Germaniyaning bo’linib ketishi


Download 6.07 Mb.
bet1/3
Sana04.09.2023
Hajmi6.07 Mb.
#1672756
  1   2   3
Bog'liq
Germaniya

GERMANIYANING BO’LINIB KETISHI

  • GERMANIYANING BO’LINIB KETISHI
  • «Sovuq urush» ning boshlanishi Germaniya taqdi-riga ta'sir etmay qolmadi. Potsdam konferensiyasi qarorlari bajarilmadi. Germaniya muammosi AQSH va SSSR manfaatlari keskin to'qnashgan muammoga aylandi. Bu to'qnashuv Germaniyaning bo'linib ketishini muqarrar qilib qo'ydi. Yangi sharoitda AQSH Germaniyani G'arbning ishonchli tayanchiga aylantirishga intildi. Shuning uchun ham SSSRning kechagi ittifoqchilari Germaniyaning iqtisodiy qudratini susaytirish maqsadidan voz kechdilar.
  • G'arbiy Germaniyadan tovon evaziga sanoat korxonalarini olib chiqib ketish to'xtatildi. (U atigi 5 foizga bajarilgan edi, xolos.) «Marshall rejasi» ishlab chiqilayotganida AQSH unga G'arbiy okkupatsiya zonalarini qo'shishga muvaffaq bo'ldi. Chunki, endi G'arb uchun iqtisodiy jihatdan qudratli Germaniya nihoyatda zarur edi.
  • Tovon to'lashning to'xtatib qo'yilishi SSSR va uning kechagi ittifoq­chilari o'rtasidagi munosabatni yanada keskinlashtirdi. Buning ustiga, G'arb davlatlari o'zlarining okkupatsiya zonalarini birlashtirdilar va unda 1948-yilning 20-iyunida separat pul islohoti o'tkazdilar. Reyxs marka o'miga nemis markasi joriy etildi. G'arbiy okkupatsiya zonasida yashayotgan aholining har biriga eski 60 markani yangi 60 markaga aylantirishga ruxsat etildi. Qolgan har 100 eski markani 6,5 yangi markaga almashtirish mumkin edi.
  • Buning natijasida muomaladagi pul hajmi kamayishiga erishildi. Bu esa, o'z navbatida, inflatsiyani to'xtatish imkonini berdi. Shu tariqa iqtisodiy hayotni tiklash uchun zarur sharoit yaratildi. Pul islohoti o'tkazilishiga javoban SSSR G'arbiy Berlinni qamal qildi. Shu bahonada G'arb davlatlari o'z zonalarida Germaniya davlatini tezroq tuzishga harakat qildilar.

GermaniyaDemokratik Respublikasining tashkil etilishi

  • XSI partiyasi EDP bilan koalitsion hukumat tuzdi. Mashhur siyosiy arbob, XDI nomzodi 75 yoshli K. Adenauer kansler etib saylandi.
  • Uzoqni ko'ra biluvchi, voqelikni real baholay oluvchi, dono siyosatchi K. Adenauer Yevropa integratsiyasi yo'lida juda katta ish qildi. Germaniya-ning bu integratsiyada o'z o'rni bo'lishiga erishdi. Germaniya kelajagini G'arb dunyosi bilan uzviy bog'liq ekanligini ham hammadan ko'proq va yaxshiroq angladi. 21-sentabr kuni GFRning tashkil topganligi rasman e'lon qilindi.
  • SSSR okkupatsiya zonasi bo'lgan Sharqiy Ger-maniyada ham yangi davlat tuzishga zo'r berib kirishildi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada Germaniya Yagona Sotsialistik partiyasi, XDI, Li beral-demokratik partiya hamda Dehqonlar partiyasi faoliyat ko'rsatmoqda edi.
  • Bu partiyalar va jamoat tashkilotlari Nemis Milliy Kengashini sayladilar. Bu Kengash sessiyasi 1949-yilning 7-oktabrida Sharqiy Germaniya hududida Germaniya Demokratik Respublikasi tuzilganligini e'lon qildi.
  • Hukmron partiya (GYASP) syezdi 1952-yilda GDRda sotsializm asoslarini qurish haqida qaror qabul qildi. Afsuski, bu sovet namunasidagi sotsializm edi. Shu tariqa Germaniyaning hududiy bo'linishi sodir bo'ldi. Oradan ko'p o'tmay GFR AQSH ittifoqchisiga, GDR esa SSSR ittifoqchisiga aylandi.

Download 6.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling