Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya


Vena kongressidan sung German ittifoqidagi holat


Download 91.78 Kb.
bet9/17
Sana17.06.2023
Hajmi91.78 Kb.
#1521404
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти

Vena kongressidan sung German ittifoqidagi holat. 1815 yil 8 iyunda Vena kongressida imzolangan akt 34 ta mustakil dinlat va 4 ta erkin shax,arlar - Bremen, Gamburg, Lyubek, Mayn buyidagi Frankfurtdan iborat German ittifokini tuzishni kuzda tuggan edi. Uchta chet el monarxlari - Angliya, Daniya va Niderlandiya Kirollari x,amda uch german davlatlari - Gannover, Golьshteyn va Luksemburg knyazlari German ittifokining a’zolari deb tan olingan edi. Ittifokning eng katta davlatlari Avstriya bilan Prussiya bo‘lib, ushbu davlatlar yerlarining bir kismi - Avstriya tarkibigi kiruvchi Vengriya kirolligi, Lombardo-Venesian kirolligi va
Galitsiya xamda Prussiyaga karashli Sharkiy Prussiya va Poznanь yangi tashkil kilingan Ittifok tarkibiga kiritilmadi. Masalaning bunday xal kilinishi Avstriya bilan Prussiyaning German
ittifokidan. mustakilligini oshirib, Germaniyaning birlashishi yulida kushimcha kiyinchiliklar tugdirar edi. Ittifokning oliy organi Ittifok seymi bulib, u Mayn buynidagi Frankfurt shahrida joylashdi. German ittifoki mustakil davlatlarningkonfederatsiyasi kurinishida bulib, ittifokka kiruvchi davlatlar orasida uzviy bogliklnk yuk edi. Na umumiy konunchilik, na umumiy armiya, naumumiy moliya, na diplomatik vakolatxonalar mavjud emasdi. Avstriya vakili German ittifokining doimiy raisi sanalardi. Shu tarika Germaniyaning birlashishi masalasi uz yechimini topmadi.
Iqtisodiy rivojlanish. Mamlakatning siyosiy tarqoqligi feodal va yarim feodal munosabatlarning xukmronligi kapitalistik munosabatlar asoslarining shakllanishi va rivojlanishiga tuskinlik qilayotgan edi. Germaniyadagi eski zodagonlar 1848 yilgi inqilabgacha uz imtiyozlarining asosiy kismini saqlab qoldilar. Deyarli barcha german davlatlarida yerga egalik qilishning feodal tizimi ustuvor edi. Fakat fransuz insilobi ta’siri ostida feodal tartiblar bekor qilingan Prussiyaning Reyn viloyatida, Garbiy va Janubi-Garbiy Germaniyaning kichik davlatlarida dehxonlar feodal majburiyatlarni deyarli bajarmasdilar. Feodal
tartiblar xali kuchli saklanib kolayotgan davlat Prussiya bulib, bu yerdagi feodal tartiblar kapitalistik munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga tuskinlik kilayotgan edi.
German ittifoki davlatlari urtasidagi mavjud bojxona tusikdari, yagona valyuta tizimi, ulchov birliklari va tadbirkorlik tugrisidagi sonunchilikning yukligi milliy bozor va sanoatning rivojlanishiga salbiy ta’sir kursatdi. Shunga karamasdan, 1816-1847 yillari Germaniya kapitalizm tarakkiyotida ma’lum yutu1?larga erishdi. 1822 yili butun Germaniyada bor-yugi ikkita bug mashinasi ishlagan bulsa, 1847 yili ular soni 1139 taga yetdi.
Tog‘-kon va kimyo sanoati ayniksa katta yutuklarga erishdi va muxim texnik ixtirolar bunga ijobiy ta’sir kursatdi. Nemis kapitalistlari inglizlar va fransuzlarning kunlab texnik yutuklaridan unumli foydalandilar.
Sanoatning rivojlanishi shax,ar ax,olisining usishiga olib keldi. 1816 yildan 1848 yilgacha Berlin aholisi 85% ga, Zolingen aholisi esa 130% ga usdi. Kapitalistik tarakkiyot uchta xududda: Reyn-Vestfaliya, Sileziya va Saksoniyada katta muvaffakiyatlarga erishdi. Kapitalistik ishlab chik;arish rivojlangan sari uning Germaniya tarqokligi va reaksion, monarxistik tartiblar bilan ziddiyati kuchayib bordi.

Download 91.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling