Gibridlanish. Kristall panjara Tuzuvchi: Dilsod Tojiyev
Qutbli va qutbsiz molekulalar−
Download 75.77 Kb.
|
Gibridlanish
Qutbli va qutbsiz molekulalar− Ayrim birikmalar tarkibida qutbli kovalent bog’lanish mavjud bo’lgan taqdirda ham molekulaning o’zi qutbsiz hisoblanadi. Molekulaning qutbli yoki qutbsiz bo’lishi uchun fazoviy tuzilishi bilan uzviy bog’liq xususiyat hisoblanadi.
Qutbli kovalent bog’ hosil bo’lganda elektron bulutining siljishi natijasida elektrmanfiyligi yuqori atom tomonda manfiy elektron zaryad zichligi ko’proq bo’ladi. Natijada birinchi atom manfiy zaryadga, ikkinchisi esa xuddi shuncha miqdorda musbat zaryadga ega bo’ladi. Bir-biridan ma’lum masofada joylashgan, miqdor jihatdan absolut teng va zaryadlari ishorasi bo’yicha qarama-qarshi bo’lgan sistemani elektrik dipol deb ataladi. Dipol hosil qiladigan maydon kuchlanishi molekulaning dipol momentiga proporsionaldir. Dipol moment elektron zaryadi q (1,60∙10-19 Kl) ning absolut qiymati bilan dipoldagi musbat va manfiy zaryadlar markazlari orasidagi masofa l ning ko’paytmasiga teng: μ=q∙l. Molekulaning dipol momenti uning qutbliligini miqdoriy o’lchamidir. Molekulaning dipol momenti debal (D) da o’lchanadi. 1D=3,33∙10ˉ³º Kl∙m. Dipol moment vektor kattalik bo’lib, dipolning musbat tomonidan manfiyga yo’nalgan bo’ladi. Shuning uchun ko’p atomli molekulaning dipol momentini bog’larning dipol momentini vektor yig’indisi sifatida qarash lozim: u faqatgina har bir bog’ning qutbliligiga emas, balki bu bog’larning o’zaro jpylashishiga ham bog’liq. AB2 molekula chiziqli va burchakli strukturaga ega bo’lishi mumkin. AB3 esa to’g’ri burchakli uchburchak, trigonal piramida yoki T-shaklida bo’lishi mumkin. AB2 molekulaning chiziqli, AB3 ning uchburchak, tetraedrik va AB4 ning kvadrat shaklidagi molekulalarda A−B bog’ning dipol momentlari bir-birini kompensatsiya qiladi va dipol momentlarining yig’indisi 0 ga teng. Bunday molekulalarning bog’lari qutbli bo’lsa ham umumiy olganda qutbsizdir. AB2 molekulaning burchakli, AB3 ning piramidal va T-shaklidagi molekulalarda alohida bog’lar bir-birini kompensatsiyalamaydi. Bunday molekulalarning dipol momentlari 0 dan farqli bo’ladi. Molekulaning qutbli yoki qutbsiz bo’lishi 2 ta qonuniyatga bo’ysunadi: Dipol moment qiymati. CO2 O=C=O μ=0 (qutbsiz), CCl4, C2H6, CS2, C6H6, C2Cl6, C6H6Cl6 (qutbsiz). CHCl3, C6H5OH μ≠0 (qutbli) Agar modda molekulasining struktura formulasini bog’ hosil qiladigan tekislik bo’yicha 2 ga bo’lganda 2 la qoldiq bir-birining ustiga tushsa bunday molekula qutbsiz deyiladi: CO2, SO3 (qutbsiz); H2O, SO2, H2SO4 (qutbli).
Download 75.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling