kuchlari bilan ularning dushmanlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikning butun bir davrini ham yakunladi. Tinchlik sulhi ikkala tomonning ham majburiy kelishuvining mahsuli bo‘lib, Yevropa davlatlari tizimiga va Germaniyadagi holatga anchagina o‘zgartishlar kiritdi. Vestfalь sulhiga binoan Shvesiya butun G‘arbiy Pomeraniyani (Shtettin porti bilan), Sharqiy Pomeraniyaning kichik qismini, Ryugen va Volin orollarini, shuningdek, Pomeran bo‘g‘ozini atrofqirg‘oqdagi shaharlar bilan qo‘shib oldi. Shved qiroli Pomeran gersogi sifatida imperiya ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdi. Imperiyadan tovon tariqasida Bremen arxiepiskopligi va Ferden, Meklenburgdagi Vismar shahri va katta miqdordagi pul ham Shvesiyaga berildi, Shimoliy Germaniyaning yirik daryolari Vezer, Elьba va Oder Shvesiya nazorati ostiga tushdi. Shvesiya Yevropaning buyuk davlatiga aylandi va Boltiq dengizida hukmron bo‘lishdek maqsadini amalga oshirdi.
Fransiya mamlakatda parlament frondasining boshlanganligi sababli urushning umumiy siyosiy natijasi bilan qanoatlanib, imperiya yerlaridan bir qismini qo‘shib olish bilan cheklandi, Unga Elьzas (Strasburgdan tashqari), Zundgau, Xagenau yerlari qo‘shildi, uchta Lotaringiya yepiskopliklari – Mes, Tulь va Verden ustidan o‘z huquqini yana bir marta ta’kidladi. Imperiyaning 10 ta shahri Fransiya homiyligi ostida qoldi.
Qo‘shma Provinsiyalar Respublikasi o‘z mustaqilligining xalqaro e’tirofini qo‘lga kiritdi. Myunster shartnomasiga binoan uning suvereniteti, hududi va Antverpen shahri maqomi hal etildi. Shveysariya ittifoqi ham o‘z suverenitetining e’tirofiga
erishdi. Germaniyaning mayda knyazliklari hisobiga o‘z yerlarini kengaytirib ham oldi. Vestfalь sulhi yana ikki yuz yilga Germaniyaning siyosiy tarqoqligini belgilab berdi.
1648 yil 24 oktabrda Myunsterda imzolangan tinchlik shartnomasi Germaniya tarixida eng uzoq davom etgan o‘ttiz yillik urushga yakun yasadi.
Urush Germaniya uchun haqiqiy milliy halokat bo‘ldi. U xalqning sillasini quritdi va rivojlanishni uzoq vaqt ortga surib qo‘ydi. Urush hali 1525 yili dehqonlarning mag‘lubiyati bilan va savdo yo‘llarining g‘arbga siljishi tufayli boshlangan Germaniyaning iqtisodiy, siyosiy va madaniy tanazzulini chuqirlashtirdi va tezlashtirdi. Urush oqibatida mamlakat vayronaga aylantirilgan, butun boshli viloyatlar mutlaqo aholisiz qolgan, boshqalari esa aholisining yarmini va hatto undan ham ko‘prog‘ini yo‘qotgan edi. Iqtisodiy inqiroz madaniyatning umumiy pasayishiga, axloqning qo‘pollashuviga olib keldi. Hammadan ko‘proq qishloq aholisi zarar ko‘rdi. Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Germaniyada haydaladigan yerlarning yarmidan ko‘prog‘i tashlandiq bo‘lib qoldi. Elьba daryosidan sharqda ekin ekilayotgan yerlarda dehqonlar
krepostnoylikka mahkum qilindi. Dehqonlar ko‘plab majburiyatlarni bajarishar, eng og‘iri esa haftasiga besh-olti kungacha yetayotgan barshchina, ya’ni xo‘jayinning yerida ishlab berish edi. Germaniyaning g‘arbiy hududlarida dehqonlar pomeshchikning
mulkiga aylantirilmadi. Bu yerlarda rentaning asosiy shakli pul bilan to‘lanadigan obrok edi. Dehqonlarning ko‘pchiligi ma’lum yerga ega bo‘lib qolaverdi.
O‘ttiz yillik urush mobaynida sanoat va savdoning keskin pasayishi nemis shaharlarining siyosiy mavqeini ham tushirib yubordi. Urushdan so‘ng muhim daryolar – Oder, Vezer va Elьba ustidan hukmronlikning Shvesiyaga o‘tishi mamlakatning iqtisodiy
ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shaharlar o‘rtasida savdo aloqalari qiyinlashdi. Chet el tovarlarining Germaniyaga ko‘plab keltirilishi esa sanoatning o‘sishiga katta putur yetkazdi. Nemis savdogarlari ingliz va golland savdogarlarining vositachisiga aylanib qoldi. Ko‘pchilik shaharlar knyazlarning mulki bo‘lib qoldi va o‘z egalarining mavqeiga mos tarzda rivojlandi. Yangi tipdagi shaharlar – knyazlarning qarorgohlari paydo bo‘ldi. Ular ichida Berlin (Brandenburg), Myunxen (Bavariya), Drezden (Saksoniya) kabilar boshqa shaharlarga nisbatan tez rivojlandi. O‘ttiz yillik urushning oqibatlari to XVIII asrgacha sezilib turdi.

Download 91.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling