Gidrodinamika


Download 49.5 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi49.5 Kb.
#1060370
  1   2
Bog'liq
GIDRODINAMIKA


GIDRODINAMIKA


Reja:


1.Gidrodinamika nima?


2.Gidrodinamika qonunlari.
3. Foydalanilgan adabiyotlar.

Gidrodinamika  ( gidro... va dinamika ) — mexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar harakati va ularning qattiq jismlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. G. suyuqliklar va gazlar mexanikasining eng rivojlangan qismi boʻlib, gaz dinamikasita oid masalalar ham shu boʻlimda oʻrganiladi. Suyuqliklarning nazariy modelini tuzish asosida yotuvchi fizik xossalari katoriga ularning uzluksizligi yoki tutashligi, yaʼni suyuqlikni tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi, yengil harakatlanishi yoki oquvchanligi kiradi . G. nazariyasida tutashlik va oquvchanlikka, shuningdek suyuklik ichidagi ishqalanishni tavsiflovchi qovushoqlikka ega boʻlgan suyuqlik harakatini tavsiflash uchun uzluksizlik tenglamasi va Navye-Stoks tenglamasidan foydalaniladi. Ushbu tenglamalar suyuqlikning elementar hajmiga massa va harakat miqdorining saqlanish qonunlarini tatbiq qilish natijasidir. Ularni umumiy holda yechish ancha murakkab boʻlib, ayrim xususiy hollarda va ushbu soddalashtiruvchi taxminlardagina yechim oxi riga yetkazilishi mumkin: qovushoqlik mavjud emas (ideal suyuqlik) — bu hol gidrodinamikaning Eyler tenglamalariga olib keladi; kichik qovushoqlik holi ( havo, suv ), uyurmasiz yoki potensial oqim; turgʻunlashgan, yassi oʻqaviy simmetrik bir oʻlchamli harakat. Suyuqlik ayrim elementar hajmlarining jadal aralashuvi bilan ifodalanuvchi turbulent harakat holiday vaqt boʻyicha "oʻrtachalashgan" suyuqlik modeli ishlatiladi. G. tenglamalarining ushbu hollar va b. hollarda yechishda oʻxshashlik mezonlaridan foydalanuvchi oʻxshashlik nazariyasiga asoslangan gidrodinamik tajribalardan foydalaniladi.
G. tarkibiga filtrlanish nazariyasi, suyuqlikning toʻlqin harakatlari nazariyasi, uyurmalar nazariyasi, kavitatsiya nazariyasi, glissirlash nazariyasi kiradi. G. usullari vositasida gidravlika, gidrologiya va gidrotexnika masalalarini hal qilish hamda gidroturbinalar, nasoslar, quvuroʻtkazgichlar (truboprovodlar) va b.ni muvaffaqiyatli hisoblash mumkin, ulardan samolyotlar va kemalarni loyihalashda foydalaniladi.


. gidrodinamika Bu gidravlikaning suyuqliklarning harakatini, shuningdek suyuqliklarning harakatdagi o'zaro ta'sirini ularning chegaralari bilan o'rganishga qaratilgan qismi. Uning etimologiyasi haqida so'zning kelib chiqishi lotincha atamada gidrodinamika.
Gidrodinamikaning nomi Daniel Bernulliga tegishli. U birinchilardan bo'lib gidrodinamikani o'rgangan matematiklardan biri bo'lib, uni 1738 yilda o'z ishida nashr etdiGidrodinamika. Harakatdagi suyuqliklar inson tanasida, masalan, tomirlar orqali aylanadigan qonda yoki o'pkadan oqib o'tadigan havoda uchraydi.
Suyuqliklar kundalik hayotda ham, muhandislikda ham ko'plab qo'llanmalarda uchraydi; masalan, suv ta'minoti quvurlarida, gaz quvurlarida va boshqalarda.
Boshqa tomondan, suyuqliklarni o'rganish bilan shug'ullanadigan gidrodinamikaning bir qator yondashuvlarning ilmiy qismi ekanligiga aniqlik kiritish muhimdir.

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling