Gidrobiologiya


Amaliyot davrida talabalarga qo‘yilgan talablar


Download 290.5 Kb.
bet6/10
Sana30.04.2023
Hajmi290.5 Kb.
#1417574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gidrobiologiya amalyot-2 (2) (2)

2.4. Amaliyot davrida talabalarga qo‘yilgan talablar
Talaba amaliyotni o‘tash davrida quyidagilarga rioya qilishi shart:
-amaliyot dasturida qayd etilgan barcha vazifalarni bajarishi;
-amaliyot o‘tkazilgan korxonalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga bo‘ysunishi;
-mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalarini o‘qib unga
rioya silishi;
-amaliyot davrida kundalik daftari doim yonida bo‘lishi va bajariladigan ishlarni
yozib borishi;
-amaliyot o‘tib bo‘lingach, talabalar amaliyot davrida bajarilgan ishlar yuzasidan xisobot yozib (ilova 3), uni baliqchilik kafedrasida himoya qiladilar. Xisobotni baholashda to‘plangan malumotlar sifati, mazmuni va boshqa ko‘rsatkichlar e’tiborga olinadi.
O‘z vazifasiga sovuqqonlik munosabatida bo‘lgan yoki mexnat intizomini buzgan talabaga nisbatan korxona ma’muriyati jazo qo‘llashi yoki talabalar safidan chiqarilishiga tavsiya etishi mumkin.
Amaliyot dasturini bajarmagan, raxbarlarda salbiy taassurotlar hosil qilgan yoki xisobotni qoniqarsiz baxoga ximoya qilgan talabalar amaliyotga qaytadan yuboriladi yoki o‘qishdan chetlatiladilar.


3. AMALIYOT YUZASIDAN HISOBOT VA XUJJATLAR

Amaliyot davrida xar bir talaba kundalik daftar tutadi, unda xar kungi muxim ishlar va ularda o‘zlarining ishtirok etishlarini (ish me’yori, baliqlantirish me’yori va shu kabilarni ko‘rsatgan xolda) yozib boradi, bajarilgan ish sifatiga baxo beradi. Kundalikda amaliyotni tekshiruvchi o‘kituvchi amaliyotning borishi xaqida o‘z taqrizi va taklifini yozadi. Amaliyot rahbari kundalikni muntazam ravishda tekshiradi va imzo qo‘yadi.


Amaliyot oxirida talabalar amaliyot raxbari yoki xo‘jalik tomonidan berilgan va muxrlangan tavsifnomani dekanatga toshiiradi. Amaliyotni baxolash uchun xizmat qiluvchi asosiy xujjat xisobotdir. Xisobotda talaba xo‘jalik ishlarining eng muxim ko‘rsatkichlarini taxlil etish va baxolash bo‘yicha bilimlarini ko‘rsatadi, bu ishda ixtiologik va iqtisodiy masalalarga aloxida axamiyat berish kerak. Amaliyot o‘tgan talaba o‘z xujaligining faoliyati natijalari va ixtiologik ko‘rsatkichlarini tuman, viloyat va Respublikadagi eng yaxshi xo‘jaliklarning yutuqlari bilan solipggiradi. Mexnatning progressiv usullariga aloxida axamiyat beriladi, shuningdek, kamchiliklar va ularning kelib chiqish sabablariga xam talaba xo‘jalik ishini kelgusida yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar berishi kerak, shuningdek kelgusida amaliyotni o‘tkazish haqida o‘z fikrlarini bildirishi kerak. Xisobot rasmlar va sxemalar bilan to‘ldiriladi.
4.AMALIYОT DAVRIDA BAJARILADIGAN MAЪNAVIY
VA MAЪRIFIY ISНLAR.
Talabalar o‘quv amaliyotini o‘tkazish mobaynida jamoa o‘rtasida davlat miqiyosida bo‘lib o‘tayotgan yangiliklarni puxta egallaydilar. Buning uchun quyidagilarni bilishi kerak.
-qo'yichilik xo‘jaligi bilan tanishib, ilg‘orlar tajribasini o‘rganishi;
-qo'yichilik xo‘jaligi xodimlari orasidagi ma'naviy-ma'rifiy ishlarni holati o‘rganilib xulosa qilishi va fermer xo‘jaligidagi ko‘rgazmali qurollarni rasmiylashtirishda shaxsan ishtirok etishi;
-qo'yichilik xo‘jaligi xodimlariga har-xil diniy oqimlarga, terroristik harakatlarga qarshi kurash bo‘yicha suhbatlar olib borishi, uning salbiy tomonlarini tushuntira bilishi lozim;
Hukumatimiz va yuqori tashkilotlar tomonidan qorako‘lchilikni rivojlantirishga oid chiqarilgan qarorlar, qonunlar va ko‘rsatmalarni tushuntira bilishi lozim;

Gidrobiologiya” bo‘yicha o‘quv amaliyoti (60)Soat





Amalyot muddati

Bajariladigan ishlar turlari




Birinchi hafta


Mavzu nomi


Download 290.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling