Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi yoqqan «quruq» qor ko‘chkisi
7.3. QOR KO‘CHKISI
Ma’lumki, pasttekisliklardan tog‘oldi hamda baland tog‘ rayonlari- ga qarab yer yuzasining nishabligi — dengiz yuzasiga nisbatan bo‘lgan balandligi o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarish o‘z navbatida havo harorati, yog‘adigan yog‘inning turi, miqdorining qonuniy ravishda o‘zgarib bo- rishga ham ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy Osiyoning janubiy rayonlarida, Kavkazning Qora dengiz, Kaspiy dengizining g‘arbiy qirg‘oqlariga qor juda ham kam, 10 sm qalinlikda yog‘ib, juda tez — ba’zan bir necha minut davomida erib ketadi. Kuznesk Olatog‘i, Oltoy, Tyan-Shan, Sayan, Ural, Karpat tog‘lari- da qorning qalinligi 2—4 metrga yetib, hatto bir qismi butun yil davo- mida saqlanib qoladi. Ana shu tog‘ rayonlaridagi dalalarda, daryolarning yuqori boshlanish qismlarida, shamolga teskari bo‘lgan tog‘ yon bag‘irlarida, shamol uchirib keltirib yotqizgan qor uyumlarining qalinligi ba’zan bir necha metrga yetib, katta-katta maydonlarni egallab yotadi. Ana shu qor uyumlarini va shu qor uyumlari ustiga yoqqan yangi qor qatlamlarining tog‘ yon bag‘irlari bo‘ylab yoki biror tik daryo vodiysi bo‘ylab harakatga kelishi qor ko‘chisi deb yuritiladi. Qor ko‘chki o‘zining paydo bo‘lish va harakatga kelish sabablariga ko‘ra, asosan ikki xil bo‘lishi mumkin: birinchisi — yangi yoqqan «quruq» qor ko‘chki; ikkinchisi — eski turib qolgan «namlangan» qor ko‘chki. Yangi yoqqan «quruq» qor ko‘chkisi — ko‘p hollarda eskirib qolgan qor qatlami ustiga qor yog‘ayotganda va yog‘ib bo‘lgandan keyin 2—3 kun ichida tog‘ yon bag‘irlarining nishabligi (tikligi) 20° dan ortiq bo‘lgan joylarda, havoning harorati past bo‘lgan vaqtlarda sodir bo‘ladi. Chunki, birinchidan, eski turib qolgan qor qatlamining ustki qismi silliq yaxmalakka aylangan bo‘lib, eski qor qatlami bilan yangi yoqqan qor qatlami o‘rtasida vujudga kelgan bir-birini ushlab turuvchi kuchdan, harakatga keltiruvchi kuch ustun bo‘ladi. Natijada yangi yoqqan qor og‘irligining oshishi va arzimagan tebranma harakatning hatto (shamol kuchi, qattiq ovoz) ta’siri ostida katta-katta maydonlardagi qor qatlamlari harakatga keladi. Bu ko‘chgan qor qatlamlari o‘z yo‘lida bir-biriga uri- lib, osmonda qor uchqunlari ko‘rinishdagi tumanlarni vujudga keltiradi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling