Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya


Urushning uchinchi (shved) bosqichi (1630–1635)


Download 91.78 Kb.
bet5/17
Sana17.06.2023
Hajmi91.78 Kb.
#1521404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти

Urushning uchinchi (shved) bosqichi (1630–1635). 1630 yil yozida Polьshani tinchlik sulhi tuzishga majbur qilib, Fransiyaning yordamiga tayangan shved qiroli, jasur sarkarda Gustav II-Adolьf (1594 –1632) o‘z qo‘shinlari bilan Pomeraniyaga tushib, Germaniyaga qarshi urush boshladi. Uning armiyasi juda katta bo‘lmasada janglarda chiniqqan va qator yangiliklarni joriy qilgan armiya edi. Gustav II-Adolьf Germaniyaga protestantlarni zulmdan xalos qilish shiori ostida keldi. Protestantlar yashaydigan nemis yerlarining quvvatlashiga erishgan Gustav II-Adolьf 1631 yil sentabrida Leypsig yaqinidagi Breytenfelьd qishlog‘ida bo‘lgan jangda Tilli armiyasiga halokatli talafot yetkazdi. 1632 yil bahorida Augsburg yonidagi jangda esa imperator qo‘shinlarini tor-mor
qildi. Shu jangda yarodor bo‘lgan Tilli halok bo‘ldi. 1632 yil may oyida Gustav II-Adolьf qo‘shinlari Bavariyaning poytaxti Myunxenni egalladi. Urushdagi bunday burilishdan qo‘rqib ketgan Ferdinand II Vallenshteynga murojaat qilib, armiya qo‘mondonligini taklif qildi. Ma’lum shartlar asosida taklifni qabul qilgan
Vallenshteyn armiyani mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi.
Bu paytga kelib shved armiyasining ham tarkibi o‘zgarib, ilgariga jangovarligini yo‘qotgan edi. Shunga qaramasdan 1632 yil noyabrь oyida Leypsig yaqinidagi Lyusen shahri ostonasida shvedlar g‘alaba qozonishdi, Vallenshteyn Chexiyaga chekinishga majbur bo‘ldi.
Ammo jangda Gustav II-Adolьf halok bo‘ldi. Vallenshteyn imperatorni ogohlantirmasdan Shvesiya, Fransiya va Saksoniya bilan muzokaralar olib bordi. Uni sotqinlikda gumon qilgan Ferdinand II qo‘mondonlikdan chetlatdi. 1634 yili Vallenshteyn imperatorga sodiq ofitserlar tomonidan o‘ldirildi.
1634 yil kuzida jangovarligini yo‘qotgan shved armiyasi Nerdlingen yonidagi jangda qattiq mag‘lubiyatga uchradi. Ayni paytda imperator Saksoniya kurfyursti bilan ham shartnoma tuzish uchun muzokaralar olib bordi. Shartnoma 1635 yil Pragada imzolandi. Unga ko‘ra imperator Saksoniya hududida Restitutsion ediktning
joriy qilinmasligini e’lon qildi. Natijada shimoliy protestant knyazliklari ham tinchlik sulhiga qo‘shilishdi. Bu yana Gabsburglar uchun qulay siyosiy holatni vujudga keltirdi.

Download 91.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling