2) Metall kristall panjara− Bunday tuzilish, asosan, metallarga xos. Bunday kristall panjaralarning tugunlarida metall yadrolari joylashgan bo’lsa, ularning orasida esa erkin elektronlar joylashgan bo’ladi. Ular odatda valent elektronlar, ya’ni manfiy zaryadlangan “elektron gaz” bilan yagona bo’lib bog’langan metall kationlarining birikmasi sifatida tasavvur qilinadi. Bunday kristall panjarali moddalar qaynash -suyuqlanish harorati bo’yicha II o’rinda turadi. Tarkibida erkin elektronlarning bo’lishi barcha metallarning issiqlik va tok o’tkazuvchanligini asoslaydi. Bunday kristall panjarali moddalar hattoki qattiq holatda ham tok o’tkazadi. Bunga hamma metallar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |