Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.3. QOR KO‘CHKISI
Ma’lumki, pasttekisliklardan tog‘oldi hamda baland tog‘ rayonlari-
ga qarab yer yuzasining nishabligi — dengiz yuzasiga nisbatan bo‘lgan
balandligi o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarish o‘z navbatida havo harorati,
yog‘adigan yog‘inning turi, miqdorining qonuniy ravishda o‘zgarib bo-
rishga ham ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy Osiyoning janubiy rayonlarida,
Kavkazning Qora dengiz, Kaspiy dengizining g‘arbiy qirg‘oqlariga qor
juda ham kam, 10 sm qalinlikda yog‘ib, juda tez — ba’zan bir necha
minut davomida erib ketadi.
Kuznesk Olatog‘i, Oltoy, Tyan-Shan, Sayan, Ural, Karpat tog‘lari-
da qorning qalinligi 2—4 metrga yetib, hatto bir qismi butun yil davo-
mida saqlanib qoladi. Ana shu tog‘ rayonlaridagi dalalarda, daryolarning
yuqori boshlanish qismlarida, shamolga teskari bo‘lgan tog‘ yon
bag‘irlarida, shamol uchirib keltirib yotqizgan qor uyumlarining qalinligi
ba’zan bir necha metrga yetib, katta-katta maydonlarni egallab yotadi.
Ana shu qor uyumlarini va shu qor uyumlari ustiga yoqqan yangi qor
qatlamlarining tog‘ yon bag‘irlari bo‘ylab yoki biror tik daryo vodiysi
bo‘ylab harakatga kelishi qor ko‘chisi deb yuritiladi.
Qor ko‘chki o‘zining paydo bo‘lish va harakatga kelish sabablariga
ko‘ra, asosan ikki xil bo‘lishi mumkin: birinchisi — yangi yoqqan
«quruq» qor ko‘chki; ikkinchisi — eski turib qolgan «namlangan» qor
ko‘chki.
Yangi yoqqan «quruq» qor ko‘chkisi — ko‘p hollarda eskirib qolgan
qor qatlami ustiga qor yog‘ayotganda va yog‘ib bo‘lgandan keyin 2—3
kun ichida tog‘ yon bag‘irlarining nishabligi (tikligi) 20° dan ortiq bo‘lgan
joylarda, havoning harorati past bo‘lgan vaqtlarda sodir bo‘ladi. Chunki,
birinchidan, eski turib qolgan qor qatlamining ustki qismi silliq
yaxmalakka aylangan bo‘lib, eski qor qatlami bilan yangi yoqqan qor
qatlami o‘rtasida vujudga kelgan bir-birini ushlab turuvchi kuchdan,
harakatga keltiruvchi kuch ustun bo‘ladi. Natijada yangi yoqqan qor
og‘irligining oshishi va arzimagan tebranma harakatning hatto (shamol
kuchi, qattiq ovoz) ta’siri ostida katta-katta maydonlardagi qor qatlamlari
harakatga keladi. Bu ko‘chgan qor qatlamlari o‘z yo‘lida bir-biriga uri-
lib, osmonda qor uchqunlari ko‘rinishdagi tumanlarni vujudga keltiradi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling