Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
4.2.2. EFFUZIV JINSLAR
Effuziv jinslar biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, intruziv jinslardan to‘liq kristallanmaganligi, donador emasligi, shishasimon ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Bunga birdan-bir sabab intruziv jinslari paydo bo‘lish jarayonida magmaning sekin-asta sovishi bo‘lsa, effuziv jinslar esa mag- maning yer usti muhitida juda tezlik bilan sovishi oqibatda paydo bo‘ladi (4.2-rasm). Shu bilan birga effuziv jinslari o‘zlarining vujudga kelish sharoitiga qarab sof vulqon-effuziv jinslariga va terrigen-vulqon (piro- klostik) jinslariga ajratiladi. Sof vulqon-effuziv jinslari faqat magma mas- sasining o‘zini qotishidan, hech qanday qo‘shimchalarsiz paydo bo‘ladi. Terrigen-vulqon jinslari intruziv va sof vulqon jinslaridan, struktura tuzilishida faqat magma jinsi va uning qotishidan hosil bo‘lgan mineral donalar qatnashmay balki yon-atrofdagi mavjud jinslar ham qatnashishi 1 Struktura deganda tog‘ jinslarining, ularni tashkil qilib turgan mineral zarrachalarning katta-kichikligi, shakli yuzasi, kristallanish darajasi, donadorligi, ana shu mineral zar- rachalarning bir-birlari bilan bog‘lanib, sementlashib turish xarakteri tushuniladi. 2 Tekstura deganda tog‘ jinslarini, ularni tashkil qilib turuvchi mineral zarralarning kristallarini (donalarini) bir-biriga nisbatan (tartibli yoki tartibsiz) joylashish xarakteri tushuniladi. 4.2-rasm. Effuzivlarning yotish shakllari (G.N. Popov bo‘yicha, 1991): 1 — shit; 2 — effuziv oqimi; 3 — effuziv qoplamasi; 4 — bolishsimon lavalar; 5 — lavali terrigen-vulqon (xarsangtoshli)gumbazlari; 6 — portlash jarayonida hosil bo‘lgan naysimon kanal va undagi terrigen-vulqon jinslari. 5 8 bilan farqlanadi. To‘g‘rirog‘i, ana shu magma mahsulotiga, magma ko‘tarilib chiqish yorig‘i (yo‘li)ni tashkil qilib turgan (aksariyat sof effuziv) tog‘ jinslari bo‘laklari ham qo‘shilib, qorishib qotadi. Natijada o‘ziga xos jinslar — tuflar, tufpeschanik (qumli tuflar), tuf konglomeratlar (shag‘altosh tuflar), tuf brekchiyalar (chaqiq toshli tuflar) hosil bo‘ladi. Terrigan-vulqon jinslari klassifikatsiyaga ajratishda ularning tarkibidagi vulqon materiallari asosiy o‘rnini egallaydi. Agar terrigen-vulqon jinslari vulqon materiallari 90 % dan oshsa — tuf; 90 % dan kam, ammo 50 % dan oshiq bo‘lsa — tufogen; 50 % dan kam bo‘lsa — tuffit jinslar deb yuritiladi. Ularni tuzib turgan tog‘ jinslarining bo‘laklari yirik strukturali bo‘lsa, nomi oldiga brekchiya (tufobrekchiya, tufogen brekchiya, tuffitli brekchiya), o‘rta yiriklikdagi bo‘laklardan tuzilgan bo‘lsa, alevrolit so‘zi qo‘shib aytiladi. Sof vulqon jinslariga bazaltlarni, liparitlarni, dasitlarni, traxitlarni, andezitlarni, porfiritlarni, porfirlarni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Bazaltlar asosan piroksen (avgit, diopsid, gipersten) va qisman boshqa qoramtir minerallardan tashkil topgan vulqonogen tog‘ jinsi bo‘lib, rangi qora kulrang, qoramtirdir. Bu jinsi tashkil qilib turgan minerallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Qurilish nuqtayi nazaridan mustahkam tog‘ jinslar (granitlar) qatoriga kiradi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling