Gers vibratori


Download 491.29 Kb.
bet14/14
Sana27.10.2023
Hajmi491.29 Kb.
#1725840
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
47962 (5)

(22)


Amper va Lorens kuchi texnikada keng qo‘llaniladilar. Masalan, elektr dvigatellarining ishlash prinsipi Amper kuchiga asoslangan. Massa-spektrograf va siklotronning ishlash prinsipi Lorens kuchiga asoslangan.Yer atrofida fazoviy jism sifatida mavjud bo‘lgan maydon Yerning magnit maydoni deyiladi.
Yer magnetizmi (geomagnetizm) – Yerning xususiyatlaridan biri bo‘lib, Yer sharining atrofida magnit maydon borligi bilan bog‘liq. Yer magnetizm elementlari kompas, magnit teodolit, turli mangitometrlar, magnit tarozi, magnit variometr va boshqalar yordamida o‘lchanadi.Yerdan topilgan ba’zi temir rudalari, masalan, magnit temirtosh ba’zan magnitlangan bo‘ladi. Ularning magnitlanishiga Yerning magnit maydoni sabab bo‘ladi. Magnitlangan rudalar tabiiy mangitlar deb atalgan. Tabiiy doimiy magnitlarning xossalari elektr tokini ixtiro qilishdan ancha ilgari o‘rganilgan edi. Anchagina keyin esa moddada magnit xossalarining namoyon bo‘lishi modda va molekulalarida elektr zaryad-larning harakati bilan bog‘liq ekanligi isbot qilingan.
Yerning magnit maydoni har doim birday turmas ekan. Unga Quyoshda ro‘y beradigan ba’zi hodisalar kuchli ta’sir qiladi. Quyoshdagi dog‘lar maksimal bo‘lgan davrlarda Yerning magnit maydoni keskin o‘zgaradi, bunday hodisalarni magnit bo‘ronlari deyiladi. Magnit bo‘roni kompas strelkasining to‘lqinlanishiga sabab bo‘ladi.
Yerning magnit maydoni kuchlanishining normal holatidan farq qilishi magnit anomaliyasi deyiladi. Osmon jismlarining hammasida ham magnit maydoni bo‘lavermaydi. Masalan, koinotni raketalar va yo‘ldoshlar yordamida tekshirish Oyning xususiy magnit maydoni yo‘q ekanligini ko‘rsatadi.
Download 491.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling