Gidrodinamika, suyuqliklarning harakat tartibi, bernulli tenglamasi, energiyaning bir turdan boshqa turga aylanishi va yuqotilishi, TÒliq energiyani hisoblash


Download 21.86 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi21.86 Kb.
#1091275
Bog'liq
GIDRODINAMIKA, SUYUQLIKLARNING HARAKAT TARTIBI, BERNULLI TENGLAMASI, ENERGIYANING BIR TURDAN BOSHQA TURGA AYLANISHI VA YUQOTILISHI, TÒLIQ ENERGIYANI HISOBLASH

GIDRODINAMIKA, SUYUQLIKLARNING HARAKAT TARTIBI, BERNULLI TENGLAMASI, ENERGIYANING BIR TURDAN BOSHQA TURGA AYLANISHI VA YUQOTILISHI, TÒLIQ ENERGIYANI HISOBLASH




Bernulli tenglamasi — gidrodinamikaning asosiy tenglamasi. Suyuqlik oqimi barqaror (statsionar) boʻlganda suyuqlikning oqish tezligi v bilan bosimi r orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bernulli tenglamasi ga koʻra suyuqlik koʻndalang kesimi oʻzgaruvchan gorizontal quvurdan oqayotgan boʻlsa, quvurning tor joylarida suyuqlikning tezlign kattaroq, bosimi kichikroq va, aksincha, quvurning keng joylarida bosimi kattaroq, tezligi kichikroqboʻladi. Bernulli tenglamasi gidravlika masalalarini yechishda, mas, quvurning biror koʻndalang kesimidan vaqt birligida oqib oʻtayotgan suyuqlik (yoki siqilgan gaz) miqdorini hisoblashda ishlatiladi. Buning uchun Pito naychasi yordamida suyuqlikning bosimi aniqlanadi. Bernulli tenglamasi ning gidravlika va texnika, gidrodinamikada muhim ahamiyati bor. Hajm birligidagi suyuqlik energiyasining saqlanish qonunidan foydalanib D. Berpulli chiqargan
Gidrodinamika (gidro... va dinamika) — mexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar harakati va ularning qattiq jismlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. G. suyuqliklar va gazlar mexanikasining eng rivojlangan qismi boʻlib, gaz dinamikasita oid masalalar ham shu boʻlimda oʻrganiladi. Suyuqliklarning nazariy modelini tuzish asosida yotuvchi fizik xossalari katoriga ularning uzluksizligi yoki tutashligi, yaʼni suyuqlikni tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi, yengil harakatlanishi yoki oquvchanligi kiradi. G. nazariyasida tutashlik va oquvchanlikka, shuningdek suyuklik ichidagi ishqalanishni tavsiflovchi qovushoqlikka ega boʻlgan suyuqlik harakatini tavsiflash uchun uzluksizlik tenglamasi va Navye-Stoks tenglamasidan foydalaniladi. Ushbu tenglamalar suyuqlikning elementar hajmiga massa va harakat miqdorining saqlanish qonunlarini tatbiq qilish natijasidir. Ularni umumiy holda yechish ancha murakkab boʻlib, ayrim xususiy hollarda va ushbu soddalashtiruvchi taxminlardagina yechim oxi riga yetkazilishi mumkin: qovushoqlik mavjud emas (ideal suyuqlik) — bu hol gidrodinamikaning Eyler tenglamalariga olib keladi; kichik qovushoqlik holi (havo, suv), uyurmasiz yoki potensial oqim; turgʻunlashgan, yassi oʻqaviy simmetrik bir oʻlchamli harakat. Suyuqlik ayrim elementar hajmlarining jadal aralashuvi bilan ifodalanuvchi turbulent harakat holida vaqt boʻyicha "oʻrtachalashgan" suyuqlik modeli ishlatiladi. G. tenglamalarining ushbu hollar va b. hollarda yechishda oʻxshashlik mezonlaridan foydalanuvchi oʻxshashlik nazariyasiga asoslangan gidrodinamik tajribalardan foydalaniladi.
G. tarkibiga filtrlanish nazariyasi, suyuqlikning toʻlqin harakatlari nazariyasi, uyurmalar nazariyasi, kavitatsiya nazariyasi, glissirlash nazariyasi kiradi. G. usullari vositasida gidravlika, gidrologiya va gidrotexnika masalalarini hal qilish hamda gidroturbinalar, nasoslar, quvuroʻtkazgichlar (truboprovodlar) va b.ni muvaffaqiyatli hisoblash mumkin, ulardan samolyotlar va kemalarni loyihalashda foydalaniladi.
Amalda ko‘p hollarda turli quvurlar sistemasini hisoblashga to‘g‘ri keladi. Bunday hisoblashlar kimyo, to‘qimachilik, neft sanoatida, gidrotexnika inshootlarida va boshqa ko‘pgina joylarda uchraydigan turli gidromashinalaming qismlari, vodoprovodlar, issiqlik almashtirgichlar kabi sistemalar uchun qo‘llaniladi. Bu sistemalami hisoblash ularda suyuqlikning qanday tezlikda va qanday sharoitda oqishiga bog‘liq. Shunga asosan suyuqliklar harakatining turli tartiblari tekshiriladi va harakat tartibiga qarab turlicha hisoblash ishlari olib boriladi.
K o‘p hollarda quvurlardagi suyuqlik tekis harakatda bo‘ladi, ya’ni tezlik oqim yo‘nalishi bo‘yicha o ‘zgarmaydi. Bu holda harakatning qanday bo‘lishiga, asosan, ichki ishqalanish kuchi ta’sir qiladi. Bu holda uning ikki kesimidagi bosimlar farqi ishqalanish kuchining va geometrik balandliklar farqining katta yoki kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu kuchlaming ta’sirida quvurlardagi harakat tezligi har xil bo‘lishi mumkin. Tezlikning katta-kichikligiga qarab suyuqlik zarrachalari batartib yoki betartib harakat qiladi. Bu harakatlar, odatda, asosan ikki tartibli harakatga ajratiladi: laminar harakat va turbulent harakat. Laminar harakat vaqtida suyuqlik zarrachalari qavat-qavat bo‘lib joylashadi va ular bir qavatdan ikkinchi qavatga o ‘tmaydi. Boshqacha aytganda, suyuqlik zarrachalari oqimlar harakatiga ko'ndalang yo‘nalishda harakatlanmaydi va uni quyidagicha ta’riflash mumkin. Agar harakat fazosida biror A nuqta tanlab olsak, shu nuqtada albatta suyuqlikning biror zarrachasi bo‘ladi. Harakat natijasida shu zarracha A nuqtadan siljib uning o ‘mini boshqa zarracha egallaydi. Ikkinchi zarracha ham A nuqtada to‘xtab turmaydi va uning o ‘mini uchinchi zarracha egallaydi va hokazo. Endi A nuqtaga birinchi kelgan zarracha harakatlanib, biror В nuqtaga AB chizigi (4.1-rasm, a) bo‘yicha kelsa, uning ketidan kelgan ikkinchi zarracha ham A nuqtadan В nuqtaga AB chizig‘i bo‘yicha kelsa, uchinchi zarracha ham aniq AB chizig'i bo‘yicha yursa va A nuqtaga kelgan boshqa zarrachalar ham AB chizig‘i orqali В nuqtaga kelsa, bunday harakat laminar
Laminar harakatni tajribada kuzatish uchun suyuqlik oqayotgan shisha quvuming boshlang‘ich kesimiga shisha naycha orqali rangli suyuqlik keltirib qo‘shib yuborsak, rang suyuqlikda aralashmasdan to‘g‘ri chiziq bo‘yicha oqim ko‘rinishida ketadi (4.1- rasm, v). Agar suyuqlikning tezligini oshirib borsak, harakat tartibi o‘zgarib boradi. Tezlik ma’lum bir chegaradan o ‘tganidan keyin, zarrachalar kinetik energiyasi ko‘payib ketishi natijasida, ular ko‘ndalang yo‘nalishda ham harakat qila boshlaydi. Natijada zarrachalar o ‘zi harakat qilayotgan qavatdan qo‘shni qavatga o ‘tib, energiyasining bir qismini yo‘qotib, o ‘z qavatiga qaytib keladi. Oqim tezligi juda oshib ketsa, zarrachalar bir qavatdan ikkinchi qavatga tez o ‘ta boshlaydi. Natijada suyuqlik harakatining tartibi buziladi. Bunday harakat turbulent harakat deyiladi.
Download 21.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling