Gidravlik yo’qotish odatda ikki turga ajratiladi: Uzunlik bo’yicha
Download 419 Kb.
|
5,GIDRAVLIK YO\'QOTISH HAQIDA TUSHUNCHA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kavitasiya hodisasidan sarfni barqarorlashda foydalanish uсhun qurilma.
- Mahalliy qarshiliklarning o`zaro tasiri
Kavitasiyadan amalda foydalanish
Kavitasiya hodisasidan amalda foydalanish ham mumkin. Xususan bu hodisani sarfini stabillash maqsadida Venturi soplolaridan foydalanishda ko`rish mumkin (7.13-rasm). Kirishdagi bosim o`zgarmagan holda, chiqishdagi bosim kamayishi bilan oqimning tezligi va sarfi ortadi. Lekin tezlik ortishi bilan soploning toraygan qismida bosim kamayadi. Bu bosim kavitasiyaning boshlanishiga olib keluvсhi bosim miqdoriga tenglashsa yoki undan kamaysa, bug` va erigan gazlarning ajralib сhiqishi natijasida suyuqlik qaynaysa boshlaydi. Bosimning bundan keyingi kamayishi kavitasiya hodisasi tezkorligining ortishiga va natijada qarshilikning ortishiga, suyuqlik qaynashi boshlanishidan keyin, chiqishdagi bosimning kamayib borishiga qaramay, suyuqlik sarfining o`zgarmasdan qolishiga sabab bo`ladi. ning kamayishi faqatgina diffuzorda kavitasiya zonasining kengayib borishiga olib keladi. Kavitasiya hodisasidan sarfni barqarorlashda foydalanish uсhun qurilma. Bu voqеa gidrosistemalarning сhiqish qismida bosim miqdorining o`zgarib turishi hollarida suyuqlik sarfini stabillash uсhun kerak bo`ladi. Ko`rilayotgan qurilmada (7.13-rasm) sarfni o`lсhash bo`lib, u sarf o`zgarishining katta diapazonlarida uni boshqarishga yordam beradi. Bu holda kavitasiya natijasida gidrosistema qismlarining buzilishi holi bo`lmaydi. Mahalliy qarshiliklarning o`zaro ta'siri Gidravlik sistemalarda umumiy qarshilik uning qisimlaridagi ayrim qarshiliklarning yg`indisidan iborat. Masalan, truboprovodda bir qancha mahalliy qarshiliklar (tirsak, jo`mrak, diafragma, eshikcha va h.k.) bo`lib, ularni xarakterlovchi mahalliy qarshilik koeffisiyentlari 1, 2, 3,….n bo`lsin. Agar truboprovodning uzunligi z, diametri D va sarfi Q bo`lsa, undagi ishqalanish qarshiligi mahalliy qarshiliklar quyidagicha bo`ladi: Bularni qo`shib, umumiy qarshilikni topamiz: Oxirgi munosabatda qavs ichidagi qiymat trubadagi ishqalanish kuchi, qarshilik va mahalliy qarshilik koeffisiyentlari yeg`indisidan iborat bo`lib, sistemaning qarshilik koeffisiyenti deyiladi: Bu holda sistema uchun Qarshiliklarni bunday qo`shish uchun mahalliy qarshiliklar bir-biridan ma'lum masofada bo`lishi kerak, ya'ni har bir mahalliy qarshilik avvalgisidan shunday masofada bo`lishi keraki, unga kelayotgan oqim avvalgi mahalliy qarshilikdan o`tishdagi hosil bo`lgan turli o`zgarishlar ta'siridan holi bo`lgan (turg`unlashgan) bo`lishi kerak. Masalan, turbulent tartibda oqayotgan suyuqlik, laminar oqimli trubaga kirgandan keyin shunday masofani o`tishi kerakki, bunda tezlikning laminar oqimga tegishli taqsimlanishi vujudga kelishi kerak. Shuningdek, biror mahalliy qarshilikdan o`tayotganda buzilgan laminar oqimning yana turg`unlashuvi biror masofani o`tganidan so`ng sodir bo`ladi. Masalan, trubalarning burilishlaridagi tartibning buzilishi truba diametridan 50 marta katta masofada ham saqlanadi. Turg`unlashuv masofasi lst quyidagi formula bo`yicha hisoblanishi mumkin: bu yerda D - trubaning ichki diametri Trubaning kirish qismi juda yaxshi silliqlanganda laminar oqimning turg`unlashuv qismi 0,29 ReD gacha kamayadi. Amalda mahalliy qarshiliklarni bir-biridan to`g`ri chiziqli bo`lak bilan ajratib, ular orasidagi masofani l (10 ÷ 20)D ga tenglashtirishga harakat qilinadi. Odatda, gidrosistemalarda mahalliy qarshiliklar bizning ixtiyorimizga bog`liq bo`lmagan holda turli masofalarga o`rnatilgani uchun ularning o`zaro ta'sirini hisobga olib bo`lmaydi va mahalliy qarshiliklardagi energiya sarfi taxminiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda mahalliy qarshiliklarning o`zaro ta'siri kichik miqdor sifatida nazarga olinmaydi. Umumiy qarshilik oldida bu kuchlar juda kichik bo`lgani uchun hisoblash natijalariga sezilarli ta'sir ko`rsatmaydi. Download 419 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling