Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya


German imperiyasida Avstriyaning holati. Siyosiy kurash


Download 91.78 Kb.
bet3/17
Sana17.06.2023
Hajmi91.78 Kb.
#1521404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти

German imperiyasida Avstriyaning holati. Siyosiy kurash. Imperiyaning eng yirik knyazlari avstriyalik Gabsburglar edi. Ularga XVI asrda Yuqori va Quyi Avstriya, Tirolь, Janubi-G‘arbiy Germaniyaning qator hududlari, Shtiriya, Karindiya va Krayna kabi
slavyan yerlari qarashli edi. Shu davrdayoq Chexiya va Vengriyaning bir qismi qo‘shib olinib, ko‘pmillatli Avstriya monarxiyasiga asos solindi. Ammo 1564 yili monarxiya yerlari taxtga da’vogarlar, Ferdinand I ning vorislari o‘rtasida bo‘linganligi sababli
Avstriya ancha kuchsizlanib qoldi. Imperiya taxti rasman Maksimilian II (Ferdinandning katta o‘g‘li) da saqlanib qolgan bo‘lsada, endi ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa XVII asr boshlarida kuchaygan Bavariya Gabsburglar bilan raqobat qila boshladi.
O‘ttiz yillik urush. XVII asr boshlarida Germaniyada Reformatsiyaga qarshi bo‘lgan kuchlarning faolligi kuchaydi. Ular ayniqsa mamlakatning shimoli-g‘arbiy va janubiy qismlarida muvaffaqiyat qozondilar. Bir qator gersoglik, graflik va shaharlarda qaytadan katolik cherkovining hukmronligi o‘rnatildi. Protestantlarning
o‘z mavqelarini yo‘qotishi faqat Germaniyada emas, butun Yevropada norozilikka sabab bo‘ldi. Ayniqsa 1607 yili imperiyaning Donauvyorte shahrida protestantlar bilan katoliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv va uning oqibatida Maksimilian Bavarskiy
qo‘shinlari tomonidan shaharning zabt etilishi hamda Bavariyaga qo‘shib olinishi protestantlarning g‘azabini keltirdi.
Reyxstagdagi protestantlar 1608 yili Augsburg diniy sulhiga – Germaniyadagi katoliklar bilan protestantlar o‘rtasida 1555 yili imzolangan kelishuvga to‘liq hajmda rioya qilinishini talab qildilar. Katoliklar o‘z navbatida 1555 yili olib qo‘yilgan (sekulyarizatsiya qilingan) cherkov yerlarining qaytarilishini talab qildilar. Kelishuvning iloji bo‘lmadi, bir qism protestantlar reyxstagni tashlab chiqib ketdilar. 1608 –1609 yillari ikkala tomon ham o‘zlarining harbiylashgan tashkilotlarini – Yevangelie uniyasi va Katolik ligasini tuzdilar. Har ikkala tomon ham chet ellardagi maslakdoshlaridan yordam olib turdi. Natijada Germaniyadagi ikkala lagerь o‘rtasida harbiy mojaro va Germaniya ishlariga boshqa Yevropa davlatlarining faol aralashuvi xavfi tug‘ildi.
Germaniyadagi diniy-siyosiy holatning keskinlashuviga faqat ichki sabablar emas, Gabsburglar bilan Fransiya o‘rtasida Yevropada gegemonlik uchun raqobatning kuchayishi ham sabab bo‘ldi. Germaniyadagi voqealar Yevropadagi kuchlar nisbatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin edi. Shu sababli bir tomondan Fransiya, ikkinchi tomondan Gabsburglar, uchinchi tomondan Gollandiya, Daniya, Shvesiya va pozitsiyasi oxirigacha noma’lum bo‘lgan Angliyaning tashqi siyosatida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Xullas, yetilib kelayotgan mojaro diniy sababga ega bo‘lsada, undan har bir davlat o‘zining
siyosiy va iqtisodiy manfaatini ko‘zlab siyosat yurgizayotgan edi. Urushga bevosita bahona 1618 yil may oyidagi Praga voqealari bo‘ldi. Chexlarning XVI asrdayoq kafolatlangan va XVII asrda imperatorning maxsus yorlig‘i bilan tasdiqlangan diniy va siyosiy
huquqlarini poymol qilib, Gabsburglar hukumati protestantlar va milliy mustaqillik tarafdorlarini quvg‘in qila boshladilar. Bunga javoban qurollangan olomon Pragadagi eski qirol saroyiga bostirib kirib, Gabsburglar tomonidan tayinlangan ikki hukumat
a’zosini va kotibni derazadan uloqtirib tashladi. Bu akt Chexiya bilan Avstriya o‘rtasidagi siyosiy uzilish deb qabul qilindi. Ferdinand hokimiyatiga qarshi «o‘z fuqarolarining» harakati urushga turtki bo‘ldi.

Download 91.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling