Gibridlanish. Kristall panjara Tuzuvchi: Dilsod Tojiyev


Download 75.77 Kb.
bet8/9
Sana05.01.2022
Hajmi75.77 Kb.
#224048
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gibridlanish

3) Ion kristall panjara− Bunday tuzilish qarama-qarshi zaryadlangan ionlardan hosil bo’lgan juda ko’p murakkab moddalar uchun xosdir. Bunday kristall panjara tugunlarida kation va anionlar alohida-alohida navbatlasib joylashadi. Bir ion  6 ta qarama-qarshi zaryadlangan ion bilan o’ralgan holatda bo’ladi. Barcha ionlar bir-biri bilan kuchli elektrostatik tortishish kuchi bilan bog’langan. Shu sababli ion panjarali moddalar nisbatan juda qattiq bo’ladi va qiyin suyuqlanadi. Ular suyuqlanish temperaturasi bo’yicha III o’rinda turadi va kam uchuvchandir. Suyuqlangan holda ionlar orasidagi puxtalik kamayadi, shuning uchun ularning suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazadi. Ionli birikmalar, odatda qutbli molekulalardan tarkib topgan suyuqliklarda, masalan suvda oson eriydi. Bunday kristall panjarali moddalarga ion bog’lanishli barcha birikmalar misol bo’la oladi.

Bunday kristall panjarali moddalar suvda yaxshi eruvchan bo’lib, suvli eritmalari va qizdirilganda hosil bo’ladigan suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazadi.




Download 75.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling