Gi qonun va
Download 26.5 Kb.
|
5-sho‘ba Hamrayev, Omonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
BARKAMOL AVLOD TA’LIM-TARBIYASIDA “TA’LIM TO’G’RISIDA”GI QONUN VA “KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI” NING TUTGAN O’RNI Hamrayev Eldor Axrorovich, Samarqand viloyat Jomboy tuman 6-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi matematika fani o`qituvchisi Omonov Shaxriyor Alijon o’g’li, Samarqand davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich talabasi
Mustaqillik-milat orzusi, o’z rivojlanish yo’lini o’zi tanlash huquqi. Mustaqillik-bu orzular ro’yobi. Haqiqatan ham istiqlolga erishgandan so’ng O’zbekiston o’z orzularini ro’yobga chiqarish uchun juda kata imkoniyatga ega bo’ldi, harakat boshlandi. Biroq bunday ulug’ maqsadni amalga oshirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun davlatning qonun darajasidagi mahsus dastur hali ishlanmagan edi. Bu “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dir. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, yangi sharitlarda, yangi texnika-texnologiyalar bilan ishlay oladigan malakali kadrlarni tayyorlash masalasi dolzarb vazifa sifatida ilgari surildi. 1992-yilda O’zbekistonning “Ta’lim to’g’risida” gi birinchi qonuni qabul qilindi. Bu qonun sabab ta’lim tizimida qator yangiliklar kirib keldi. Bulardan eng asosiysi oliy va o’rta mahsus o’quv yurtlariga adolat mezoni hisoblangan test tizimi kirib keldi. Buning oqibatida eski tuzumdan me’ros bo’lib kelayotgan qarindosh-urug’chilik,poraxo’rlikka, qisqasi, adolatsizlikka barham berildi.Davlat olib borayotgan siyosatga nisbatan xalaning ishonchi ortdi. Shu o’rinda birnchi prezidentimizning quyidagi so’zlari o’rinlidir:”Biz o’z iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho’qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak”. Ta’lim tizimini yanada takomillashtirishda shubxasiz “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” poydevor vazifasini bajardi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”-orzuimizga erishishning qonun bilan himoyalangan hujjatidir. Bu dasturni amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniqsa, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlashga e’tiborini kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Ta’lim tizimimizdagi yangi model jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keldi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’ldik. Yangi tizimning huquqiy asosari yaratildi. Umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus kasb hunar ta’limi to’g’risidagi nizom, umumiy o’rta ta’limning davlat standartlari, o’quv predmetlari bo’yicha zamonaviy talablarga javib beruvchi dasturlar va boshqa qator me’ypriy hujatlar amalga joriy etiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi birinchi prezidentimiz tomonidan itimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir. “Ta’lim tarbiya esa shu keng qamrovli vazifaning tarkibiy qismidir. Ta’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga xizmat qiladigan zarur bir sohadir”. Haqiqatan ham bugungi kunda yurtimizda yoshlarni ilm-hunar egallashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Buning yorqin bir isboti sifatida muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasinining Ijtimoiy sohaning rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari deb nomlangan to’rtinchi yo’nalishining illita bandi aynan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish va yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, chet tillarini o’qitishni takomillashtirish, o’quv yurtlar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarni sport bilan ommaviy tarxda shug’ullantirish kabi ustuvor vazifalar oz’ aksini topgan. Amalga oshirilayotgan islohtlarning barchasi ta’lim tizimini samaradorligini oshirish, xalqaro standartlarga javob bera oladigan yetuk kadrlarni yetkazib berish uchun imkoniyat eshiklarini ochib beradi. Xulosa qilib aytganda, so’nggi yillarda ta’lim-tarbiya jarayoni va bu sohada amalga oshirilgan barcha islohtlarimizdan ko’zlangan maqsad yosh avlodni har tomonlama, ham jismonan, ham ma’nan, ham ruhan barkamol etib tarbiyalash, jamiyat rivojiga munosib hissa qo’shishlari uchun yetarli imkoniyatlarni yaratib berish, hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etishdan iboratdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1.Shavkat Mirziyoyev. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. T:O’zbekiston. 2018. B:491. 2.Islom Karimov. Barkamol avlod orzusi. T.Sharq.1999.B:45. 3. Lex.uz sayti. 4.Ommaviy axborot vositalari nashrlari Download 26.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling