Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya
XVII asr ikkinchi yarmida Germaniyaning siyosiy holati
Download 91.78 Kb.
|
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germaniyaning xalqaro ahvoli.
XVII asr ikkinchi yarmida Germaniyaning siyosiy holati. Vestfalь tinchlik sulhidan keyingi Germaniyaning siyosiy xaritasi judayam rang-barang edi: dunyoviy va diniy hukmdorlarning yerlari, ozod shaharlar va imperiya ritsarlarining soni O‘ttiz yillik urushdan oldingiga nisbatan ancha ko‘paydi. O‘sha paytda, yilda qancha kun bo‘lsa Germaniyada shuncha davlat bor deyishardi. Haqiqatda esa davlatlar soni bundan ham ko‘p edi. Uch yuzdan ziyod knyazliklardan tashqari yana yuzlab ritsarlarning mayda mustaqil yoki yarim mustaqil yerlari mavjud edi.Germaniyaning birligi nomigagina edi, xolos. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» deb ataluvchi bu davlat, Volьter so‘zlari bilan aytganda muqaddas ham emas, imperiya ham emasdi va german millatini birlashtirmadi ham. Bu fuqarolarsiz imperiya edi. Saksoniya, Bavariya va Frankfurtning fuqarolari bo‘lgan bir paytda german imperiyasining fuqarolari yo‘q edi. Bu hokimiyatsiz imperiya edi, Gabsburglar xonadonidan bo‘lgan imperator o‘zining Avstriyadagi yerlaridan tashqarida hech qanday real hokimiyatga ega emasdi. Bu imperiyaning davlat tashkilotlari ham yo‘q edi. Imperiya seymi yoki reyxstag hech qanday yakuniy qarorlar qabul qilmas,
qabul qilganda ham uning qarorlari majburiy emasdi. Imperator Venada, reyxstag – Regensburgda, imperiya sudi esa Veslarda joylashgan edi. Bunday sharoitda mayda knyazliklar nafaqat ichki, balki tashqi siyosatda ham mustaqillikka intilishardi. Ular o‘z iqtisodiy mustaqilliklarini mustahkamlash uchun har qanday usulni loyiq hisoblashardi. Masalan, XVII asr oxirgi ellik yilida nemis knyazliklari Angliyaga 46,5 mln funt sterlingga, Fransiyaga 137 mln livrga askarlar sotishgan. Nemis tarixchisi Frans Meringning yozishicha, o‘sha paytdagi nemis knyazlarining ma’naviy qashshoqligi va mislsiz pastkashligiga jahon tarixidan boshqa misol topish qiyin. Germaniyaning xalqaro ahvoli. Ichki boshboshdoqlik XVII asr ikkinchi yarmida Germaniyani Yevropaning yirik davlatlari qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘ydi. Germaniyaga dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan eng xavfli davlatlar – shimolda Shvesiya, g‘arbda – Fransiya va janubiy-sharqda –Turkiya edi. O‘ttiz yillik urushdan so‘ng ham Germaniyada tinchlik o‘rnatilmadi. Uning hududi ko‘plab qirg‘inbarot to‘qnashuvlar maydoniga aylandi. 1648 yildan keyingi o‘tgan yetmish yildan ziyod vaqt davomida Germaniya o‘nta urushda qatnashib, bu urushlar 65 yil davom etdi. Bundan tashqari, German davlatlari qatnashmagan boshqa bir qator urushlarda ham nemis yerlari urushayotgan tomonlarning jang maydoniga aylantirildi. Kuchli davlatlar, eng avvalo Fransiya imperiyaga qarashli yerlarni turli yo‘llar bilan bosib ola boshladi. 1667 –1668 yillari Fransiya bilan Gollandiya, Angliya va Shvesiya o‘rtasidagi urush Aaxen sulhi bilan yakunlandi. Bu sulhga ko‘ra imperiya tarkibiga kiruvchi Flandriyadagi qator shaharlar Fransiya tarkibiga qo‘shib olindi. 1672 yili Fransiya va Gollandiya o‘rtasida boshlangan urush ham 1679 yili Nimvegen sulhi bilan yakunlandi. Bu sulhga binoan ham Fransiya Reyndagi o‘z pozitsiyasini mustahkamladi. Uning tazyiqi ostida Brandenburg knyazligi Pomeraniyaning bir qismini va Oder daryosining yuqori oqimidagi yerlarni Shvesiyaga berdi. 1681 yilgi Regensburg kelishuviga binoan bu anneksiya tan olindi. Yevropada Fransiya gegemonligiga barham berish maqsadida unga qarshi Gollandiya, Ispaniya, Shvesiya, qator nemis davlatlari (Bavariya, Pfalьs, Saksoniya) va Angliyadan iborat koalitsiya tuzildi. Ular o‘rtasidagi 1687 yili boshlangan urush o‘n yil davom etdi. Urushning asosiy og‘irligi yana Germaniya xalqlari gardaniga tushdi, chunki urush harakatlari Germaniya hududida olib borildi. 1697 yilgi Risvik sulhiga binoan Strasburg va Reyn daryosining chap qirg‘og‘i Fransiya qo‘lida qoldi. Ammo Fransiya Reynning o‘ng qirg‘og‘idagi imperiya shaharlari – Freyburg va Breyzagdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Turkiya ham shu yillari asosan Avstriya yerlariga xavf solayotgan bo‘lsa-da, Germaniya uchun ham real xavf mavjud edi. Fransiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Turkiya qo‘shinlari 1683 yili Venani qamal qildilar. German reyxstagi turklarga qarshi kurashish lozimligi to‘g‘risida o‘z tarixida yagona yakdil qaror qabul qildi va milliy-ozodlik armiyasi tuzildi. German davlatlari, Avstriya va polyak qo‘shinlari Polьsha qiroli Yan Sobeskiy (1629 –1696) qo‘mondonligida 1683 yil sentabrda Vena ostonalarida turk qo‘shinlarini tor-mor qildi. Bu g‘alaba faqat Markaziy Yevropani turklar xavfidan xalos qilib qolmasdan, boshqa bosib olingan yerlardan ham turklarni asta-sekin siqib chiqarish jarayonini boshlab berdi. 1699 yilgi Karlovitsa tinchlik sulhiga ko‘ra Turkiya deyarli butun Vengriyani, Transilьvaniyani, Xorvatiyaning katta qismini va boshqa bir qator hududlarni tark etdi. Turkiya ustidan qozonilgan bu g‘alaba Germaniyani xavfli dushmandan xalos qilib qolmasdan, venger va slavyan xalqlarini ham turklar zulmidan ozod qildi. Biroq ular shu davrdan boshlab qariyb ikki yuz yil Gabsburglar monarxiyasi zulmi ostida qoldi. Download 91.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling