Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Eski, turib qolgan, «namlangan» qor ko‘chkisi
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3.1. QOR KO‘CHKISI HODISASINING OQIBATI VA UNDAN SAQLANISH CHORALARI
Eski, turib qolgan, «namlangan» qor ko‘chkisi — havo haroratining
ko‘tarilishi, issiq qor, yomg‘ir yog‘ishi bilan bog‘liq bo‘lib, yomg‘ir, qor suvlarining ilgari yig‘ilib qolgan qor uyumlariga singib, yer yuzasi- ga yetishi, qor uyumi bilan yer yuzasi orasida suyuq oquvchan massa- ning vujudga kelishi va massa yig‘ilib qolgan qor uyumini o‘ng‘aylik bilan o‘z joyidan ko‘chib harakatga kelishini ta’minlashi natijasida sodir bo‘ladi. Ko‘chkining bu turi ko‘pincha erta bahorda yuz beradi. 1 1 7 7.3.1. QOR KO‘CHKISI HODISASINING OQIBATI VA UNDAN SAQLANISH CHORALARI Qor ko‘chkisi vaqtida harakatga kelgan qor massasining hajmi ba’zan 2 mln m 3 ni tashkil qilib, shunday katta tezlikka ega bo‘ladiki, bu tezlik mutaxassislarning hisoblashlaricha^ soatiga 250—350 kilometrga yetib, harakat qilayotgan qor massasining oldida vujudga kelgan havo to‘lqi- nining ta’sir kuchi esa har kvadrat metrga 100—120 tonnadan to‘g‘ri kelar ekan. Demak, qor massasining ma’lum maydonda ma’lum yo‘nalishdagi harakati jarayonida, ana shu maydondagi mavjud gidrotexnik inshoot- lari, yo‘l, aloqa vositalari, uy-joylar, bog‘lar, qo‘ying-chi nimaiki bo‘lsa hammasi vayron bo‘ladi, qor tosh uyumlari ostiga ko‘miladi. Ko‘p hollarda bu hodisa qulash hodisasining ham kelib chiqishiga sabab bo‘lib, daryolarni to‘sib, tabiiy to‘g‘onlar hosil qiladi. Bahor faslida tabiiy to‘- g‘onlarning ochilib ketishi esa qancha-qancha yerlarning to‘satdan suv to‘lqiniga yuzma-yuz kelishi, natijada xalq xo‘jaligiga katta ziyon etishiga sabab bo‘ladi. Qor ko‘chkisi hodisalari Shveysariya, Avstriya, Italiya hududlarida, Kavkaz, Tyan-Shan, Pomirda, Alp, Shimoliy Ural tog‘larida ko‘pincha yuz berib turadi. Shveysariyadagi Randi qishlog‘i butun aholisi bilan 2 marta qor ko‘chkisi ostida qolganligi ma’lum. 1916-yili 16-dekabrda birinchi jahon urushi davrida Alp tog‘i rayonida qor ko‘chkilari sodir bo‘lib, bir necha yuz mudofaa obyektlari vayron bo‘ladi, okoplar, tran- sheyalar, yuzlab, minglab soldat va ofitserlar qor, tosh uyumlari ostida ko‘milib ketadi. Natijada ikkala urushayotgan tomondan 9 mingga yaqin kishi halok bo‘ladi. 1969-yili yanvar oyida Markaziy Osiyoning tog‘li rayonlariga qorning ketma-ket yog‘ishi, havo haroratining nihoyatda pasayib ketishi ana shu rayonlarda qor ko‘chki hodisalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi vaqtda tog‘li hududlarning keng ko‘lamda o‘zlashtirilishi, suv omborlari, katta-katta GES lar, dam olish uylari, sanatoriyalar quri- lishi, bolalar oromgohlari tashkil qilinishi so‘zsiz shu rayon uchun qor ko‘chkisi hodisasi qancha xavfli yoki xavfsizligini o‘rganishni taqozo qiladi. Shuning uchun ana shunday hududlarda qurilish ishlarini boshlash- dan bir necha yil avval maxsus tekshirish ishlari olib borilib, juda ham xavfli deb topilgan uchastkalar kartalarga ajratilib, belgilab qo‘yiladi va aholi yashaydigan uy-joylar, gidrotexnik inshootlarni qurish, butunlay man etiladi. Agar imoratlar va inshootlar qurish juda ham shart bo‘lsa, kerakli injenerlik choralari ko‘riladi. Bu choralar asosan quyidagilardan iborat: 1. Qor ko‘chkisi vujudga keladigan tog‘ yonbag‘irlarini daraxtzor- larga aylantirish, mavjud butazorlarni qirqishni qat’iyan man etish. 1 1 8 2. Tog‘ yon bag‘irlarining nishabligini, haddan tashqari tikligini, maxsus traktorlar yordamida terrasalar, maxsus tekis maydonchalar tashkil qilish yo‘li bilan kamaytirish. 3. Qor ko‘chkisi sodir bo‘lishi muqarrar bo‘lgan vaqtlarda (ketma- ket qor yog‘ib, havo harorati pasaysa) kishilarni to‘satdan bo‘ladigan qor ko‘chkisidan qutqarish uchun, ularni oldindan ogohlantirilgani holda yig‘ilgan, harakatga kelishi mumkin bo‘lgan qor qatlamlari va uyumlarini oz-ozdan ehtiyotlik bilan yo‘qotib borish. 4. Maxsus injenerlik qurilmalar (qor qirqg‘ich, damba, qor ko‘chki- sini o‘tkazib yuboradigan tonnellar) yordamida qor ko‘chkisining harakat yo‘lini o‘zgartirib, boshqa tomonga yo‘naltirib yuborish. 5. Doimiy ravishda kuzatish ishlarini tashkil qilish. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling