Gerontologiya asoslari


Download 238.69 Kb.
bet1/9
Sana08.11.2023
Hajmi238.69 Kb.
#1758691
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gerontologiya asoslari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


Sharipova Kamola Usmonjonovna
5520100-Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi talabalari uchun
GERONTOLOGIYA ASOSLARI”

fanidan mustaqil ishini tashkil etish bo‘yicha




mustaqil ta’lim ishlanmasi

Farg‘ona-2023

Sharipova Kamola Usmonjonovna. Mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha - mustaqil ta’lim ishlanmasi / Farg‘ona 2023.


Mazkur mustaqil ta’lim ishlanmasida talabalar mustaqil ishlarning asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda ta’lim oluvchi bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish metodikasi, ularni nazorat qilish va tartibi “Gerontologiya asoslari” fani misolida bayon etilgan. Undan barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari, soha professor-o‘qituvchilari o‘rganilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholashda foydalanishlari mumkin.


Mas’ul muharrir:
B.X.Tolibov - ijtimoiy ish kafedrasi mudiri,
sotsiologiya fanlari doktori (PhD)
Taqrizchilar:
K.R.Xonkeldiyeva - ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti,
iqtisodiyot fanlari doktori (PhD)
G.I.Hashimova - ijtimoiy ish kafedrasi katta o‘qituvchisi,
falsafa fanlari doktori (PhD)

Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2023-yil 26-oktabrdagi №3-sonli yig‘ilish qaroriga asosan nashr etilgan.


“Gerontologiya asoslari” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha mustaqil ta’lim ishlanmasi. 2023 y.
KIRISH
Ta’lim-tarbiya jarayonini har tomonlama zamonaviy talablar asosida tashkil etish va rivojlantirishdagi omillardan biri sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishni yuqori asosda tashkil etish va boshqarishdan iboratdir. Shu boisdan ta’lim tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni boshqarishning nazariy asoslari va uning mexanizmlarini shakllantirishda “Gerontologiya asoslari” fanining mazkur qo‘llanmasi davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bakalavr darajasidagi malakali ijtimoiy ish kasbi mutaxassislari tayyorlash talablaridan kelib chiqib tuzilgan.
O‘quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri-bu talabalarda mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni puxta egallashga qaratilgan mustaqil ishini bajarish hisoblanadi. Mustaqil ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustaxkamlash bilan bir qatorda ijtimoiy ish kasbining asoslari, mijoz bilan ishlash ko‘nikmlari va munosabatlarini, ijtimoiy jarayonlarni, ta’lim-tarbiya masalalarni, jamiyatdagi ijtimoiy sohalardagi isloxotlarni, Ijtimoiy ishing huquqiy asoslari hamda kasbiy mahoratning nazariy asoslari, kasbiy mahoratni shakllantirishning joriy muammolarini mo‘ljalga olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot (axborot)lar to‘plash va ulardan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, rivojlantirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish, umumpedagogik ixtisoslik yo‘nalishidagi fanlar bo‘yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo‘yicha adabiyotlarni chuqur o‘rganadilar va o‘zlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Ushbu mustaqil ta’lim ishlanmasi “Gerontologiya asoslari” fani bo‘yicha yangi namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv rejasi asosida tuzilgan bo‘lib, unda kasb ta’limi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning mustaqil ishini bajarishi davomida amal qilishi lozim bo‘lgan umumiy tartib-qoidalar, meyorlar, tegishli ko‘rsatma va maslaxatlar berilgan. Uslubiy ko‘rsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
“Gerontologiya asoslari” fanidan mustaqil ishlarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmada berilgan talablar mustaqil ishini xajmi, bo‘limlari, mavzuning nazariy axamiyatini yoritishdagi asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, kasbiy pedagogikani oshirish va nazariy asoslarini yoritishdagi pedagogik talablarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu “Gerontologiya asoslari” fanining mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmasini talabalarni ilmiy-tadqiqotchilik ishlarini tashkil etishning omillaridan biri sifatida keltirish mumkin

Gerontologiya asoslari” mustaqil ishlarni tashkil etishning



Download 238.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling