granit —
metomorfik qatlam bo‘lib, asosan o‘rta tarkibga ega bo‘lgan magmatik
jinslardan (dala shpati — 31%, plagioklazlar — 29,3%, kvars — 12,4%,
piroksen — 12%, rudali minerallar — 4,1%, biotit — 3,8%, oliven —
2,6%, rogovoya obmanka — 1,7%, muskovit — 1,4%, apatit — 0,6%,
xlorit va serpentin — 0,6%, nefelin — 0,3%) tashkil topgan. Hozirgi
kunda ma’lum bo‘lgan minerallarning aksariyat ko‘pchiligi shu qatlamda
yuz bergan va yuz berayotgan jarayonlar bilan bog‘liq holda vujudga
kelgan. Yer qobig‘ining eng pastki qatlami —
granulit-bazit qatlami
bo‘lib, asosan o‘rta, asos va ularning metamorfiklashgan turlaridan tash-
kil topgan. Bu qatlamni rogovaya obmankalar (33%), piroksenlar
(20,5%), plagioklazlar (14%), kvars (11,9%), granat (9,5%) va boshqa
minerallar tashkil qiladi (Pavlov va b. 1991).
Yer qobig‘ining pastki chegerasidan tortib to 2900 km gacha bo‘lgan
qismi mantiya, 2900 km dan chuqur qismi Yerning yadrosi deb ataladi
(3.2-jadval). Yer yadrosining qay holatda ekanligi to‘g‘risida olimlar
hali aniq bir fikrga kelishmagan. Ba’zi olimlar mantiyani qattiq holatda,
4 9
ba’zilari esa, gaz va suyuqlik holatida — deyishadi. Yer yadrosidan
seysmik to‘lqinlarning o‘tganligi haligacha ma’lum emas, shunga
asoslanib ko‘pchilik Yer yadrosini qattiq jismdan — metalldan tashkil
topgan, — degan xulosaga kelishmoqda. Lekin bularning hammasi hali
gipotezadir.
3.2-jadval
YERNING ICHKI QISMLARI TO‘G‘RISIDA BA’ZI BIR MIQDORIY
MA’LUMOTLAR (A. Allisan, D. Palmer bo‘yicha, 1984)
Seysmik to‘lqinning tarqalish
tezligi, km/s
Qatlamlar Qalinligi
Ajralish
chuqurligi,
km
Massasi,
%
bo‘ylama to‘lqin
ko‘ndalang
to‘lqin
Hisoblangan
zichligi,
g/sm
3
Qobiq
5—40
O‘zga-
ruvchan
1,5
5,8—7,6
3,2—3,4
2,8
Mantiya
2860
2900
82,3
Moxorovich chizig‘i
7,9—8,2
13,6
4,3—4,6
7,3
3,3—3,4
5,5—5,8
Tashqi
yadro
2200
5120
15,4
Gutenberg chizig‘i
8,1—10,4
—
9,4—10
12
Ichki
yadro
1250
6317
0,8
Tashqi va ishki
yadro chegarasi
11,1
11,3
—
13—13,5
(o‘rtacha)
Yer mantiyasi bo‘ylab seysmik to‘lqinlarning tarqalish tezligini
o‘rganish natijasida bu qobiq ikki katta qismdan iborat, — degan xulosaga
kelingan. Bulardan birinchisi — yuqorigi qismi 900 km atrofida bo‘lib,
tektonik va vulqon harakatlari aynan shu qatlam jinslarining notinch-
lanishi natijasida sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |