Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


fakolit; 5 — dayka; 6 — nekk; 7 — konussimon intruziv; 8 — xonolit; 9 —


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

 fakolit; 5 — dayka; 6 — nekk;
7konussimon intruziv; 8
xonolit; 9  batolit; 10  shtok.


5 5
Lakkolitlar magmatik jinslarning qavariq qo‘ziqorin ko‘rinishdagi
qatlamlararo intruziv shakli. Uning pastki qismi ko‘pincha gorizontal
holatda bo‘ladi.
Daykalar yer qobig‘ining aksariyat cho‘kindi tog‘ jinslari qatlam-
larida mavjud bo‘lgan vertikal, ba’zan qiya, bir-birlariga parallel,
radial-shula halqasimon yoriqlar bo‘ylab magma massasining ko‘ti-
rilishi va qotishi jarayonida vujudga keladi. Ularning eni bir qancha
sm dan 1—1,5 km bo‘lib, uzunasiga bir qancha o‘n, hatto 100 km
ga cho‘zilishi ham mumkin. Daykalar yoriq atrof jinslarga nisbatan
qattiq bo‘ladi.
Sillar tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida ularni yotish holatlariga muvofiq
bo‘lgan tomirlar ko‘rinishidagi qotib qolgan intruziv shakl.
Intruziv yo‘l bilan hosil bo‘lgan tog‘ jinslariga granitlar, granodioritlar,
siyenitlar, dioritlar, gabbrolar, dunitlar va boshqalar kiradi (4.1- jadval).
Effuziv magmatik jinslar magma massasining vulqonlarning
1
otilishi
jarayonida yer sathiga mavjud kanallar orqali ko‘tarilib chiqib yoyilishi
va qotish natijasida vujudga keladi.
Magmaning yer sathiga chiqib yoyilishi jarayonida uning tarkibida-
gi ba’zi bir uchuvchi gaz holatidagi komponentlarning (Cl, H, S, CO,
CO
2
, N
2
O va b.) yo‘qolishi va sovishi tufayli suyuq lava massasi sekin-
asta oynasimon, to‘liq kristallanmagan tog‘ jinslariga aylanadi. Bularga
liporit, andezit, traxit, bazalt, diabaz va boshqa tog‘ jinslarini ko‘rsatish
mumkin (4.1- jadval).
Intruziv va effuziv magmatik tog‘ jinslari kimyoviy tarkibini asosan
SiO
2
, K
2
O, TiO
2
, Fe
2
O
3
, FeO, CaO, MgO, K
2
O va N
2
O birikmalari
tashkil etadi. Lekin tog‘ jinslarini bir-birlaridan ajratishda SiO
2
va
Na
2
O
+K
2
O komponentlarining ahamiyati katta. Shuning uchun ham
amaliyotda bu komponentlarning miqdoriga qarab hamma magmatik
tog‘ jinslari quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Nordon jinslar (tarkibida
SiO
2
miqdori 65—75% atrofida, ishqoriy metall oksidlari — Na
2
O
+K
2
O
ning miqdori esa 6—8 % atrofida o‘zgaradi); 2. O‘rta (SiO
2
52—65%,
Na
2
O
+K
2
O 4—6%); 3. Asosiy (SiO
2
45—52%, Na
2
O
+K
2
O 1—4%); 4.
Ultra asosiy (SiO
2
35—45%, Na
2
O
+K
2
O 0—1%); 5. Ishqoriy (Na
2
O
+
+K
2
O 8—20%).
Quyida eng asosiy magmatik tog‘ jinslari to‘g‘risida ma’lumot
beriladi.

Vulqon qadimgi rim afsonalariga ko‘ra «O‘t xudosi» ma’nosini anglatadi. Bu —
magma o‘chog‘idan boshlab yer sathigacha davom etuvchi, o‘zidan bug‘, gaz, yuqori
haroratdagi (1000—1300°C) suyuq yoki qayishqoq lava massasining sof holatda yoki har
xil yiriklikdagi tog‘ jinslari bo‘laklari aralashmasi holatida murakkab kanallar orqali o‘ziga
xos ritm bilan yer sathiga ba’zan oqib, ba’zan otilib chiqishi oqibatida vujudga kelgan
tabiiy geologik hodisa.


5 6
4.1-jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling