Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya
Urushning birinchi (chex) bosqichi (1618 –1624)
Download 91.78 Kb.
|
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urushning ikkinchi (Daniya) bosqichi (1625 –1629).
Urushning birinchi (chex) bosqichi (1618 –1624). Chexlar seymi tomonidan saylangan yangi hukumat mamlakat harbiy kuchlarini mustahkamladi, undan iezuitlarni haydab chiqardi, Moraviya va boshqa yaqin hududlar bilan Niderlandiya Qo‘shma provinsiyalari tipidagi federatsiya tuzish borasida muzokaralar boshladi. Bir tomondan ittifoqchi ransilьvaniya knyazligining qo‘shinlari Vena tomon yurib, Gabsburglar armiyasiga qator zarbalar berishdi. Ferdinandning chex taxtiga huquqini tan olmasdan seym Yevangelie uniyasining rahbari Fridrix Pfalьsskiyni (1596 –1632) qirol qilib sayladi. Qo‘zg‘olon rahbarlari shunday qilsak nemis protestantlaridan qurolli yordam olamiz, deb o‘ylashgan edilar. Ammo F. Pfalьsskiyning qudrati yolg‘on bo‘lib chiqdi: u na katta mablag‘ va na katta qo‘shinga ega emasdi. Imperatorga esa Katolik liga katta mablag‘ bilan yordam ko‘rsatdi. Bu mablag‘ hisobiga Avstriyaga yordam uchun ispan qo‘shinlari yollandi.
Natijada, 1620 yil 8 noyabrь kuni Pragaga yurish boshlagan imperiyaning birlashgan qo‘shinlari Oq Tog‘ yonidagi jangda chex qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Chexiya, Moraviya va qirollikning boshqa hududlari imperiya qo‘shinlari tomonidan egallandi. Mamlakatda dahshatli qirg‘in boshlandi. O‘n minglab protestantlar o‘z yerlaridan quvilib, ularning mulklari nemis va mahalliy katoliklarga berildi. 1627 yilgi «Dafn qilish» deb atalgan seym Chexiya o‘z milliy mustaqilligini yo‘qotganligini tasdiqladi. Endi Chexiya barcha ilgarigi imtiyozlaridan mahrum qilindi. Urushdan keyin harbiy holat faqat Chexiyada emas, balki butun Markaziy Yevropada Gabsburglar foydasiga o‘zgardi. Urushning birinchi bosqichi yakunlandi, ammo uning kengayish xavfi yetilgan edi. Urushning ikkinchi (Daniya) bosqichi (1625 –1629). Urushning yangi ishtirokchisi Daniya qiroli Kristian IV bo‘ldi. U o‘z yerlarining xavfsizligidan xavotirlanib hamda g‘olib chiqsa ularni kengaytirish maqsadida Angliya va Gollandiyadan katta miqdorda olingan pulga armiya yollab, Elьba va Vezer daryolari oralig‘ida joylashgan, Tila qo‘mondonligidagi Gabsburglar armiyasiga qarshi hujum boshladi. Shimoliy german knyazlari ham Kristian IV ni qo‘llashdi. Og‘ir ahvolda qolgan Fridrix II ni imperator xizmatidagi yollanma qo‘shin qo‘mondoni, tajribali sarkarda Alьbrext Vallenshteyn (1583 –1634) bu holatdan qutqardi. U o‘ziga va imperatorga qarashli hududlardan yollanma qo‘shin tuzdi. 1630 yili A. Vallenshteyn qo‘shinlarining soni 100 ming kishiga yetgan edi. Muvaffaqiyatli urush harakatlaridan so‘ng 1629 yili Lyubek tinchlik sulhi imzolandi. Daniya hududiy yo‘qotishlarsiz Germaniya ishlariga aralashmaslik sharti bilan sulhni imzoladi. Imperator protestantlarga yana bir kuchli zarba berdi. A. Vallenshteyn esa butun boshli knyazlik – Meklenburg gersogligini imperatordan sovg‘a sifatida oldi. Ammo ko‘p o‘tmasdan Vallenshteynning kuchayib ketayotganligidan xavfsiragan imperator uni iste’foga chiqarib, qo‘shinlarini tarqatib yubordi. Urushning ikkinchi bosqichida protestantlar mag‘lubiyatining eng asosiy natijasi shu bo‘ldiki, imperator 1629 yili Lyubek sulhidan salgina oldin Restitutsion edikt deb nomlangan hujjat qabul qildi. Bu hujjat 1552 yildan beri protestantlar tomonidan egallangan (sekulyarizatsiya qilingan) yerlarga katolik cherkovining xuquqini tiklashni ko‘zda tutardi. Imperatorning bu qarori imperiyada umumiy norozilikni keltirib chiqardi. Download 91.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling