Ko’p geteroatomli besh a’zoli geterotsiklik birikmalar
Bu sinf birikmalarinig tuzilishida ikki va undan ko’p geteroatom bo’ladi. Ularni umumiy nomda azollar deyiladi. Halqadagi bir geteroatom azot, ikkinchi geteroatom kislorod bo’lsa – oksazol; azot bo’lsa imidazol, oltingugurt bo’lsa tiazol deyiladi.
P
irazol. Pirazol hosilalarini nomlashda raqamlash iminoguruhdan boshlanib, ikkinchi azot tomon yo’naltiriladi.
O
linish usullari. Pirazollar asosan ikki usulda: atsetilen birikmalariga diazometan biriktirib va diketonlarga gidrazin ta’sir ettirib olinadi.
Bu usul bilan prof. A.G. Maxsumov va uning maktabining olimlari pirazolning 100 dan ortiq yangi hosilalarini sintez qilib oldilar va ularning fiziologik faolligini o’rgandilar.
A
tsetilatsetonga gidrazin bilan ta’sir ettirilganda 3,5-dimetilpirazol hosil bo’ladi:
Pirazol 1700Cda suyuqlanadigan kristall modda. Uning hosilalari dori-darmonlar va bo’yagichlar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Kimyoviy xususiyatlari. 1. Pirazol asos xususiyatiga ega. U oksidlovchilar, kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli.
2
. Pirazol pirroldan farq qilib, oson nitrolanadi va sulfolanadi. Bunda o’rinbosarlar 4-holatdagi vodorod bilan almashinadilar:
4-aminopirazol anilin kabi diazotirlash, diazoqo’shish kabi reaksiyalarga kirisha oladi.
3. Pirazol natriyning spirt bilan aralashmasi yordamida qaytarilganda pirozolni hosil qiladi. Pirazol kattalitik qaytarilganda pira’zolidin hosil bo’ladi:
Pira’zolinning asosli xossasi pirazolga qaraganda kuchli bo’lib, oson oksidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |