Germaniyaning bo’linib ketishi


GFRning ichki va tashqi siyosati


Download 6.07 Mb.
bet2/3
Sana04.09.2023
Hajmi6.07 Mb.
#1672756
1   2   3
Bog'liq
Germaniya

GFRning ichki va tashqi siyosati

  • K. Adenauer hukumati ichki siyosatining bosh vazifasi mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash edi. Bu maqsadni ro'yobga chiqarish vositasi sifatida iqtisodiyotning «Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor xo'jaligi» modeli tanlandi.
  • Bu model markazida tadbirkorning shaxsiy tashabbusi va erkin raqobat turar edi. Davlatning vazifasi asosan xususiy xo'jalik subyektlarining faoliyat yuritish shakli va qoidalarini belgilab berishdan va ularga qanchalik amal qilinayotganligi ustidan nazoratni ta'minlashdan iborat bo'lardi.
  • Ayni paytda bu model davlatning, birinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishini hamnazarda tutar edi. Hukumat tanlagan yo'l GFR iqtisodiy taraqqiyotining gurkirab rivojlanishining asosiy omili bo'ldi.
  • Ikkinchidan, AQSH hukumati va sarmoyadorlari GFRga katta iqtisodiy yordam ko'rsatdilar. Chunonchi, birgina «Marshall rejasi» doirasida 1948— 1949-yillarda 1,4 mlrd dollar miqdorida yordam ko'rsatildi. Bu mabla korxonalarni ilg'or texnika va texnologiya bilan qayta ta'minlash imkonini berdi.
  • Uchinchidan, harbiy xarajatlarning deyarli yo'qligi iqtisodiyotga zarur mablag' sarflashga imkon berdi.
  • Va nihoyat, nemis xalqi yuksak vatanparvarlik va tadbirkorlik xislatlarini namoyon etdi

BUGUNGI KUNDAGI GERMANIYA

  • www.arxiv.uz

SANOATI

  • Nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qo’ng’ir kumir (dunyoda birinchi o’rin), toshko’mir, neft,tabiiy gaz,polimetall rudalar, ko’mir va oshtuzi qazib olinadi.Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik g’oyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan o’rta korxonalardan iborat. Sanoatda band bo’lgan barcha xodimlarning 32 % dan ko’prog’i (2,2 mln. kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ ko’mir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur bo’lib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar ko’pdan-ko’p mayda va o’rta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti sohasida Germaniya sanoati dunyoda oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va o’lchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi o’rinda.

Download 6.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling