7.2.1. QULASH HODISASINI O‘RGANISH VA UNING
OLDINI OLISH
Qulash hodisasini o‘rganish va uning oldini olish choralarini belgi-
lashning birdan-bir yo‘li ana shu qulash hodisasi sodir bo‘lishi kutilgan
hududda injener-geologik tekshiruv ishlarini olib borishdir. Eng avvalo,
shu rayonning geologik tarixi hamda tuzilishiga, hozirgi zamon tektonik
harakatlarining tezligiga, seysmik holatiga, tog‘ jinslaridagi yoriq va
darzlarning tarqalishiga, yillik, sutkalik haroratning o‘zgarish xarakte-
riga ahamiyat beriladi. Shuningdek, tog‘ jinslarining mineralogik, ki-
myoviy tarkibiga, fizik-mexanik xossalariga asosiy e’tibor beriladi va
sinchiklab o‘rganilib, so‘ng qulash hodisasining qanchalik xavfli yoki
xavfsizligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Agar xavfli deb topilsa, zarur
choralar belgilanadi, ya’ni aholi, sanoat, qurilish obyektlari tezlik bilan
ko‘chiriladi, qulash hodisasi yuz berishi kutilgan zonada doimiy kuzatish
ishlari tashkil qilinadi. Qulaydigan massaning hajmini kuchsiz portlatish
yordamida kichraytiriladi. Bu bilan qulash hodisasi katta maydonda,
kutilmaganda sodir bo‘lishini bartaraf qilinadi. Qulash hodisasi juda
ham xavfli bo‘lmasa-yu, lekin yoriqlar mavjud bo‘lsa, bu holda ana
shu yoriqlarga yuqori bosim ostida sement qorishmalari yuborilib, yoril-
gan tog‘ jinslarini qaytadan sun’iy jipslashtiriladi. Agar qulash hodisasi
kichik-kichik maydonlarda, yerning yuza qismida yuz berib, temir, tosh
yo‘llarni bosib qolish xavfi bo‘lsa, qulab harakatga keladigan tog‘ jinsi
bo‘laklarini ushlab qolish maqsadida yo‘lni tosh, temir-beton devorlar
bilan to‘sib qo‘yiladi.
Bu devorlarning yil bo‘yi mustahkam turishini ana shu hududlardagi
mavjud nazorat punktlari tomonidan tekshirilib boriladi.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Qulash hodisasi tabiatda qanday vujudga keladi?
2. Qulash hodisasi oqibatida insonlarga yetkaziladigan zararlar to‘g‘risida
misollar bilan gapirib bering.
3. Qulash hodisasini o‘rganishda nimalarga e’tibor beriladi va uning oldini
olish maqsadida qanday chora-tadbirlar ko‘riladi?
1 1 6
Do'stlaringiz bilan baham: |