Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Tog‘ jinslariga ta’rif bering. Ular o‘zlarining paydo bo‘lish sharoitiga qarab
qanday guruhlarga bo‘linadi?
2. Bir mineralli (monomineralli) va ko‘p mineralli (polimineralli) tog‘ jinslariga
misollar keltiring.
3. Magmatik jinslar qanday vujudga keladi? Intruziv va effuziv jinslarning shakl-
lari va paydo bo‘lishini 4.1 va 4.2-rasmlarga qarab gapirib bering. Ular
qaysi holatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi?
4. Nordon, o‘rta, asosiy, ultra asosiy va ishqoriy jinslar bir-birlaridan qaysi
kimyoviy elementlarning miqdoriga qarab guruhlarga ajratiladi?
5. Sof vulqon-effuziv jinslar qaysilar? Terrigen-vulqon jinslar-chi?
6. Vulqonlar to‘g‘risida gapirib bering. Ular asosan Yer sharining qaysi hudud-
lari — mintaqalari bo‘ylab joylashgan?
7. Hozirgi zamon harakatdagi vulqonlarga misol keltiring.
4.3. CHO‘KINDI TOG‘ JINSLARI
Nurash mahsulotlarining suv, shamol, muzliklarning harakati nati-
jasida bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizilishi, okean, dengiz,
ko‘l havzalarida yashagan va yashayotgan o‘simlik, hayvonot dunyosi
qoldiqlarining daryolar oqizib kelgan oqindi jinslar bilan birga sekin-
asta cho‘kib yig‘ilishi hamda ularning fizik-kimyoviy, biokimyoviy va
boshqa yo‘llar bilan o‘zgarish jarayonida yer qobig‘ining yuqorigi
chuqurlik va gidrosfera qismi paydo bo‘ladi
1
(4.3-rasm). Cho‘kindi tog‘
jinslari biz yuqorida sanab o‘tgan magmatik tog‘ jinslaridan qat-qat bo‘lib
yotishi, g‘ovakligining yuqoriligi, o‘z tarkibida o‘simlik, hayvonot qoldiq-
larini biriktirib turishi hamda o‘ziga xos mineralogik, kimyoviy tarkibi,
fizik-mexanik xossa va xususiyatlari bilan farq qiladi.
Cho‘kindi tog‘ jinslar o‘zlarining hosil bo‘lish sharoiti, ularni tashkil
qiluvchi mineral zarralar, shuningdek, tarkibidagi boshqa tog‘ jins
bo‘laklarining katta-kichikligiga qarab, to‘rtta asosiy guruhga bo‘linadi.

Turli yo‘llar bilan cho‘kma yig‘ilish jarayoni geologiya fanida sedimentogenez
(Staxov, 1962, 1963) deb, yig‘ilgan cho‘kindilarning sekin-asta jipslashishi, qattiqlashishi,
avvalgi mineralogik tarkibini o‘zgarishi, ma’lum struktura va teksturaga ega bo‘lgan
cho‘kindi tog‘ jinslariga aylanishi, ya’ni cho‘kindi tog‘ jinsiga aylanish jarayonini esa,
cho‘kindi tog‘ jinslarining diogenezi (grekcha diogenesis, ya’ni qayta tug‘ilish demak-
dir), vaqtlar o‘tishi bilan paydo bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslarini yuqori bosim (ustida
yotuvchi jinslar og‘irligi natijasida), harorat ostida o‘zgarib (g‘ovaklari hajmi kamayib,
ulardagi suvlar yo‘qoladi, mineralogik tarkibida qayta o‘zgarishlar yuz beradi) borish
jarayoni esa, cho‘kindi jinslarining epigenezi deyiladi.


6 1
1. Gil va changli bo‘shoq cho‘kindi tog‘ jinslari. 2. Donador, chaqiq
cho‘kindi tog‘ jinslari
1
. 3. Kimyoviy va biokimyoviy yo‘l bilan hosil
bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari. 4. Texnogen jinslar.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling