Gidrobiologiya
Ishlab chiqarish amalaiyotini tashkil etish
Download 290.5 Kb.
|
Gidrobiologiya amalyot-2 (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. 3. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartib qoidalari
2.2. Ishlab chiqarish amalaiyotini tashkil etish
Ishlab chiqarish amaliyoti Toshkent shaxri, Toshkent viloyatining Quyichirchik, YAngiyul va Bo‘stonliq tumanlarida joylashgan baliqchilik xo‘jaliklarida o‘tkaziladi. Amaliyot bo‘yicha raxbarlik baliqchilik kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi. Amaliyot boshlanishi oldidan dekanat va tegishli kafedralar tomonidan mexnatni muxofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, amaliyotni borishi, kun tartibi kundalik yuritish va xisobotlarga oid tushuntirishlar o‘tkaziladi. Amaliyot kun tartibi baliqchilik xo‘jaliklari va qayta ishlash korxonalari raxbariyatlari bilan kelishilgan holda tashkil qilinadi. Xo‘jalik va korxonalar xamda amaliyot raxbarlari talabalarni amaliyot dasturi va kundalik rejimlarda ko‘rsatilgandek ishlar bilan ta’minlashlari lozim. Amaliyot jarayonida o‘qituvchi (raxbar) talabalar faoliyatini tekshirishi bilan birga, xar bir texnologik tadbirni bajarish xajmi va sifatini aniqlab, talabalarning ko‘nikma xamda maxoratini baxolaydi. Amaliyot davomida talabalar mexnatga jiddiy va mas’uliyat bilan yondoshishlari xamda ish qurollari, texnika va boshqa vositalarga extiyotkorlik bilan qarashlari zarur. Talabalar muntazam ravishda xar bir ish kunining oxirida kundalik daftariga (ilova 1 va 2) texnologik tadbirlarning nomi, axamiyati, bajarilish tartibi, xajmi, sifati va boshqalarni yozib boradilar. Ishlab chiqarish amaliyotiga raxbarlik qiladigan o‘qituvchi talabalarning kundalik bajargan ishlari xajmi, sifati va boshqa xususiyatlarini taxlil qilgan xolda belgilab boradi. SHuningdek talabalarning xar bir texnologik jarayonda qatnashishlarini ta’minlaydi. YUzaga kelgan muammo va masalalarni tegishlicha hal qiladi, talabalarning kundalik daftariga amaliyot mobaynidagi faoliyati xaqidagi o‘z fikr muloxazalarini yozib, imzo qo‘yib boradi. 2. 3. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartib qoidalari Talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish masalasi yil boshidan| baliqchilik kafedrasi tomonidan soxadagi korxona va xo‘jaliklar raxbarlari bilan kelishib shartnoma tuziladi. SHartnomada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun muxim bo‘lgan barcha masalalar o‘zaro kelishib olinadi, jumladan: -amaliyot muddati; -amaliyot o‘taydigan talabalar soni; -talabalarni bajaradigan ishlari; -talabalarga biriktirilgan mutaxassislar; -kafedradan talabalarga amaliyot davrida raxbarlik qiladigan o‘qituvchilarning familiya, ismi, sharifi; -talabalarni tartib-intizom bilan amaliyotni o‘tashga kafedraning javobgarligi; -amaliyot nixoyasida xar bir talabaga tavsifnoma beriliish va hokazolar. Kafedra mudiri o‘quv rejasiga asosan ko‘rsatilgan muddatda talabalrni ishlab chiqarish amaliyotiga jo‘natish uchun dekanat, malakaviy amaliyotlarni tashkil etish va o‘quv bo‘limlari bilan kelishilgan xolda, xamda rektor roziligi bilan amaliyotga yuborish to‘g‘risida buyruq tayyorlanadi. Buyrukda amaliyot o‘taydigan korxona nomi va shu korxona yoki tashkilotga yuboriladigan talabalar ro‘yxati va amaliyotga raxbar o‘qituvchisining ismi sharifi va boshqalar kiritiladi. Buyruq tayyor bo‘lgach, kafedra o‘qituvchisi xar bir talabani amaliyot uslubiy ko‘rsatmasi bilan ta’minlaydi. Amaliyot bo‘yicha xizmat safari buyrugi beriladi. Bular maxsus jurnalda qayd etilib, unta talabalar imzo chekadi. Barcha zarur xujjatlar tayyor bo‘lgach amaliyot raxbari boshchiligida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tay boshlaydilar. Amaliyot davrida raxbar o‘kituvi xar bir talabaning ishlashi, faoliyat ko‘rsatishi, jarayonni o‘rganishi va amalda bajarishi uning xatti-xarakati, xulki muomalasi, kundalikni to‘ldirib borishi va boshka barcha ishlarni nazorat qiladi va unga javobgar xisoblanadi. Download 290.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling