Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Tuf konglomeratlar (silliq shag‘alli tuflar) magma massasi bilan
silliqlangan shag‘altosh bo‘laklarining qo‘shilib qotishidan, 
tuf brekchiya-
lar (chaqiq toshli tuflar) esa chaqiq, silliqlanmagan yon-atrof jins bo‘lak-
larining qo‘shilib qotishidan paydo bo‘ladi.
Terrigan-vulqon jinslari, intruziv va sof-vulqon jinslaridan ko‘pincha
g‘ovakligi, hajm og‘irligining kamligi, siqilishga bo‘lgan qarshiligining
(mustahkamligining) yuqori bo‘lmasligi bilan ajralib turadi.
Magmatik tog‘ jinslari qurilish nuqtayi nazaridan mustahkam jinslar
hisoblanib, ularning mustahkamligi ana shu jinslarni tashkil qilib turgan
minerallarning turi hamda miqdoriga bog‘liq.
Agar ularning tarkibida kvars, oraklaz, albit minerallari ko‘p bo‘lsa,
o‘ta mustahkam jinslar hisoblanadi. Bordi-yu ular nordon plagioklaz,
rogovaya obmanka, piroksen, biotit minerallaridan tashkil topgan bo‘lsa,
o‘rta mustahkam; olivin, pirit minerallaridan tashkil topgan bo‘lsa,
mustahkam bo‘lmagan tog‘ jinslari qatoriga kiradi. Chunki u yoki bu
minerallarning ko‘p, oz bo‘lishi tog‘ jinslarining nurash jarayoniga
berilish qobiliyatini o‘zgartiradi. Ma’lumki, tog‘ jinsi nurash jarayoniga
qanchalik beriladigan va nuragan bo‘lsa, u qurilish nuqtayi nazaridan
shunchalik yomon jins hisoblanadi. Intruziv va effuziv tog‘ jinslari bir-
birlaridan rangi, mineralogik, kimyoviy tarkibi, strukturasi va tekstura-
laridan tashqari fizik, fizik-mexanik xossa va xususiyatlari jihatidan ham
farq qiladi.
Ularning ana shu fizik, fizik-mexanik xususiyatlari, birinchidan,
ularning paydo bo‘lish holati, tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan mineral-
lar, minerallarning joylashish tartibi, kimyoviy xossalariga bog‘liq bo‘lsa,
ikkinchidan, tog‘ jinslari tarqalgan hududning iqlimi, tabiiy sharoiti,
geologik va tektonik tutgan o‘rni, yer sathida yotgan chuqurligiga
bog‘liqdir. Shuning uchun ham u yoki bu intruziv, vulqon-effuziv tog‘
jinslari nurash jarayoniga turlicha uchrashi, ya’ni ularda tarqalgan
yoriqlarning katta-kichikligi, yo‘nalishlarining har xilligi natijasida
dastlabki fizik, fizik-mexanik xossa va xususiyatlari ham turlichadir.
Eng avvalo, zichligi, g‘ovakligi butunlay yangi qiymatlarga ega bo‘ladi.
Vulqon jinslari tarqalgan hududlarning (Tyan-Shan, Pomir, Kavkaz,
Ural, Sibir platformasi, Boltiq bo‘yi hamda Sayan-Oltoy bukilma
oblastlarida va b.) geologik tuzilishini tahlil qilish natijasida bu jinslarni
hosil qilgan magma Yer tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida yer
qobig‘ining darz ketib, yorilgan joylaridan vulqon holatda otilib chiqqan-
ligi aniqlangan. Hozirgi vaqtda 4000 ga yaqin so‘ngan, 624 ta harakatdagi
vulqonlar borligi olimlar tomonidan aniqlangan. Bu vulqonlar Yer sha-


6 0
rining Tinch okean oblasti, O‘rta Yer dengizi mintaqasi, Atlantika minta-
qasi va Sharqiy Afrika meredial mintaqasi bo‘ylab joylashgan. Harkat-
dagi vulqonlar Gavay, Kamchatka, Kuril orollaridaligi ma’lum.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling